TATU rektori Baxtiyor Maxkamov
2.92K subscribers
6.03K photos
743 videos
31 files
824 links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori
MAXKAMOV BAXTIYOR SHUXRATOVICHning
Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Telegram bot: @taturasmiybot

www.facebook.com/BaxtiyorShuxratovichMaxkamov
Download Telegram
Yevropa qizlar Olimpiadasi ishtirokchilari kutib olindi

4 nafar qizlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida bo‘lib o‘tayotgan Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasida ilk bor ishtirok etib qaytishdi.

Olimpiada yakunlariga ko‘ra, 57 davlatdan yig‘ilgan 194 nafar ishtirokchi orasida yurtdoshimiz Zarnigor Raximova 329 ball bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.

🎉 Qizlarimizni natijalari bilan tabriklash maqsadida Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

💻 O'zbekiston qizlar terma jamoasi murabbiylari tarkibida TATU doktoranti Hojiyev Sunatullo va TATU talabasi Miroqilov Davlatbek ham bor.

👏 Zarnigor Raximova hamda murabbiylarimizni ushbu natija bilan Universitet jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz. Keyingi Olimpiadalarda eng yuqori natijalarga erishishlariga tilakdoshmiz.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#fizika #qiziqarli

Bilasizlarmi nimasi uchun men Fizikani yaxshi ko’raman?
- Chunki uning qoidalarini hech kim, hech qachon buza olmaydi...


✈️ @taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
🎓 Bugun talabamiz Olimpiadada bellashadi

🚨 Bugun soat 13:00 da TATU Urganch filiali talabasi Irisxon Qurbonboyeva Dzyudo bo'yicha -78 kg vazn toifasida Rika Takayamaga qarshi Parij Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

🟢Irisxon Qurbonboyeva Osiyo oʻyinlarining ikki karra sovrindori sanaladi. Ogʻir vazn toifasidagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qiladigan Qurbonboyeva shu paytgacha turli yosh toifasidagi qitʼa chempionatlarida 1 ta oltin va 2 ta bronza, Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarida 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan taqdirlangan. 2021-yilgi jahon chempionatida aralash jamoaviy dasturda bronza medalini qoʻlga kiritgan.

🟢 Rika Takayama Dzyudo bo'yicha bir nechta Jahon chempionatlari g'olibasi sanaladi. So'ngi bor 2024-yil Toshkent shahrida o'tkazilgan Dzyudo bo'yicha Katta dubilg'a (Grand Slam) musobaqasida oltin medalga sazovor bo'lgan.

Talabamizga ushbu o'ta muhim bellashuvda faqatgina g'alabani tilab qolamiz. TATU va filiallar jamoasi birgalikda bellashuvni kuzatadi hamda Irisxonni qo'llab-quvvatlaydi!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rektorqabuli

💻 Bugun, 1-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida navbatdagi talabalar va fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

🗒 Ushbu qabul jismoniy va yuridik shaxslarni tinglash, muammolarini o'rganib, ularni ijobiy hal etishni yanada samarali tizimini tashkil etish maqsadida har haftaning payshanba kuni murojaatchilarni qabul qilish orqali yo‘lga qo‘yilgan.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
🐦 Koʻplab soʻrovlarga binoan, “President Tech Award 2024” tanlovi uchun arizalar qabuli uzaytirilganini mamnuniyat bilan eʼlon qilamiz!

🎯 Asosiy yoʻnalish va Xakaton 20-avgustga qadar uzaytirildi

Umumiy sovrin jamgʻarmasi $1 mln!
⚡️ Asosiy yoʻnalishlar uchun sovrin jamgʻarmalari oʻzgarishsiz qolmoqda:
1-oʻrin — $100 000;
2-oʻrin — $50 000;
3-oʻrin — $30 000.
⚡️ Xakatonning maxsus yoʻnalishi uchun:
$100 000.

🤔 Oʻz mahoratingizni namoyon qilish va ushbu qiziqarli tanlovda ishtirok etish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!

📥 Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://awards.gov.uz
____________

🐦 Due to numerous requests, we are pleased to announce that the application period for the President Tech Award 2024 has been extended!

🎯 Main category and Hackathon extended until August 20

The total prize fund is $1 million!
⚡️ The prize funds for the main categories remain unchanged:
1st place — $100,000
2nd place — $50,000
3rd place — $30,000
⚡️ For the special hackathon category:
$100,000

🤔 Do not miss the opportunity to showcase your talents and take part in this thrilling competition!

📥 Registration link: https://awards.gov.uz

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qiziqarli #интересно

Mega Kutubxona


Dunyodagi eng noodatiy kutubxonalardan biri bu Meksikadagi Vaskonselos kutubxonasi. Uning maydoni 38 ming m². Kattaligi sababli u Mega kutubxona deb ham nom olgan.

Kutubxonaga har bir tashrif yangi imkoniyatlar sari qadamdir.

————————————————

Мега Библиотека

Одна из самых необычных библиотек в мире-это библиотека Васконселоса в Мексике. Его площадь составляет 38 тыс. м2. Из-за своего размера она также была известна как мега-библиотека.

Каждый визит в библиотеку — это шаг к новым возможностям.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rektorqabuli

💻 Bugun, 8-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida navbatdagi talabalar va fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

🗒 Ushbu qabul jismoniy va yuridik shaxslarni tinglash, muammolarini o'rganib, ularni ijobiy hal etishni yanada samarali tizimini tashkil etish maqsadida har haftaning payshanba kuni murojaatchilarni qabul qilish orqali yo‘lga qo‘yilgan.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥇 Bir kechani o'zida ikki arslonimiz ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritishdi!

Ulugʻbek Rashitov Olimpiya oʻyinlarining ikki karra gʻolibligiga erishgan birinchi o’zbek taekvondochisi sifatida oʻz nomini sportimiz solnomasiga muhrlab qoʻymoqda. -68 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz finalda iordaniyalik Zaid Karimni 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg) ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni sharafiga muyassar boʻlgan ilk oʻzbek bokschisiga aylandi. Hamyurtimiz hozirgina yakunlangan chempionlik jangida mezbon bokschi Bilal Bennamani magʻlub etib, delegatsiyamizga Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medalini taqdim etdi.

Barakalla, o'zbek o'g'lonlari! Biz sizlar bilan faxrlanamiz!

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Таҳлиллар юқори натижаларни ваъда қилмоқда

Париж-2024 ёзги Олимпия ўйинлари бўйича сўнгги янгиликлар барчамизга  ўзгача ғурур, шижоат бағишламоқда. Айни дамда Ўзбекистон жамоаси Париж Олимпиадасида медаллар ҳисоби бўйича ҳозирча 18-ўринга кўтарилди.

Ўтган 2020 ёзги олимпия ўйинларига назар солсак, Ўзбекистон жамоаси 3 та олтин 2 та бронза медали билан 32-ўринни эгаллаган эди. Бу йил натижалар муҳтарам Юртбошимиз томонидан спортга бераётган алоҳида эътибори, Республикамизда яратилаётган шарт-шароитлар самараси ўлароқ, анча юқори. Келинг, олдинда бизни нималар кутаётганини оддийгина бокс мисолида таҳлил қилиб кўрамиз:

Ўзбекистон вақти билан 10-11 август кунлари бокс бўйича финал беллашувларида Асадхўжа Мўйдинхўжаев, Лазизбек Мулложонов, Баходир Жалолов, Абдумалик Халоков олтин медали учун бахс олиб боришади. Дунёнинг энг нуфузли спорт таҳлилчилари фикрига қулоқ соладиган бўлсак, 4 та боксчимиздан 3 таси олдинда турган жангида аниқ фаворит хисобланмоқда. Йигитларимиздан камида 2 таси олтин медалга эришган тақдирда биз Олимпия жамоалари ичида топ 15 таликдан жой оламиз. Бу Ўзбекистон жамоаси тарихидаги энг юқори натижага эришади дегани.

Париж-2024 ёзги Олимпия ўйинларидаги барча спортчи ҳамюртларимизга фақатгина ғалабани тилаб қоламиз, юртимиз байроғини кўкка кўтариш ҳамда ғалабадан кейинги мадҳиямизни ғурур билан тинглаш барчангизга насиб этсин! Янги Ўзбекистон тарихидаги юқори натижаларни кутиб қоламиз.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Ўзбекистон делегацияси ёзги Олимпия ўйинларида медаллар бўйича ўз тарихидаги энг яхши натижасини тобора янгилаб бормоқда.

Париждан яна икки кетма-кет хушхабар. Бокс бўйича Ўзбекистон терма жамоа аъзолари Асадхўжа Мўйдинхўжаев ва Лазизбек Мулложонов Ўзбекистон делегациясига навбатдаги олтин медалларни тақдим қилишди. Муросасиз руҳда ўтган финал жангларида ўта кучли атлетларни мағлубиятга учратишга муваффақ бўлишди.

Париж-2024 ёзги Олимпия ўйинлари якунига етмаган бўлсада, Ўзбекистон делегацияси айни пайтнинг ўзидаёқ 5 та олтин ва 3 та бронза медаллари билан ўз тарихидаги энг яхши натижани янгилаб улгурди. Ҳали олдинда 3 нафар спортчимиз иштирокидаги финал баҳслари кутиб турибди. Булар:

Бокс бўйича Баходир Жалолов ва Абдумалик Халоков;

Эркин курашчимиз Разамбек Жамалов.

Иккала боксчимиз ҳам олтин медалга Олимпия ўйинлари бошиданоқ асосий давогар ҳисобланишади. Эркин курашчимиз ҳам финал ғолиби бўлиши учун яхшигина имконияти бор. Бу дегани, яна камида 2 та олтин медал нақд. Шу тариқа, катта эҳтимол билан бу йилги ёзги Олимпия ўйинларида Янги Зелландияни ортда қолдириб, медаллар сифати бўйича, жамоалар рейтингидан 12-ўринни эгаллайди. Агарда Канада бирорта ҳам олтин медалга эриша олмаса жамоамиз 11-ўринни эгаллаш эҳтимоли пайдо бўлади. Албатта, биз фақат энг яхши натижага умид қиламиз!

🔥 Финал ўйинларида Янги Ўзбекистоннинг қаҳрамон спортчиларидан ғалабаларни кутиб қоламиз!

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM