TATU rektori Baxtiyor Maxkamov
2.95K subscribers
5.99K photos
732 videos
31 files
823 links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori
MAXKAMOV BAXTIYOR SHUXRATOVICHning
Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Telegram bot: @taturasmiybot

www.facebook.com/BaxtiyorShuxratovichMaxkamov
Download Telegram
#QVZ #RektorKubogi #final

💻 14-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida QVZ Rektor kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir juda quvnoq va ijodiy muhitda o‘tdi, ishtirokchilar o‘zlarining ajoyib hazil-mutoyibalari bilan barcha tomoshabinlarni quvontirdilar.

Finalda quyidagi jamoalar g‘olib bo‘lishdi:

🏆 1-o‘rin: Kiberxavfsizlik fakultetidan Smile hub jamoasi
🥈 2-o‘rin: Iqtisodiyot va menejment fakultetining Dream-team jamoasi
🥉 3-o‘rin: Telekomunikatsiya texnologiyalari fakultetining Pozitiv jamoasi

Barcha jamoalar o‘zining ajoyib va kreativ chiqishlari bilan katta taassurot qoldirishdi, tomoshabinlar esa musobaqaning har bir lavhasidan bahramand bo‘lishdi. Tadbir davomida yengil va quvnoq muhitda, har bir qatnashchi o‘zining eng yaxshi tomoni bilan chiqishga harakat qildi. Bu yilgi final ham ancha yuqori kayfiyatda yakunlandi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fotolavha #QVZ #RektorKubogi

📷 Kuni kecha TATUda bo'lib o'tgan QVZ Rektor kubogi finalidan fotolavha.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QVZ #RektorKubogi #final #videolavha

📹14-dekabr kuni TATUda bo’lib o’tgan QVZ Rektor kubogining final bosqichidan videolavha.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TUITparty

🪩 14-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida qishki TATU taronalari 2024 (TUIT New Year party) - musiqiy festival bo’lib o’tdi.

An’anaga aylanib ulgurgan ushbu ushbu festivalda bu safar 1000 dan ortiq talaba ishtirok etdi. Mashhur DJ Umar va MC Dooni o’zining energiyaga to’la musiqalari bilan sahnani “portlatdi”.

⚡️ Festivalda bayramona fotozona va yangi yil sovg'alariga boy tanlovlar tashkil etildi. Redbull esa talabalarga energiya ulashib bayramona kayfiyatni yanada ko’tardi.

Kecha raqs, musiqa va do’stlar bilan ko'ngilochar lahzalarga boy bo’lib, yorqin mushakbozlik bilan yakunlandi. TUIT party har galgidek talabalar uchun unutilmas xotiralarni taqdim etdi!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#premyera #TalabalarimizIjodidan

🎶Kutib oling, premyera - axir bu TATU!

Universitetimiz talabalari har sohada oldinda. Iqtidorli va kreativ talabalarimiz sevimli oliygohi uchun tayyorlagan qo'shig'iga baho bering!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiyin bo’lganda va taslim bo’lging kelganda, Uiston Cherchill so’zlarini esla…

——————————————

Когда будет тяжело и ты хочешь сдаться, вспомни слова Уистона Черчилля…

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#WorldUniversityRanking

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “UI Green Metric World University Ranking 2024” xalqaro reytingida TOP 1000 talikda qayd etildi.

UI Green Metric World University Ranking xalqaro reyting agentligi tomonidan butun dunyo oliy taʼlim muassasalari boʻyicha joriy yil reyting natijalariga ko‘ra, TATU nufuzli reytingida 890-o‘rinda oliy taʼlim muassasalari qatorida barqaror rivojlanayotgan universitet sifatida eʼtirof etildi.

💫 “UI GreenMetric World University Rankings” reytingi 6 mezon bo‘yicha 39 ko‘rsatkich orqali universitetlarning ekologik tashabbuslari va barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs) bo‘yicha reytinglarni aniqlaydi.

Qayd etish kerakki, o‘tgan yilgi reyting natijasiga nisbatan TATU 93 pog‘onaga o‘z o‘rnini yaxshiladi.

✈️@taturekrori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆🏆🏆 #TATU_CHEMPION #Futbol

🏆TATU O'FA Chempioni

Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 10-dekabrdan 20-dekabrga qadar Toshkent shahar va Toshkent viloyati OTMlari o’rtasida O‘FA kubogi musobaqasi bo’lib o‘tdi va bugun ushbu turnir nihoyasiga yetdi.

⚽️ Unda universitetimiz talaba yoshlaridan tashkil topgan futzal terma jamoamiz final bahsida Chirchiq pedagogika universitetining talabalar futzal jamoasi bilan bahs olib bordilar. Qizg‘in kurashlar ostida kechgan bahsda uchrashuvning birinchi yarmida 2:0 hisobida ortda borayotgan futzalchi talabalarimiz o‘yinning ikkinchi yarmida o‘ziga xos “Comeback” qilib 3:2 hisobida g‘alaba qozondilar va chempionlikni qo‘lga kiritdilar. Shuni ta’kidlash kerakki, talabalar terma jamoamiz ushbu musobaqa doirasida chempionlik yo‘lida 7 ta o‘yinda qatnashib, barchasida g‘alaba qozondilar.

🥇 Eslatib o‘tamiz, bu respublikamiz oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan musoboqalarda universitetimiz tarixida erishilgan birinchi chempionlik hisoblanadi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM