TATU rektori Baxtiyor Maxkamov
3K subscribers
6.11K photos
752 videos
31 files
834 links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori
MAXKAMOV BAXTIYOR SHUXRATOVICHning
Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Telegram bot: @taturasmiybot

www.facebook.com/BaxtiyorShuxratovichMaxkamov
Download Telegram
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
#ARM #ochilish_marosimi

🖥 TATUda tashkil etilgan eng zamonaviy ARMning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

💻 Hozirgi kunda talabalar ilm olishlari uchun qulayliklarni kengaytirish borasida Toshkent axborot texnogiyalari universitetida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, bugun, 20-sentyabr kuni Universitetda yangidan barpo etilgan, 1120 kv.m. maydonga ega zamonaviy Axborot-resurs markazining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida TATU rektori B.Maxkamov ishtirok etib, barchani samimiy qutladi.

🗒 Markaz barcha zamonaviy jihozlarga ega bo‘lib, 450 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv xonalari, 170 o‘ringa moslashgan 4 ta kompyuter xonasidan iborat.

🤫 ARMda "Silent hall" (sukunat xonasi) mavjud bo‘lib, u yerda shovqinlarsiz dars qilish, fikrlarni jamlash, online uchrashuvlar o'tkazish mumkin.

🎮 Bundan tashqari, mazkur markazda davlat OTMlari ichida yagona bo'lgan, kibersportchi talabalar uchun "Cyber club" tashkil etilgan. Unda universitet kibersport jamoalari eng yuqori tezlikli internetdan, so‘nggi rusumdagi kompyuterlardan hamda xalqaro musoboqalarda malakaga ega mentorlar maslahatlaridan foydalangan xolda yirik musobaqalarga tayyorlanishlari mumkin.

👥 Ahamiyatlisi, bir vaqtning o‘zida 600 nafar talaba markaz qulayliklaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Axborot-resurs markazi jami 47 000 nomda 350 000 nusxadagi ilmiy, o‘quv va xorijiy adabiyotlar bilan boyitilgan hamda darsliklar bilan boyitilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #rektor

👥 Rektor va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

💬 19-20-sentyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida universitet rahbariyati, bo’lim boshliqlari, ma’sullar va “Iqtisodiyot va menejment”, “Radio va mobil aloqa”, “AKT sohasida kasb ta’limi”, “Telekommunikatsiya texnologiyalari” hamda “Kompyuter injiniring” fakultetlari 2-bosqich talabalari ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

🇺🇿 Uchrashuvda dastavval, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.Yaxshibayev, Karyera markazi rahbari J.Maxmudov, "Kompleans nazorati" tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi M.Miryoqubov, Xalqaro hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojlantirish bo‘limi boshlig’i I.Yusupovlar ishtirokida taqdimotlar qilindi hamda universitetda so’nggi 3 yil davomida erishgan yutuqlar va ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risida videorolik namoyish etildi. Uchrashuv yakunida esa talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Ochiq muloqot tarzida tashkillashtiriladigan ushbu uchrashuvda talabalarning muammo va masalalar yuzasidan erkin fikrlari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Bu borada ularga qancha yordam, ko'mak zarur bo'lsa, qo'llab-quvvatlashga doim tayyor ekanimiz bildirildi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ICTWEEK #Hamkorlik #ZTE

Kuni kecha, 20-sentyabr kuni "ICTWEEK Uzbekistan 2024" axborot – kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida qatnashayotgan Xitoyning telekommunikatsiya sohasidagi gigant kompaniyasi hisoblangan ZTE pavilioniga TATU rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

💬 Uchrashuvda ZTE Uzbekistan bosh direktori Van Guangdong ham qatnashdi va TATU delegatsiyasi ZTEning ilmiy innovatsion ishlanmalari, hozirgi kundagi dolzarb telekommunikatsion talablarni qondiruvchi eng so'nggi turdagi moslamalar va yechimlar bilan yaqindan tanishdi.

💬 Pavilionda bo'lish chog'ida ZTE va TATU o'rtasidagi mavjud hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot markazi va laborotoriyasini ochishga qaratilgan uchrashuvga kelishib olindi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live #jonli_efir

▶️Erta tongdan GPA ko'rsatgichi yuqori bo'lgan 200dan ortiq 2-bosqich talabalari “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida "Oqtosh" dam olish maskani tomon ko'tarinki kayfiyatda yo'lga chiqishdi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabalik_oltin_davrim #live #TATU_talabalari #hordiq

📶 "Oqtosh" dam olish maskaniga yo'l olgan 200 dan ziyod talabalarimiz manzilga yetib kelishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_talabalari #Videolavha #Teambuilding

Oqtoshdagi musiqiy tadbirdan videolavhalar.

🎵Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida "Oqtosh" dam olish maskanidagi tadbirlar davom etmoqda. Ayni vaqtlarda mazali tushlikdan so'ng tashkil etilgan musiqiy tadbirda talabalarimiz sho'x-shodon qo'shiqlarga raqsga tushishmoqda.

👥 Umid qilamizki, bunday ko'ngilochar - "Team building" tadbirlar yoshlarimizda emotsional-stress holatlari yuzaga kelishini oldini olib, birgalikda, jamoa bo'lib ishlashda yuqori natija beradi.

✈️ @taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_yoshlari #Oqtosh 
#team_building #videolavha

▶️ 200 dan ziyod 2-bosqich talabalari "Oqtosh" dam olish maskanida bo'ldilar.

Muhtaram Prezidentimizning yurtimiz kelajagi hisoblangan yoshlarimizning salohiyati, iste'dodi va tashabbuslarini to'laqonli ro'yobga chiqarish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamol topishiga ko‘maklashish hamda ma’naviy ongini yuksaltirgan holda ma'naviy immunitet hosil qilishga qaratilgan topshiriqlarini bajarish maqsadida tashkil etilgan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan barcha fakultetlar kesimida GPA ko'rsatgichi eng yuqori bo'lgan 200 dan ziyod talaba-yoshlar uchun “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida "Oqtosh" dam olish maskanida madaniy hordiq tashkil etildi.

Oromgohda:

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka hamda voleybol kabi sport turlaridan musobaqalar;

Intellektual bellashuvlar;

Mazali tushlik va kechki taomlar;

Dilni yayratuvchi milliy hamda xorijiy musiqa estradasida namunalarini o'zida jamlagan musiqiy tadbir tashkil etildi.

O'ylaymizki bunday tadbirlar yoshlarimizni bir maqsad yo'lida  birlashtirgan holda ularni  intellektual, ma’naviy va jismoniy salohiyatini ro‘yobga chiqishiga xissa qo'shadi, aql-zakovati, kuch-g‘ayratini, kelajakka ishonchini, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini yanada oshiradi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💬Universitet rahbariyatiga murojaat boti server bilan bog'liq muammolar sababli bir oz muddat ishlamayotgan edi. Hozirda bot to'liq ish faoliyatida, murojaatlaringizni bot orqali yuborishingiz mumkin:

🔔@taturasmiybot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

👥 O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida oliy ta'lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Forum doirasida Link Campus University va TATU o'rtasida Ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma tadqiqotlar olib borish, Ikki tomonlama va xalqaro dasturlar doirasida qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni ishlab chiqishni ko'zda tutgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#forum

Turkiya-O’zbekiston uchinchi ta’lim forumi o‘z ishini boshladi


27-sentyabr kuni  Istanbul shahrida Turkiya—Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi oʻz ishini boshladi. Forumda Oʻzbekistonning 30 ga yaqin OTM rektorlari, Turkiya davlatidan 60 ga yaqin OTM  rahbarlari ishtirok etmoqda. 

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ijtimoiy rivojlantirish departamenti rahbari, Oliy taʼlim kengashi raisi Odil Abdurahmonov,   Turkiya Oliy taʼlim kengashi (YÖK) rahbari Erol Özvar, Istanbul texnika universiteti rektori  Hasan Mandal ochib berdilar.

Ta'kidlash joizki, soʻngi yillarda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi, saʼy-harakatlari tufayli Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida hamkorlik aloqalari mutlaqo yangi bosqichga koʻtarildi. Universitetlar oʻrtasidagi hamkorlik koʻlami kundan-kunga kengayib bormoqda. Hozirda oliygohlar oʻrtasida imzolangan hamkorlik shartnomalari soni 150 tadan oshdi.

Soʻnggi 3 yil davomida 800 nafarga yaqin oʻzbekistonlik oʻqituvchi va tadqiqotchilar Turkiyaga malaka oshirish, stajirovka, seminar va treninglarga yuborildi. Shuningdek, Oʻzbekistondagi oliygohlarda oʻquv jarayonini tashkil etishga 500 nafardan ortiq turkiyalik oʻqituvchilar jalb etildi. Joriy oʻquv yilida universitetlarimiz oʻrtasida tashkil etilgan Double degree qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha 600 nafarga yaqin talabalar tahsil olmoqda.

Forum doirasida ikki davlat universitetlarining hamkorligiga qaratilgan 50 yaqin shartnomalar, kelishuvlar va memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.
#forum #TATU #hamkorlik

📶 Turkiyaning Istanbul shahrida Oʻzbekiston va Turkiya Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uchinchi forumi bo’lib o’tmoqda.

🖋 Mazkur forum doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Turkiya davlatining Firat universiteti o’rtasida professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini tashkil etish, o‘zaro o‘quv hamda seminarlar tashkil etish, birgalikda ta’lim sifatini oshirish, stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish kabi yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni yo’lga qo’yishni nazarda tutgan hamkorlik shartnomalar imzolandi.

🗒 Ma'lumot uchun:
Fırat Universiteti — davlat universiteti bo'lib, Turkiyaning Elazig shahrida joylashgan. 1975 yilda tashkil etilgan va nomi Elazig yaqinidagi Furot daryosiga atab qo'yilgan. Universitet sharqiy Turkiyaning asosiy akademik muassasalaridan biri bo‘lib, 12 ta fakultet, 4 ta institut, davlat konservatoriyasi, 3 ta kasb-hunar maktabi va 21 ta ilmiy tadqiqot markaziga ega. Universitet ilmiy va texnologik taraqqiyotga katta eʼtibor beradi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM