#forum #delegatsiya
💻 Ayni kunlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida O‘zbekiston va Xitoy universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan birinchi “O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi”da ishtirok etmoqda.
📊 Xalqaro forumda Xitoy Xalq Respublikasining 100 dan ortiq O‘zbekiston OTMlaridan esa 40 ga yaqin rektorlar ishtirok etmoqdalar. Mazkur forumda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ko’plab sohalarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni ko’zda tutgan “O‘zbekiston va Xitoy universitetlari hamkorligi to‘g‘risida”gi Pekin deklaratsiyasi qabul qilindi hamda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik shartnoma va memorandumlari imzolandi.
✈️ @taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya #Xitoy
👥 Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston-Xitoy taʼlim forumi” doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va nufuzli reytinglarda dunyoning yetakchi TOP 300 talikda qayd etilgan Xian Jiatoung Universiteti (XJTU) oʻrtasida XJTU taʼlim dasturlari asosida TATUdagi mavjud taʼlim dasturlari transformatsiyasini amalga oshirish, taʼlim sifatini nazorat qilishda hamkorlik qilish, vorkshoplar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik aloqalarni kengaytirishni ko’zda tutgan “Yoʻl xarita” imzolandi.
🗒 Shuningdek, forum doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va dunyoda yetakchi texnologik universitetlardan biri boʻlgan Xitoyning Dalian Neusoft axborot texnologiyalari universiteti oʻrtasida ikki universitet professor-oʻqituvchilarining oʻzaro tajriba almashishini yoʻlga qoʻyish, talabalar almashinuvi dasturlari, talabalar oʻrtasida startap va innovatsion ekotizimni rivojlantirishga koʻmaklashish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#тафаккур
Ичингизни нима билан тўлдираётганингизга эътиборли бўлинг!
1. Агар ичингизда қўрқув мавжуд бўлса, ҳаёт сизни қўрқитади.
2. Агар ичингизда агрессия мавжуд бўлса, ҳаёт сизга "ташланади".
3. Агар ичингизда курашиш ҳоҳиши мавжуд бўлса, ҳаёт сизга рақиблар беради.
4. Агар ичингизда айбдорлик ҳисси мавжуд бўлса, ҳаёт сизни "жазолайверади".
5. Агар ичингизда ҳафалик ҳисси мавжуд бўлса, ҳаёт сизга янада кўпроқ ҳафа бўлишингиз учун сабаблар тортиқ этади.
6. Буларнинг ҳаммасидан мақсад: сизнинг аслида кимлигингиз ва қалбингизда нима борлигини кўрсатишдир.
7. Ҳаёт сизни қалбан қандай бўлсангиз, шундай кўради.
8. Ҳаёт атрофдаги одамларга ўзимизни қанақа кўрсатишга харакат қилаётганимизни эмас, аслида қандайлигимизни кўради.