Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.31K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
O‘zbekiston delegatsiyasi Chengduda bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy-texnologik konferensiyada ishtirok etdi

11-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Chengdu shahrida “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi Ikkinchi xalqaro ilmiy-texnologik almashinuv konferensiyasi hamda fan, texnologiyalar va innovatsiyalar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yirik anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Konferensiyada 91 davlat va 17 xalqaro tashkilotdan 1500 nafardan ortiq delegat qatnashdi. Xususan, vazirlar yig‘ilishida 42 ta davlat vakillari ishtirok etib, global muammolarga qarshi ilmiy yondashuv va xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Anjuman doirasida vazir o‘rinbosari O.Mahkamov Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Konstantin Mogilevskiy bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

Shu bilan birga, ushbu xalqaro anjumanda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti iUNRC (Tadqiqot hamkorligi uchun universitetlar tarmog‘i) a’zoligiga rasman qabul qilindi. Bu orqali universitet O‘zbekiston nomidan iUNRCda ishtirok etuvchi ilk oliygohga aylandi.

#XalqaroAnjuman #OliyTaʼlim #Hamkorlik #Eʼtirof

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
15👍13
Bugun ro‘yxatdan o‘tishning oxrigi kuni!

📆 2025-yil 25-iyun — oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

📱 Abituriyentlar bugun, soat 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari yoki (to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa ham) ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritishlari mumkin. 26-iyundan boshlab ma’lumotlarni tahrirlash imkoniyati yopiladi.

🔔 Shu munosabat bilan abituriyentlarga quyidagilar tavsiya etiladi:

▪️ Ro‘yxatdan o‘tishni kechiktirmasdan, imkon qadar erta yakunlash;
▪️ Fanlar majmuasi (ketma-ketligi), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik;
▪️ Xalqaro sertifikatlarini tizimga imkon qadar ertaroq yuklash;
▪️ Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish (imtiyozga ega bo‘lganlar bundan mustasno);
▪️ Barcha kiritilgan ma’lumotlar va to‘lov holatini shaxsiy kabinet (qayd varaqasi) orqali tekshirib chiqish.


🌐 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: my.uzbmb.uz

ℹ️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun rasmiy sahifalar kuzatib borilishi tavsiya etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17