Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.49K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
XALQARO HAMKORLIK

🔸 Toshkent arxitektura-qurilish institutida Turkiyaning Marmara universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹 Uchrashuvda Marmara universiteti prorektori professor Mustafo Jelen, prorektor Xasan Korkut, bosh kotib Murat Arisal, Xalqaro va akademik hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Nuri Tinazlar hamda TAQI rektori Erjan Kahya, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Anzirat Nigmadjanova, Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i Nodir Zoxidovlar ishtirok etdi.

🤝 Hamkorlar bilan o‘zaro hamkorlik masalalari, talabalar almashnuvi dasturlarini amalga oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Marmara universiteti o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi hamda mexmonlar institutning yangi binosidagi qulayliklar bilan tanishtirildi.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ МАРКАЗИЙ БАНКИ АХБОРОТИ

🔸Ўзбекистон Республикаси Марказий банки 2022 йилнинг 15 июлидан бошлаб номинал қиймати 200 000 сўм бўлган банкнот кўринишидаги янги пул белгиларини муомалага чиқарилиши тўғрисида қарор қабул қилинганлигини маълум қилади.

➡️Батафсил: https://cbu.uz/oz/press_center/news/665146/

———

СООБЩЕНИЕ ЦЕНТРАЛЬНОГО БАНКА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

🔸Центральный банк сообщает о принятии решения о выпуске в обращение новых образцов денежных знаков в виде банкнот достоинством 200 000 сум с 15 июля 2022 года.

➡️Подробнее: https://cbu.uz/ru/press_center/news/665144/

Web | Telegram | Facebook | Instagram | Odnoklassniki | Youtube | Twitter | Linkedin
#Bilasizmi

Maktabgacha yoshdagi bolali yo'lovchilar, homilador ayollar, nogironligi bo'lgan shaxslar va keksa fuqarolar uchun avtobus salonida, uning yo'lovchi sig'imiga qarab, 6 ta oldingi joylar ajratiladi.

➡️ Ushbu joylarni egallagan boshqa yo'lovchilar ularni mazkur shaxslar uchun bo'shatishlari kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Magistratura mos va turdosh_2022-signed.pdf
12.1 MB
#Qabul2022

⚡️Respublika davlat OTM MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati

▪️Siz, mazkur roʻyxatdan qaysi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat OTM MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari mosligini bilib olishingiz mumkin.

✔️Shuningdek:

🔹respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTM yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi;
🔸turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlar bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.

➡️ Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: 👉@eduuz
Forwarded from Alisher Sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlardaftari #ulashing

Yoshlar hayotda o‘zining o‘rnini topib ketishi uchun kichik bir turtki bo‘lishi lozim.
Ota-onalarning farzandiga kiritadigan sarmoyasi mana shu turtki vazifasini bajaradi. Biroq hammada ham imkoniyat bir xil bo‘lavermaydi. “Yoshlar daftari” tizimi esa yigit-qizlarimiz uchun mana shunday turtki vazifani va imkoniyat vazifasini bajarmoqda, nazarimda.

“Yoshlar daftari” — imkoniyatlar daftari. Prezidentimiz tashabbusi bilan endi undagi imkoniyatlar yanada kengaytirilmoqda. Xususan, endilikda 14-17 yosh oralig‘idagi yigit-qizlar ham “Yoshlar daftari”da ko‘zda tutilgan imkoniyatlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi. “Yoshlar daftari”da nazarda tutilgan imkoniyatlar amaldagi 11 tadan 25 taga ko‘paytiriladi.

“Yoshlar daftari” haqidagi ushbu rolikni ko‘ring, albatta! Sifatli holatda YouTube sahifamizda ham tomosha qilishingiz mumkin.

@alisher_sadullaev
51.pdf
7.9 MB
⛺️"O‘zbekiston bunyodkori" gazetasining 2022-yil 15-iyul 51-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Gazetaning ushbu sonida Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Erjan Kahya sohaga oid fikrlari chop etildi.

⚡️ Shuningdek, gazetada berilayotgan materiallar bilan https://t.iss.one/uzbunyodkor telegram kanali orqali ham tanishib borishingiz mumkin.

TAQI Matbuot xizmati

#maqola #mutolaa
@taqi_uz
​​#O‘qishni_ko‘chirish

⚡️Oʻqishni koʻchirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi

🔘 2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:

➡️ transfer.edu.uzrespublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

➡️ my.dtm.uzxorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan.

☝️Qabul 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha _(shu kuni ham)_ davom etadi.

Kerakli hujjatlar
:
◾️ ariza (onlayn tarzda)
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF shakli)
◾️ akademik ma’lumotnoma (oʻqishni tiklovchilar uchun).

❗️Eslatib o‘tamiz, joriy yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tganda)ga ichki "perevod" uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

☝️Ogoh bo‘ling, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida testlar yakuniga yetgach, hujjatlar qayta tekshiriladi. Agarda ushbu jarayonda soxta hujjatlar aniqlangan, oliy ta’lim muassasasida qarzdorliklar mavjud bo‘lsa, talaba oʻtish balidan yuqori ball to‘plagan taqdirda ham unga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

➡️ Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot

👉 @eduuz
#Adliya_xabari

❗️ Talabalar o'qishini xorijiy davlatlardan ko'chirishi bo'yicha arizalarni qabul qilish boshlandi

🔰 Talabalar o'qishini xorijiy mamlakatlardagi (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o'rindan birini egallagan) oliy ta'lim tashkilotlaridan davlat OTMning mos va turdosh ta'lim yo'nalishlariga ko'chirish bo'yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi.

🖥 Arizalar 15 iyuldan 5 avgustgacha my.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan)” bo'limi orqali qabul qilinadi.

🌐 Xorijiy davlatlardan o'qishni ko'chirish bo'yicha o'tish ballari bilan info.edu.uz sayti orqali tanishish mumkin.

🚫 Talabalar o'qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta'lim tashkilotlaridan davlat oliy ta'lim muassasalarining mos va turdosh bo'lmagan ta'lim yo'nalishlariga ko'chirishga ruxsat etilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️ Abituriyentlarni onlayn ro'yxatga olish muddatlari uzaytirildi

2022–2023-o'quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro'yxatga olish muddatlari uzaytirildi.

Unga ko'ra, abituriyentlarni onlayn ro'yxatga olish 2022-yil 27-iyulgacha (27-iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o'tkaziladigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga esa abituriyentlar 17 iyulgacha (17-iyul kuni ham) ro'yxatga olinadi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o'z ma'lumotlarini o'zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo'ladigan bo'lsa, sertifikat ma'lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

🌐 Ro'yxatga olish DTMning rasmiy veb-sayti – my.dtm.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn amalga oshiriladi.

⚠️ Eslatib o'tamiz, abituriyentlar fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil bo'lgan 5 tagacha bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.

🔗 2022/2023-o'quv yili uchun o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari bilan bu yerda batafsil tanishing.

Barcha abituriyentlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Mingishov Laziz Oʻtkirovich vazirlikning Ma’naviy-maʼrifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Laziz Mingishov 1987-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2012-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2016-yilda Avstriyaning Grats universiteti (Karl-Franzens University of Graz) doktoranturasini tamomlagan.

Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).

2019-yili boshqaruv sohasida Ruminiyaning Aleksandr Ioan Kuza nomidagi Yashi universitetida malaka oshirgan.

👉 Shu kunga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori lavozimida ishlagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida yoshlarga kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan ko'p bo'lmagan miqdorda iste'mol kreditlari ajratiladi.

💰Iste'mol kreditlari bo'yicha foiz to'lovlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Yozgi universitet - 2022

🔸 Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalari yozgi ta'tilni mazmunli o'tkazishmoqda.

🔹TAQI talabalari "Yozgi universitet-2022" dasturi doirasida М.D Мillionshikov nomidagi Grozniy davlat neft texnika universitetida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etishdi.

⚡️ Shuningdek, talabalar uchun Grozniy shahri atrofidagi diqqatga sazavor joylarga sayohatlar tashkil etildi.

Bundan tashqari talabalarga o'z sohalariga oid loyihalarda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.

👉 Ta'kidlab o'tish joizki kelasi yili ham talabalarga anashunday ta'til tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Xalqaro hamkorlik bo'limi

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz