TATU rektori Baxtiyor Maxkamov
2.98K subscribers
6.18K photos
765 videos
31 files
837 links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori
MAXKAMOV BAXTIYOR SHUXRATOVICHning
Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Telegram bot: @taturasmiybot

www.facebook.com/BaxtiyorShuxratovichMaxkamov
Download Telegram
#TATU
#TTPU
#Erasmus+

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga (TTPU) tashrif buyurdi

Uchrashuvdan asosiy maqsad almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, birgalikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, doktorantlarni tayyorlash va ularga rahbarlik qilish, Erasmus+ va Horizon dasturlari doirasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishish ko‘zda tutildi.

📌Tomonlar mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarni kelishib oldilar. Bundan tashqari TTPU bazasida tashkil etilgan ilmiy va ishlab chiqarish laboratoriyalari va texnopark bilan tanishib, kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashinildi.

Eng
Rus
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ТУИТ
#O'zbekiston_24

Церемония награждения студентов и молодежи, кандидатов на государственную стипендию, проходившая в Ташкентском университете информационных технологий им. Мухаммад aл-Харезми

📺 Телеканал «O'zbekiston 24» подготовил об этом специальный репортаж.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#O'zbekiston_24

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Davlat stipendiyalariga loyiq deb topilgan talaba-yoshlarni taqdirlash marosimi

📺 Shu haqda “O'zbekiston 24” telekanali tomonidan maxsus lavha tayyorlanib, efirga uzatildi.
Sun’iy intellekt bo’yicha Bepul ochiq dars

Axborot texnologiyalar olamining Sun’iy intellekt yo’nalishiga qiziquvchilarni navbatdagi offline ochiq darsimizga taklif qilamiz.

Ochiq darsda Janubiy Koreyaning 🇰🇷«SmartC&S» kompaniyasida ishlovchi, tajribali AI bo’yicha mutaxassis Botir Karimov bilan «Sun'iy intellekt va uning imkoniyatlari» haqida bafurja suhbatlashamiz.

📌Eslatma! TATU, INHA, AMITY talabalariga hamda ITga ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilariga maxsus jamg’arma hisobidan pul mablag’lari moliyalashtiriladi.

🗓 5-mart (Shanba), 20:00da
👉 Offline uchun ro'yxatdan o'ting!
🖥 Online qatnashish uchun link!
📞 95-340-10-70

📍 Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog’ishamol ko’chasi 8B
🕌 Mo’ljal: Mirza-Yusuf (Bodomzor) masjidi
#TATU
#Urganch_filiali
#Medal

🇺🇿O'zbekiston Respulikasi Prezidentining farmoni

🏛8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univeristeti Urganch filiali 971-18-guruh talabasi Matmuratova Muqaddas Karimovna "Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar.

Har sohada faol, intiluvchan bo‘lgan talabamiz Matmuratova Muqaddas Karimovnani ushbu yuksak e’tirof bilan chin dildan tabriklaymiz. Kelgusidagi faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz.
#TATU
#Urganch_filiali
#Medal

🇺🇿O'zbekiston Respulikasi Prezidentining farmoni

🏛8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univeristeti Urganch filialining magistratura 2-bosqich talabasi Palvonova Sevara Bahromovna "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlandilar.

Har sohada faol, intiluvchan bo‘lgan talabamiz Palvonova Sevarani ushbu yuksak e’tirof bilan chin dildan tabriklaymiz. Kelgusidagi faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz.