#hamkorlik #delegatsiya #Xitoy #BUCEA #делегация #сотрудничество #BUCEA
🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi xalqaro nufuzli reytinglarda yetakchi o’rinlarda turuvchi Xitoy Xalq Respublikasining Beijing university of civil engineering and architecture (BUCEA)ga tashrif buyurdi hamda universitet prezidenti Prof. Zhang Dayu bilan ushrashdi.
🖋 Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida xalqaro taʼlim loyihalarini birgalikda amalga oshirish, ilmiy xodimlar, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun BUCEAda malaka oshirish, qisqa muddatli stajirovka hamda akademik almashinuv kabi yo‘nalishlarda hamkorlik memorandumi imzolandi.
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Делегация Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми посетила Пекинский университет строительства и архитектуры (BUCEA) Китайской Народной Республики, занимающий лидирующие позиции в престижных международных рейтингах и провела встречу с президентом университета проф. Чжан Даю.
🖋 На встрече подписан меморандум о сотрудничестве между двумя университетами в сферах совместной реализации международных образовательных проектов, повышения квалификации профессорско-преподавательского состава, студентов и преподавателей в BUCEA, организации краткосрочных стажировок и академического обмена.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #tashrif #Yaponiya
🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yaponiyaning "H&K Co. Ltd." kompaniyasi prezidenti Koki Ando, "ICure Technology Co. Ltd." kompaniyasi ijrochi direktori Ryuji Sano hamda "RENGO Ent.Co. Ltd." kompaniyasi ijrochi direktori Tomohiko Hirakawadan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
💬 Tashrif davomida universitetda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy laboratoriyalar bo‘yicha taqdimot qilindi. Shuningdek, uchrashuvda mazkur yetakchi IT kompaniyalarda TATU talabalari uchun amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish hamda ishga joylashtirish masalalari muhokama etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fotolavha #Kookmin #tashrif #hamkorlik
✅ Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Koreya Respublikasining Kookmin universiteti vasiylik kengashi raisi Mr.Jiyong Kim, universitet prezidenti Dr.Seung Ryul Jeong boshchiligidagi delegatsiya tashrifi buyurdi.
🤝 Delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari R.Karimjonov boshchiligida kutib olindi. Ushrashuv davomida O’zbekistonda IT ta’limni rivojlantirish bo’yicha yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, sifatli ta’lim olishlari uchun davlat dasturlari bo’yicha fikr almashildi.
💬 Shuningdek, delegatsiya a’zolari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, yuqori malakali IT mutaxassislarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yishda hamkorlikni kengaytirish, TATU va Kookmin universitetlari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.
Mazkur tashrif davomida Kookmin universiteti va TATU o‘rtasida joriy o‘quv yilida “Biznes IT qo‘shma ta’lim dasturi” yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
🗒 Ma’lumot uchun: Koreya Respublikasining Kookmin universiteti bilan hamkorlikda Muhammad al - Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Biznes IT” taʼlim dasturi va innovatsion ekotizimni yaxshilashga qaratilgan umumiy qiymati 5 million dollarga teng bo‘lgan“ TATUda innovatsion biznes IT taʼlim tizimini tashkil etish” grant loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.
📌 Mazkur loyihaning asosiy maqsadi: Oʻzbekistonda oliy taʼlim salohiyatini mustahkamlash va raqamli iqtisodiyotni boshqaradigan AKT innovatsion isteʼdodlarini tarbiyalash va sanoat-akademik hamkorlik modelini yoʻlga qoʻyish orqali milliy iqtisodiyotga hissa qoʻshishdan iborat.
Mazkur tashrif davomida Kookmin universiteti va TATU o‘rtasida joriy o‘quv yilida “Biznes IT qo‘shma ta’lim dasturi” yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kookmin #Hamkorlik #Faxriy_doktori
🇰🇷 🤝 🇺🇿 Koreya Respublikasining Kookmin universiteti delegatsiyasining TATUga tashrifi doirasida Kookmin universitetining kuzatuv kengashi raisi Dr.Jiyong Kimga TATU hamda KMU o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, yuqori malakali IT mutaxasssislarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yishda qo‘shgan hissasi uchun universitet tarixida ilk bor, TATU “Faxriy doktori” unvoni taqdim etildi.
✅ Mazkur yuksak mukofot O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari R.Karimjonov tomonidan taqdim etildi.
🗒 Ushbu oliy unvon Dr. Jiyong Kimga TATU va Kookmin universitetlari o‘rtasidagi ko‘p yillik hamkorlik aloqalarini yanada samarali tashkil etishga hamda hamkorlikning yangi bosqichiga olib chiqishga ko‘maklashadi.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #memorandum
Samarqandda 16-17-iyul kunlari Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlari ikkinchi forumi bo’lib o’tmoqda.
🤝 Mazkur forum doirasida B2B uchrashuvlar tashkil etilib, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni kengaytirish yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Qirg’iziston Respublikasining O'sh davlat universiteti, Adam universiteti va B. Sidiqov nomidagi Qirg'iz-O'zbek xalqaro universiteti bilan hamkorlik shartnomalar imzolandi.
Samarqandda 16-17-iyul kunlari Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlari ikkinchi forumi bo’lib o’tmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#forum #IT #hamkorlik
✅ Kuni kecha, 25-iyul kuni O’zbekiston va Turkiya davlatlari yetakchi korxona va tashkilotlari, ta’lim muassasalari o’rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko’tarishga qaratilgan, O’zbekiston-Turkiya biznes forumi tashkil etildi. Mazkur forumda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati ishtirok etib, Turkiyaning yetakchi IT kompaniyalari bilan yangi istiqbolli hamkorliklarni yo’lga qo’ydi.
📊 Forum davomida O'zbekiston va Turkiya yetakchi biznes vakillari ishtirok etib, ular o’rtasida B2B uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan, MIA Teknoloji, Bilkent cyberpark va GaziTechnopark bilan TATU o'rtasida muhokamalar bo'lib o'tdi, hamkorlik aloqalari o'rnatildi va anglashuv memorandumlari imzolandi. Bunda, IT-loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish, IT bozoriga oid ma'lumotlar almashinuvi, o'zaro manfaatlarini hisobga olgan holda xalqaro hamkorlik muhitini yaratish belgilab olindi.
✈️ @taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #hamkorlik
✅ Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Qatarning yetakchi Hamad bin Halifa universiteti rektori, "Qatar Foundation" hamda Qatar milliy tadqiqot jamgʻarmasi rahbari doktor Ahmad Hasna tashrif buyurdi.
💬 Uchrashuvda Sun'iy intellekt sohasida malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlash, professor-o'qituvchilar hamda talabalar o'rtasida malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish va ilmiy tadqiqot yo'nalishlarida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga kelishildi.
🙋 Tashrif davomida mehmonlar universitetda tashkil etilgan ilg‘or muhandislik maktablari, ilmiy laboratoriyalar, inkubatsiya va media markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
🗒 Ma’lumot uchun: Hamad bin Halifa universiteti (HBKU) Qatardagi yetakchi davlat universitetlaridan biri bo’lib, 2010-yilda “Qatar Foundation” tomonidan tashkil etilgan. Dunyoning eng kuchli universitetlar bo‘yicha QS World University Rankings reytingida 183-o‘rinni egallagan.
✈️ @taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #Qatar 🇶🇦
✅ Qatarning Doha shahrida O'zbekistonning yetakchi oliy ta'lim muassasalari, jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektorlari hamda O‘zbekistonning Qatardagi elchisi Ashraf Xo’jayev boshchiligidagi delegatsiya Qatarning Doha fan va texnologiya universiteti (UDST)ga tashrif buyurdi. Tashrif davomida UDST prezidenti Dr. Salem Al-Naemi va O‘zbekistonning yetakchi OTMlari o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
🤝 Uchrashuvda Doha fan va texnologiya universiteti (UDST) asosiy e’tibor OTMlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga qaratildi, munozaralar markazida qo‘shma tadqiqot tashabbuslari, akademik almashinuv dasturlari va innovatsion ta’lim o‘quv dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
✅ Ushbu hamkorlikda universitetlarning kuchli tomonlarini birlashtirish, akademik mukammallikni rivojlantirish va axborot texnologiyalari, yashil energiya, biznes boshqaruvi, fan va texnologiya sohalarida tadqiqot imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan. Uchrashuv yakunida tomonlar bugungi kunda dolzarb bo‘lgan, bozor talabidan kelib chiqib, turli sohalarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
🗒 Ma’lumot o‘rnida: Doha fan va texnologiya universiteti (UDST)da O‘zbekistonlik 5 nafar talabaga bakalavr bosqichida tahsil olish uchun to‘liq davlat granti asosida o‘qish imkoniyatini taqdim etgan. Mazkur uchrashuv yakuniga ko‘ra ushbu kvota sonini yildan yilga oshirib borish rejaga kiritildi.
✈️ @taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ICTWEEK #Hamkorlik #ZTE
✅ Kuni kecha, 20-sentyabr kuni "ICTWEEK Uzbekistan 2024" axborot – kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida qatnashayotgan Xitoyning telekommunikatsiya sohasidagi gigant kompaniyasi hisoblangan ZTE pavilioniga TATU rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
💬 Uchrashuvda ZTE Uzbekistan bosh direktori Van Guangdong ham qatnashdi va TATU delegatsiyasi ZTEning ilmiy innovatsion ishlanmalari, hozirgi kundagi dolzarb telekommunikatsion talablarni qondiruvchi eng so'nggi turdagi moslamalar va yechimlar bilan yaqindan tanishdi.
💬 Pavilionda bo'lish chog'ida ZTE va TATU o'rtasidagi mavjud hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot markazi va laborotoriyasini ochishga qaratilgan uchrashuvga kelishib olindi.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik
👥 O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida oliy ta'lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forum doirasida Link Campus University va TATU o'rtasida Ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma tadqiqotlar olib borish, Ikki tomonlama va xalqaro dasturlar doirasida qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni ishlab chiqishni ko'zda tutgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
✈️ @taturektori
Forum doirasida Link Campus University va TATU o'rtasida Ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma tadqiqotlar olib borish, Ikki tomonlama va xalqaro dasturlar doirasida qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni ishlab chiqishni ko'zda tutgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#forum #TATU #hamkorlik
📶 Turkiyaning Istanbul shahrida Oʻzbekiston va Turkiya Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uchinchi forumi bo’lib o’tmoqda.
🖋 Mazkur forum doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Turkiya davlatining Firat universiteti o’rtasida professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini tashkil etish, o‘zaro o‘quv hamda seminarlar tashkil etish, birgalikda ta’lim sifatini oshirish, stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish kabi yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni yo’lga qo’yishni nazarda tutgan hamkorlik shartnomalar imzolandi.
🗒 Ma'lumot uchun:
Fırat Universiteti — davlat universiteti bo'lib, Turkiyaning Elazig shahrida joylashgan. 1975 yilda tashkil etilgan va nomi Elazig yaqinidagi Furot daryosiga atab qo'yilgan. Universitet sharqiy Turkiyaning asosiy akademik muassasalaridan biri bo‘lib, 12 ta fakultet, 4 ta institut, davlat konservatoriyasi, 3 ta kasb-hunar maktabi va 21 ta ilmiy tadqiqot markaziga ega. Universitet ilmiy va texnologik taraqqiyotga katta eʼtibor beradi.
✈️ @taturektori
Fırat Universiteti — davlat universiteti bo'lib, Turkiyaning Elazig shahrida joylashgan. 1975 yilda tashkil etilgan va nomi Elazig yaqinidagi Furot daryosiga atab qo'yilgan. Universitet sharqiy Turkiyaning asosiy akademik muassasalaridan biri bo‘lib, 12 ta fakultet, 4 ta institut, davlat konservatoriyasi, 3 ta kasb-hunar maktabi va 21 ta ilmiy tadqiqot markaziga ega. Universitet ilmiy va texnologik taraqqiyotga katta eʼtibor beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #hamkorlik
💻 Joriy yilning 7-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (TAQU) rahbariyati tashrif buyurdi.
🏛 Tashrif avvalida TAQU vakillari Universitetda yaratilgan sharoitlar va so'nggi yillarda erishilgan yutuqlar bilan tanishdi. Uchrashuv davomida ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish, taʼlim jarayonlarini takomillashtirish va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
✅ Uchrashuv davomida axborot texnologiyalari sohasida tajriba almashish, kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha qator takliflar ilgari surildi.
👥 Ushbu tashrif ikki universitet oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kelgusidagi qoʻshma tashabbuslarni yoʻlga qoʻyishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✈️ @taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #Õzbekiston_Malayziya #UPSI
✅ Birinchi O'zbekiston-Malayziya ta'lim forumiga mezbonlik qilgan, Malayziya yetakchi oliy ta'lim muassasasi hisoblangan Sulton Idris ta'lim universiteti (UPSI) bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o'z hamkorligini rasmiylashtirdi.
🤝 Bo'lib o'tgan forum doirasida uzoq va qisqa muddatli almashinuv dasturlarini tashkil etish, qo'shma ta'lim dasturlarini ochish istiqbollari, magistratura va doktorantura talabalari uchun tadqiqot dasturlari, ikki universitet professor-o'qituvchilari o'rtasida aloqalarni o'rnatishni o'z ichiga olgan Hamkorlik memorandumi imzolandi.
🗒 Ma'lumot uchun: Sulton Idris ta'lim universiteti (UPSI) QS 2025 dunyo universitetlari reytingida Top-1000 o'rindan joy olgan, san'at, sport va texnologiya yo'nalishida sifatli ta'lim dasturlari bilan kuchli obroʻga ega boʻlgan Malayziyaning yetakchi oliy taʼlim muassasasi.
✈️ @taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM