TATU rektori Baxtiyor Maxkamov
2.95K subscribers
5.99K photos
736 videos
31 files
823 links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori
MAXKAMOV BAXTIYOR SHUXRATOVICHning
Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Telegram bot: @taturasmiybot

www.facebook.com/BaxtiyorShuxratovichMaxkamov
Download Telegram
#TATU #EACEA #ERASMUS

💻 Joriy yilning 11-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yevropa Ittifoqining "Yevropa ta'lim va madaniyat ijro agentligi" (EACEA) Loyiha ofitseri Maria-Sol Dominguez Parrado, O'zbekiston Erasmus milliy ofisi (NEO) koordinatori Aziza Abdurahmonovalar tashrif buyurdi.

🤝  Mazkur ushrashuvda EACEA loyihasi ofitseri Maria-Sol Parrado TATUning Markaziy Osiyo universitetlari ichida 3 ta ERASMUS+ loyihasi grandholderi hisoblangan yagona universitet ekanligini alohida ta'kidladi.

📄 Xususan, Universitetda muvaffaqqiyatli amalga oshirilib kelinayotgan SPACECOM loyihasi keyingi ikkita loyihalarni qo‘lga kiritishga asos bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda uchrashuv davomida SPACECOM va INMACOM loyihalarining natijalari muhokama qilindi, shuningdek, mazkur loyihalar doirasida universitetda tashkil etilgan yangi yo‘nalishlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

🗒 Ma’lumot uchun: Universitetimizda so‘nggi 3 yilda 10 dan ortiq Erasmus+ loyihasi amalga oshirildi hamda mazkur yillar davomida universitet grandholder sifatida loyihalarni boshqarmoqda. Joriy yilda ham “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” loyihasi grandholder sifatida qo‘lga kiritildi. Ushbu grant loyihalar doirasida TATU va Yevropaning yetakchi OTMlari o'rtasida yaqindan hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#тафаккур

Бир подшох ўта совуқ тунларнинг бирида қасрига қайтаётиб, юпун кийинган бир қари соқчига кўзи тушиб қолди. Унга яқин келиб:
- Совқотмайсизми, - деб сўради.
- Совқотаман. Лекин менинг иссиқ кийимим йўқ, шунинг учун чидашга мажбурман, - деб жавоб берди қари соқчи.
Подшох унга бирон хизматкоридан иссиқ кийим бериб юборишни ваъда қилиб, ичкарига кириб кетди. Бу ваъдадан соқчи жуда хурсанд бўлди. Лекин ичкарига кирган захоти подшохнинг соқчига берган ваъдаси ёдидан кўтарилди.
Эрталаб эса қари соқчи хаётдан кўз юмган эди. Унинг ёнида қалтироқ қўллар билан ёзилган бир нома турарди. Номада шундай дейилган эди:
"Подшохим, шу вақтга қадар хар тунда совуққа чидаб келаётган эдим. Аммо бу кеча сизнинг иссиқ кийим хақидаги ваъдангиз қувватимни олди ва мени халок этди".

Бировга берган ваъдангиз сиз ўйлагандан кўра кўпроқ маънога эга эканини унутманг! Берган ваъдангизга хилоф қила кўрманг! Ахир, сиз бу ишингиз билан нималарни хароб қилаётганингизни билмайсиз-ку!

@taturektori
Forwarded from RoboContest.UZ
⭕️⭕️⭕️

🤖🤖🤖🤖🤖🤖
TATU ICPC SARALASH 1-BOSQICH- 15 daqiqada boshlanadi.

Quyidagi havola orqali musobaqaga qo'shilishingiz mumkin.
👉https://robocontest.uz/olympiads/796

ℹ️ Shuningdek dasturlashni o'rganishni endi boshlagan ammo olimpiadalarda qatnashishni istovchi kuchli matematik bilim egalasi bo'lgan talabalar uchun contestdan so'ng matematika fanidan test ham bo'lib o'tadi.

🤖🤖🤖🤖🤖🤖🤖
🤖 @robocontest

#contest #unrated #all #certificate #top10 #fastest #coder #upsolve
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rektorqabuli

💻 Bugun, 14-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida navbatdagi talabalar va fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

🗒 Ushbu qabul jismoniy va yuridik shaxslarni tinglash, muammolarini o'rganib, ularni ijobiy hal etishni yanada samarali tizimini tashkil etish maqsadida har haftaning payshanba kuni murojaatchilarni qabul qilish orqali yo‘lga qo‘yilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SeedForTheFuture
#ğalaba

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kiberxavfsizlik fakulteti talabasi Jo'rabekov Boburning jamoasi Dubayda bo'lib o'tgan "Seeds for the future" ta'lim dasturida mintaqaviy TECH4GOOD tanlovida g'olib bo'ldi.

👏 Talabamiz Jo'rabekov Boburni shunday ulkan natijalarga erishgani bilan faxrlanamiz va kelgusida bundanda yuqori marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz.

@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davra_suhbati

Bugun, 15-sentyabr kuni universitetimizda O‘zbekiston respublikasi Oliy majlis senati hamkorligida "O‘ZBEKISTON - 2030" STRATEGIYASINING mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalarini Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar, doktorantlar hamda talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

💬 Ushbu tadbirda «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi 5 ustuvor yo‘nalishlar va 100 ta maqsadlari haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi - Iminov Odiljon Karimovich,  Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi - Gadoyev Erkin Fayziyevich, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi - Kadirxanova Malika Akbarovna tomonidan atroflicha tushunchalar berildi.
 
🙋Tadbir tinglovchilar va spikerlar o‘rtasida qiziqarli savol-javoblar bilan yakunlandi.

https://t.iss.one/taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM