Tarix | Kun.uz
9.21K subscribers
22 photos
2 videos
22 links
Download Telegram
Urushning eng katta xoini – general Vlasov nega o‘z armiyasi bilan nemislar tomonga o‘tib ketgandi?

Nemislar tuzgan Rossiya ozodlik armiyasi qo‘mondoni bo‘lgan general Vlasov 1945 yil bahorda sovet harbiylari tomonidan hibsga olinadi. So‘ng yashirincha Moskvaga keltirilib, sud qilinadi va 1946 yilda o‘lim jazosiga hukm qilinadi. Generalni sud qilib jazolagan sovetlar bu ishni SSSR parchalanib ketgunicha ommadan yashirishadi.

📹👉 TOMOSHA QILING
Vladimir Lenin: Zulm saltanatining paydo bo‘lishi

Lenin – XX asrdagi eng mashhur siyosiy arboblardan. Dunyodagi birinchi sotsialistik davlat asoschisini bu davlat qulamaguncha “proletariat dohiysi” deb kelishgan. Aslida esa Lenin nafaqat SSSR, balki butun dunyo tarixida ham eng shafqatsiz hukmdorlardan biridir. Uning davrida ko‘plab rus ziyolilari mamlakatdan chiqib ketgan, sud tizimi ommaviy otuvga hukm qilishga almashtirilgan.

📹👉 TOMOSHA QILING