TATU rektori Baxtiyor Maxkamov
2.92K subscribers
6.03K photos
743 videos
31 files
824 links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori
MAXKAMOV BAXTIYOR SHUXRATOVICHning
Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Telegram bot: @taturasmiybot

www.facebook.com/BaxtiyorShuxratovichMaxkamov
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabalik_oltin_davrim #live #TATU_talabalari #hordiq

📶 "Oqtosh" dam olish maskaniga yo'l olgan 200 dan ziyod talabalarimiz manzilga yetib kelishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_talabalari #Videolavha #Teambuilding

Oqtoshdagi musiqiy tadbirdan videolavhalar.

🎵Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida "Oqtosh" dam olish maskanidagi tadbirlar davom etmoqda. Ayni vaqtlarda mazali tushlikdan so'ng tashkil etilgan musiqiy tadbirda talabalarimiz sho'x-shodon qo'shiqlarga raqsga tushishmoqda.

👥 Umid qilamizki, bunday ko'ngilochar - "Team building" tadbirlar yoshlarimizda emotsional-stress holatlari yuzaga kelishini oldini olib, birgalikda, jamoa bo'lib ishlashda yuqori natija beradi.

✈️ @taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_yoshlari #Oqtosh 
#team_building #videolavha

▶️ 200 dan ziyod 2-bosqich talabalari "Oqtosh" dam olish maskanida bo'ldilar.

Muhtaram Prezidentimizning yurtimiz kelajagi hisoblangan yoshlarimizning salohiyati, iste'dodi va tashabbuslarini to'laqonli ro'yobga chiqarish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamol topishiga ko‘maklashish hamda ma’naviy ongini yuksaltirgan holda ma'naviy immunitet hosil qilishga qaratilgan topshiriqlarini bajarish maqsadida tashkil etilgan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan barcha fakultetlar kesimida GPA ko'rsatgichi eng yuqori bo'lgan 200 dan ziyod talaba-yoshlar uchun “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida "Oqtosh" dam olish maskanida madaniy hordiq tashkil etildi.

Oromgohda:

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka hamda voleybol kabi sport turlaridan musobaqalar;

Intellektual bellashuvlar;

Mazali tushlik va kechki taomlar;

Dilni yayratuvchi milliy hamda xorijiy musiqa estradasida namunalarini o'zida jamlagan musiqiy tadbir tashkil etildi.

O'ylaymizki bunday tadbirlar yoshlarimizni bir maqsad yo'lida  birlashtirgan holda ularni  intellektual, ma’naviy va jismoniy salohiyatini ro‘yobga chiqishiga xissa qo'shadi, aql-zakovati, kuch-g‘ayratini, kelajakka ishonchini, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini yanada oshiradi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#forum #TATU #hamkorlik

📶 Turkiyaning Istanbul shahrida Oʻzbekiston va Turkiya Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uchinchi forumi bo’lib o’tmoqda.

🖋 Mazkur forum doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Turkiya davlatining Firat universiteti o’rtasida professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini tashkil etish, o‘zaro o‘quv hamda seminarlar tashkil etish, birgalikda ta’lim sifatini oshirish, stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish kabi yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni yo’lga qo’yishni nazarda tutgan hamkorlik shartnomalar imzolandi.

🗒 Ma'lumot uchun:
Fırat Universiteti — davlat universiteti bo'lib, Turkiyaning Elazig shahrida joylashgan. 1975 yilda tashkil etilgan va nomi Elazig yaqinidagi Furot daryosiga atab qo'yilgan. Universitet sharqiy Turkiyaning asosiy akademik muassasalaridan biri bo‘lib, 12 ta fakultet, 4 ta institut, davlat konservatoriyasi, 3 ta kasb-hunar maktabi va 21 ta ilmiy tadqiqot markaziga ega. Universitet ilmiy va texnologik taraqqiyotga katta eʼtibor beradi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #yangiliklar

TATU hayotida so'nggi kunlarda bo'lib o'tayotgan voqealar va eng qaynoq yangiliklar haqida “TATUda nima gaplar ?”  ko'rsatuvi.

🚨 Bugungi dasturimizda quyidagi yangiliklarimiz:

TATU talabalari uchun endilikda Github, Microsoft Office, Autodesk hamda JetBrainlardan mutlaqo bepul foydalanish imkoni yaratildi.

@TUIT_FM talabalar radiosining qulaylik va afzallik tomonlari hamda tez orada uning ovozi butun universitetda yangrashi ta’minlanadi.

Talabalarimiz talablariga binoan workoutdan 24/7 formatida foydalanish imkoni.


✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korea #TATU #YuNESKO
#videolavha

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan joriy yilning 7-8-noyabr kunlari Koreya Respublikasining Kookmin universitetida YuNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga doir targ‘ibot tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazildi.

🇺🇿🇰🇷 Mazkur tadbir O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abdusalomov hamda Kookmin universiteti prezidenti Sungkok Kim ishtirokida ochib berildi.

Bundan tashqari, tadbirda Koreya Respublikasining 30 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, hamkor korxona va tashkilot rahbarlari, jumladan Microsoft Korea kompaniyasi, sun’iy intellektga (AI) ixtisoslashgan texnologiyaga yo‘naltirilgan yetakchi IT kompaniya hisoblangan Acryl, Elice Group kompaniyasi, YuNESKOning Koreyadagi milliy ofisi vakillaridan iborat mehmonlar ishtirok etdi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #TATU_talabasi

⚡️Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva mamlakatimizning bir guruh yoshlari bilan Yoshlar ishlari agentligida samarali uchrashuv o‘tkazdi.

✔️ Uchrashuvda TATU talabasi Ro’zmetova Komolaxon faol ishtirok etib, IT sohasini va startup ekosistemasini rivojlantirish bo‘yicha o‘zining takliflarini bildirdi. Mazkur takliflar Saida Shavkatovna tomonidan e’tiborga olinib, mas’ul shaxslarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yoshlarni tinglash nihoyatda muhim, chunki umumiy kelajagimizni aynan ular barpo etadilar”, deb yozadi S.Mirziyoyeva.

Manba

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #KOOKMIN #BahorgiQabul_2025

Hurmatli talabalar!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan KOOKMIN universiteti (Janubiy Koreya) birgalikda Biznes IT yo'nalishi bo'yicha magistratura va PhD uchun grant dasturlarini e'lon qiladi.

📄 Talab qilinadigan hujjatlar:
Ariza formasi;
Diplom va baholar ilovasidan nusxa, GPA > 80%;
Shaxsiy ma'lumot (Personal statement) va
O‘quv rejasi (Study plan) ;
Tavsiyanoma (Recommendation letter);
IELTS 6.5 +;
Pasport nusxasi.

📝 Qoplab beriladigan xarajatlar:
- O‘qish to‘lovi;
- Yotoqxona;
- Ikki tomonga aviachiptalar;
- Tibbiy sug‘urta;
- Oylik stipendiya
   
📄Hujjatlar qog'oz ko'rinishida, A binoning 2-qavatida 226-xonada qabul qilinadi.

Kerakli arizalar namunasini yuklab olishingiz mumkin:
Namuna

🗓 Muddat: 2024-yil 20-dekabr.

Hujjatlari talabga javob beradigan nomzodlar 25-dekabr kuni suhbatga chaqiriladi.

Eslatma: ushbu grant dasturi TATU va uning hududiy filiallari uchun!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM