Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.31K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

Soliq to‘lovchilarga soliqlarni bo‘lib to‘lash yoki muddatini kechiktirish imkoniyati beriladi

🔰Qonunchilikka ko‘ra soliq to‘lovchilarga soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.

☑️Bunday imkoniyatdan quyidagi asoslardan bittasi mavjud bo‘lganda foydalanish mumkin:

▫️soliq to‘lovchiga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi;

▫️soliq to‘lovchini byudjetdan moliyalashtirish kechiktirilganligi yoki davlat ehtiyoji uchun bajarilgan ishlar haqini to‘lash kechiktirilganligi;

▫️soliqni bir yo‘la to‘lash natijasida uning bankrotligi alomatlari paydo bo‘lishi xavfi yuzaga kelganligi;

▫️faoliyatini 3 yildan ko‘p davrdan buyon amalga oshirayotganligi hamda hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelganligi, ammo moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini belgilangan muddatlarda to‘lash imkoniyati ega bo‘lmaganligi;

▫️tadbirkorlar soliq to‘lashni kechiktirish to‘g‘risidagi xabarnomani yer, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan 3 oyda soliq organlariga yuborgan bo‘lsa;

▫️jismoniy shaxsning mulkiy holati soliqni bir yo‘la to‘lash imkoniyatini istisno etishi;

▫️tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga ega ekanligi;

▫️O‘zbekistonning bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekanligi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍2
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Oliy taʼlim tashkilotlarida masofaviy taʼlimni joriy etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (559-son, 03.10.2022 y.) bilan “Oliy taʼlim tashkilotlarida masofaviy taʼlim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

📃 Nizom bilan masofaviy taʼlim orqali oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlarni tayyorlashni tashkil etish tartibi belgilandi.

🔰 Buning uchun taʼlim tashkilotida quyidagilar bo‘lishi talab etiladi:

▫️masofaviy taʼlimni boshqarish uchun “Learning Management System” platformasi;
▫️internetga ulanish va foydalanish uchun axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi;
▫️o‘quv yili uchun mo‘ljallangan o‘quv kontenti;
▫️fanlarning elektron o‘quv-metodik majmualari hamda ilmiy va o‘quv adabiyotlarining elektron bazasi;
▫️kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida bino yoki auditoriyalar;
▫️texnik va dasturiy komponentlar ishlashini taʼminlaydigan muhandis-texnik xodimlar;
▫️taʼlim tashkilotiga tegishli bo‘lgan, mamlakat hududida joylashgan server qurilmasi;
▫️taʼlim tashkiloti to‘g‘risidagi barcha axborotlar joylashtirilgan rasmiy veb-sahifa.

🗓 Masofaviy taʼlim joriy etish mumkin bo‘lmagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari har yili 1 aprelgacha eʼlon qilinadi.

📝 Masofaviy taʼlim asosida kadrlar tayyorlashda bir bakalavriat taʼlim yo‘nalishi 300 nafar, bir magistratura mutaxassisligi 30 nafar talabadan ortiq bo‘lmasligi lozim.

🔹Bunda:
▫️mazkur talab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlariga tatbiq etilmaydi;
▫️talabalar sonini aniqlashda xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabalar hisobga olinmaydi.

Masofaviy taʼlimda o‘qishga qabul qilingan talaba quyidagi hollarda oliy taʼlim tashkilotiga kelishi shart:
▫️o‘quv jarayoni boshlanishidan avval – LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish uchun;
▫️har semestr yakunida – yakuniy nazorat topshirish o‘tish uchun.

⚠️ Shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy va magistrlik ishi himoyasi bevosita oliy taʼlim tashkilotida anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi, ularni sinxron yoki asinxron rejimida qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Masofaviy taʼlim shakli to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍3
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Taʼlim muassasalarida qishki taʼtilni tashkil etish tartibi belgilandi

Oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari talaba va o‘quvchilarining qishki taʼtilini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (560-son, 03.10.2022 y.) qabul qilindi.

🗓 Qarorga ko‘ra, dekabr oyining oxirgi 10 kunligi va yanvar oyining birinchi 10 kunligi oralig‘ida o‘rta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari talaba (o‘quvchi)larining har yilgi 2 haftalik qishki taʼtili o‘tkaziladi.

📝 Qishki taʼtil boshlanishidan 10 kun avvaldan chiptaning to‘liq qiymatidan 50 foizli chegirma asosida respublika ichidagi poyezdlarga (yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar va barcha yo‘lovchi poyezdlarning SV, VIP vagonlari bundan mustasno) hamda mahalliy aviareyslarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma asosida sotish tavsiya etiladi.

☑️ 2022 yildan qishki taʼtil davrida o‘quvchi va talabalarning yo‘nalishli shaharlararo avtobus qatnovi orqali harakatlanishi uchun muddatli imtiyozlar to‘plamini (chegirmali chiptalar, aksiyalar) taqdim etish mexanizmi joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MATBUOT_ANJUMANI

📣DIQQAT! DIQQAT!

‼️"Yangi uy joy sotib olayotganda huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?

✍️Ertaga soat 16-00da AOKAda Qurilish vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan matbuot anjumanida shu va boshqa savollaringizga ham batafsil javob olishingiz mumkin.

Barcha OAV xodimlari hamda blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etamiz!!!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Forwarded from Edu.uz
O‘zbekiston-Vengriya rektorlari forumini muntazam o‘tkazish taklif qilindi

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tmoqda. Tashrif doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Vengriya Madaniyat va innovatsiya vazirining Innovatsiya va oliy ta’lim bo‘yicha o‘rinbosari Laszlo Georgiy bilan uchrashdi.

Unda oliy ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👌3
#ochiq_muloqot

Toshkent arxitektura-qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakulteti xotin-qizlar kengashi tomonidan 1-bosqich talaba qizlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur ochiq muloqotni tashkil etishdan maqsad talaba-qizlarni instituting ichki tartib-intizomi va odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish, kiyinish madaniyati borasida tushunchalar, tavsiyalar berishdir.

Shuningdek, qizlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun ularning qiziqishlaridan kelib chiqib turli to'garaklar va klublar tashkil etish va talaba-qizlarni "Qizlar klubiga" a'zo qilishdan iborat edi.

Ochiq muloqotda TAQI Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahat kengashi raisi F.Qosimova,TAQI psixologi N.Norova hamda QBF xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Z.Saidovalar o'z fikr mulohazalari bilan ishtirok etishdi.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
3👍2👎1👏1
#kafedra_kuni

Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz

Toshkent arxitektura-qurilish instituti Talabalar yotoqxonasida Qurilishni boshqarish fakulteti "Xorijiy tillar" kafedrasi tomonidan "Kafedra kuni" tashkil etildi.

Tadbirda Xorijiy tillar kafedrasi professor o'qituvchilari va TTJda istiqomat qilayotgan talabalar ishtirok etdi.

Ushbu tadbir "Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz" mavzusida bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida professor o'qituvchilar talabalarga mavzu yuzasidan savollar berishdi va fikr-mulohazalar almashishdi.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
👍3👏1
🏗 O'zbekistonda so'nggi 10 yillikda bajarilgan qurilish ishlari statistikasi

🏢 Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda so'nggi 10 yilda bajarilgan qurilish ishlari hajmi:

- 2010 yilda - 8,2 trln. so'm

- 2011 yilda - 9,5 trln. so'm

- 2012 yilda - 11,7trln. so'm

- 2013 yilda - 15,2 trln. so'm

- 2014 yilda - 20,1 trln. so'm

- 2015 yilda - 25,4 trln. so'm

- 2016 yilda - 29,4 trln. so'm

- 2017 yilda - 34,7 trln. so'm

- 2018 yilda - 51,1 trln. so'm

- 2019 yilda - 71,2 trln. so'm

- 2020 yilda - 88,1 trln. so'm

- 2021 yilda - 107,5 trln. so'm

- 2022 yilning 8 oyida - 81,6 trln. so'm.

#statistika
@taqi_uz
👍5💯1
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
📣 5 октябрь, чоршанба куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган тадбирлар:

〰️〰️〰️
📍Брифинг

● Мавзу:
Маҳалла ва нуронийларни қўллаб-қувватлаш тизимида амалга оширилаётган ишлар таҳлили
● Вақти: 12:00
● Иштирок этади: Саодат Боймирзаева, Маҳалла ва нуронийларни қўллаб-қувватлаш вазирлиги ахборот хизмати раҳбари

〰️〰️〰️
📍Брифинг

● Мавзу:
Халқ банки АТ томонидан ажратилаётган таълим кредитлари
● Вақти: 14:00
● Иштирок этади: Гулноза Алимова, Банк ахборот хизмати раҳбари

〰️〰️〰️
📍Матбуот анжумани

● Мавзу:
Хусусий тадбиркорлар томонидан қурилаётган уй-жойларни сотиб олишда харидорларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятлари
● Вақти: 16:00
● Иштирок этади: Қурилиш вазирининг биринчи ўринбосари ва мутасаддилар

〰️〰️〰️
✍️ Саволларни @Rasmiy_aloqabot га жўнатинг. ОАВ ходимлари таклиф этилади.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👌1💯1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Talaba-yoshlarga qishda 2 haftalik ta'til beriladi!

⚡️ Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga koʻra, dekabr oyining oxirgi oʻn kunligi va yanvar oyining birinchi oʻn kunligi oraligʻida Oʻzbekiston oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari talaba (oʻquvchi)larining har yilgi ikki haftalik qishki taʼtili oʻtkaziladi.

Ushbu tartib nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy hisoblanadi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
👍1
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

2022-2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun hokimliklar tomonidan quyidagi choralar ko‘rilishi kerak:

🔸barcha hududlarda maqbul narxlarda oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil qilish;

🔸“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga ko‘mir va suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berish hamda bolalarni issiq kiyim bilan taʼminlash;

🔸olis borish qiyin hududlar va tabiiy ofatlar oqibatida talafot ko‘rish ehtimoli mavjud qishloqlarda ko‘mir va suyultirilgan gazni yetkazib berish va kamida 15-20 kunga yetadigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#HAMKORLIK

📝Qurilishda standartlashtirish Respublika markazining kompleks qurilish sinov laboratoriyasiga Oʻzbekistonda texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tasarrufidagi institut mutasaddilari tashrif buyurishdi

◀️Tanishuv chogʻida mehmonlar xalqaro standartlar va metodlarni hamkorlikda joriy etish, ilmiy va amaliy aloqalarni rivojlantirishga kelishib oldilar.

❗️Eslatib oʻtamiz, mazkur laboratoriyada bugungi kunda 200 dan ortiq sinov laborator tahlillar amalga oshiriladi. Majmua salohiyatli yoshlar uchun oʻziga xos mahorat maktabi. Talabalar bu yerda qurilish obyektlarini taʼmirlash, qurilish materiallari, konstruksiyalar, uskunalar, mashina va mexanizmlarni tizimlashgan roʻyxati, yaʼni qurilish resurslari klassifikatorini yuritib borish kabi amaliy jarayonlarda ham faol ishtirok etadilar. Oʻquv-uslubiy laboratoriyaning imkoniyatlarini yanada kengaytirish boʻyicha qator vazifalar belgilab olingan. Bunda texnologiyalarni yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish maqsad qilingan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM