Swift Academy
204 subscribers
170 photos
31 videos
8 files
162 links
Swift Academy - IT oโ€™quv markazi

YouTube Channel : https://shorturl.at/UV4vp

Read me: https://shorturl.at/ArSML

Admin: @MulloyevAzamjon
Download Telegram
Hikoya
Qariyb 4-5 yil avval: Texnik interview ajoyib o'tdi, xuddiki men kutgandan osonroqdek. Suhbatdan so'ng HR oldiga bordim va menga 5 daqiqa kutib turishimni aytdi. Birozdan so'ng qayta keldi va bu yerda da har bir kandidat ishga qabul qilinishi yoki yo'qligi (Big Boss) Rahbar bilan yuzma-yuz suhbatdan keyin aniq bo'lishini va men shu yerda biroz kutib turishimni aytdi... Shunda bildim: Big Boss ayol rahbar ekan. (๐˜ฃ๐˜ข๐˜ญ๐˜ฌ๐˜ช ๐˜ต๐˜ข๐˜ด๐˜ฉ๐˜ฌ๐˜ช๐˜ญ๐˜ฐ๐˜ต๐˜ฏ๐˜ช ๐˜ต๐˜ข๐˜ฉ๐˜ฎ๐˜ช๐˜ฏ ๐˜ฒ๐˜ช๐˜ญ๐˜จ๐˜ข๐˜ฏ๐˜ฅ๐˜ถ๐˜ณ๐˜ด๐˜ช๐˜ป๐Ÿคซ )
Katta zal, odamlar u yoqdan buyoqqa o'tmoqda, bir chetda kimdur qilgan ishlari bilan yonidagiga maqtanmoqda, zalni u chetida kimdur bor ovozi bilan bu chetdagi kimnidur chaqirmoqda... xullas 40 minut zaldagi 'KINO'ni ko'rganimdan so'ng, hodim keldi va birga rahbar xonasi tomon yurar ekanmiz: "Hurmatli bo'ling, savollariga qisqa va aniq javob berishga harakat qiling, ortiqcha savol bermang..." kabi ta'kidlar orqali keraksiz bosim his qila boshladim. Va nihoyat, eshiklar ochildi: Qarshimda rahbar ayol qo'lida mening CV bilan o'tirar ekan, Salomimga alik oliboq yonidagi stolni korsatib, mag'rur va jiddiy ohangda : "Marhamat!" dedi. Keraksiz bosimlar ostida bo'lsamda 2-3 ta savolga o'z borimcha javob bergandan keyin, meni "masalamni hal qiluvchi" savol keldi: ๐’๐ข๐ณ ๐ค๐ž๐ฒ๐ข๐ง๐ ๐ข ๐Ÿ“ ๐ฒ๐ข๐ฅ๐๐š ๐จ'๐ณ๐ข๐ง๐ ๐ข๐ณ๐ง๐ข ๐ช๐š๐ง๐๐š๐ฒ ๐ฏ๐š ๐ช๐š๐ฒ๐ž๐ซ๐๐š ๐ค๐จ'๐ซ๐š๐ฌ๐ข๐ณ? (๐˜ฆ๐˜ด๐˜ฉ๐˜ช๐˜ต๐˜ช๐˜ฃ ๐˜ฃ๐˜ถ ๐˜บ๐˜ฆ๐˜ณ๐˜ฅ๐˜ข ๐˜ช๐˜ด๐˜ฉ๐˜ญ๐˜ข๐˜ด๐˜ฉ ๐˜ถ๐˜ค๐˜ฉ๐˜ถ๐˜ฏ ๐˜ง๐˜ฐ๐˜ญ๐˜ฃ๐˜ช๐˜ฏ๐˜ญ๐˜ช๐˜ฌ๐˜ฅ๐˜ข๐˜ฏ ๐˜ฉ๐˜ข๐˜ฎ ๐˜ฉ๐˜ข๐˜ฃ๐˜ข๐˜ณ๐˜ฅ๐˜ฐ๐˜ณ ๐˜ฃ๐˜ฐ'๐˜ญ๐˜ช๐˜ด๐˜ฉ ๐˜ฌ๐˜ฆ๐˜ณ๐˜ข๐˜ฌ๐˜ฎ๐˜ช ๐˜ฅ๐˜ฆ๐˜ฃ ๐˜ฐ'๐˜บ๐˜ญ๐˜ข๐˜ฃ ๐˜ฒ๐˜ฐ๐˜ญ๐˜ฅ๐˜ช๐˜ฎ ๐Ÿ˜‰ )
Keyin ... (davomi LinkedInda)


Muhriddinbek Samidov

๐Ÿš€ ๐Ÿ• ๐จ๐ฒ๐ฅ๐ข๐ค ๐ข๐Ž๐’ ๐€๐ฉ๐ฉ ๐ƒ๐ž๐ฏ๐ž๐ฅ๐จ๐ฉ๐ฆ๐ž๐ง๐ญ ๐ค๐ฎ๐ซ๐ฌ๐ข

๐Ÿ”— YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ3
๐‡๐š๐ฆ๐ฆ๐š๐ฌ๐ข ๐ฒ๐š๐ฑ๐ฌ๐ก๐ข ๐ค๐ž๐ญ๐š๐ฒ๐จ๐ญ๐ ๐š๐ง ๐ž๐๐ข...
Oโ€˜z ishingiz bilan mashgโ€˜ul boโ€˜lib turganingizda birdan xabar keladi: "Erta kunga rejalashtirilgan ish bugun bajarilishi kerak!"
Buni sokin qabul qilish mumkinmi?

Yoki... siz uzoq mehnat qilib yakuniga yetkazayotgan ishingiz ustida oโ€˜zgarishlar qilishga qaror qilingan. Endi siz qilgan barcha ishlaringizni yangi talablarga moslab qayta ishlashingiz kerak.
Buni oddiygina โ€œOkโ€ deb davom ettirish mumkinmi?

Bunday vaziyatlar koโ€˜pchilikning ish faoliyatida uchraydi โ€” ayniqsa IT sohasida. Bu holatlar stress, tushunmovchilik, konflikt va hatto motivatsiyaning yoโ€˜qolishiga olib kelishi mumkin. Ammo bunga oldindan tayyor boโ€˜lish, ichki osoyishtalikni saqlab qolish va professional yondashuv bilan yengib oโ€˜tish mumkin.
Qanday qilib:
๐ˆ๐œ๐ก๐ค๐ข ๐จ๐ฌ๐จ๐ฒ๐ข๐ฌ๐ก๐ญ๐š๐ฅ๐ข๐ค๐ง๐ข ๐ฌ๐š๐ช๐ฅ๐š๐ง๐  โ€“ hissiy reaksiya bermang
Vaziyat qanchalik keskin boโ€˜lmasin, birinchi qadam: reaksiya emas, fikr boโ€˜lsin.
Hissiy reaksiyalar (gโ€˜azab, piching, kinoya) hech qachon ijobiy natijaga olib kelmaydi.
Bir necha soniya sukut saqlang.
Ichingizda โ€œBu vaziyatga qanday professional yechim bor?โ€ degan savolni bering.
Fikrlarni toโ€˜plagach, mulohaza bilan yondashing.
๐Š๐จ๐ง๐Ÿ๐ฅ๐ข๐ค๐ญ๐ฅ๐š๐ซ๐ง๐ข ๐จ๐ฅ๐๐ข๐ง๐ข ๐จ๐ฅ๐ข๐ฌ๐ก: Qoidalarni oldindan belgilab oling
Loyihaning boshida kutilyotgan oโ€˜zgarishlar ehtimoli haqida ochiq gaplashing.
Ish jarayonida versiya nazorati, review, deadline va task prioritetlarini doimiy ravishda yangilab boring.
Hamma nima kutayotganini va qachon kutayotganidan habardor bo'lib turishini ta'minlang

๐‡๐š๐ซ ๐›๐ข๐ซ ๐ฆ๐ž๐ž๐ญ๐ข๐ง๐  โ€“ ๐ฌ๐ญ๐ซ๐š๐ญ๐ž๐ ๐ข๐ค ๐ข๐ฆ๐ค๐จ๐ง๐ข๐ฒ๐š๐ญ
Meetlarda shunchaki ishtirok etish emas, proaktiv qatnashish muhim:
Ko'tarilgan masalalarni eng tubigacha tushunib olishga, vaqt va resurslarni to'g'ri taqsimlanoyatganiga etiborli bo'lib, kerakli paytda : "Keling, buni biroz ochiqroq muhokama qilaylik..." yoki "Ko'rinishidan hammasi yaxshi lekin, -> bu qism bo'yicha menda quyidagi takliflar bor edi..." kabi masalaga anqilik kiritish va o'z takliflaringizni ochiq aytish orqali samarali kelishuvlarga erishishga harakat qiling.
Jimgina bosh irgโ€˜ab oโ€˜tirish โ€” keyinchalik stressning sababi boโ€˜ladi.

Oโ€˜zgarishlar โ€“ nafaqat ITโ€™ning bir qismi balki barcha sohalarda ro'y berishi mumkin. Bularni negativlik bilan emas, professional sifatida tabiiy holat deb qabul qiling. Muhimi, siz ularga qanday yondashasiz va oldini olish uchun nima qilasiz.
Yani tayyor turing...

Hammasi siz kursda o'rganganingizdek emas!, hammasi siz hayol qilgandek emas!, Hammasi Sizga kimdur bo'rttirib aytib bergandek emas!, Hammasi kinolardagidek emas!
Ammo Hammasi siz kutgandek shaklga kelishi uchun siz Hamma narsa sodir bo'lishiga tayyor turishingiz kerak!

Muhriddinbek Samidov

๐Ÿš€ ๐Ÿ• ๐จ๐ฒ๐ฅ๐ข๐ค ๐ข๐Ž๐’ ๐€๐ฉ๐ฉ ๐ƒ๐ž๐ฏ๐ž๐ฅ๐จ๐ฉ๐ฆ๐ž๐ง๐ญ ๐ค๐ฎ๐ซ๐ฌ๐ข

๐Ÿ”— YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿšจ ๐’๐ก๐จ๐ฌ๐ก๐ข๐ฅ๐ฆ๐š๐ง๐ !!!
Biz hammamiz kun sayin yangi bilimlarni oโ€˜rganamiz, o'zlashtiramiz va o'rgatamiz. Avvalo dasturlashni endi boshlaganingizda shoshilmang โ€” har bir kalit soโ€˜z yoki tayyor yechimni ishlatishdan oldin muammoni chuqur tushunishga harakat qiling.
Avvalo, oโ€˜z mantiqingizni yarating. Oddiyroq yoโ€˜ldan boshlang, kod yozing, boshqa usullarni sinab koโ€˜ring, bir necha xil uslublarda yechimlar yaratishga harakat qilib ko'ring. Shunda siz nafaqat muammoni hal qilasiz, balki tafakkur doirangiz kengayadi.
Keyin esa asta-sekin:
- mavjud kalit soโ€˜zlarni oโ€˜rganing,
- ularning qoโ€˜llanish use-case'larini tushuning,
- har doim bir nechta yechimlarni yozishga odatlaning,
- kodni iloji boricha sodda qilishga harakat qiling,
- uni qayta foydalanish mumkin boโ€˜lgan darajada yozishga urunib ko'ring,
imkon qadar universal qiling.
Mana shu ketma-ketlikda o'sish uslubingizni yaratsangiz bu yondashuv sizni mutaxassis sifatida chindan ham buyuk oโ€˜sishga olib boradi. Chunki dasturchining kuchi faqat kod yozishda emas, balki muammoni qanday yechishda, oโ€˜z mantiqini qanday rivojlantirishida koโ€˜rinadi.
Shuni unutmang, agar siz shu yoโ€˜ldan borsangiz โ€” hech qachon, hech qaysi sunโ€™iy intellekt sizni kelajakda oโ€˜rningizni egallay olmaydi. SI sizga yordamchi boโ€˜lishi mumkin, lekin oโ€˜rninizni hech qachon to'ldirolmaydi. Chunki sizning fikrlash tarzingiz, muammoni koโ€˜rish usulingiz va yaratuvchanligingiz โ€” faqat insongagina xos bo'lib, ularni doimiy o'stirish orqali kuchli mutahasis bo'la olasiz.
Demak, har kuni oz boโ€˜lsa ham yangi narsani oโ€˜rganing, oโ€˜z mantiqingizni kengaytirishda davom eting va oโ€˜sishdan xech qachon toโ€˜xtamang.

Postdagi media(rasmlar)'ga kelsak: Har bir ishingizda avvalo xato va kamchiliklarga boy bo'lsa ham, eng yomon uslub bo'lsa ham o'z yechimingizni yarating, biroz yangilik bilan boyiting, soddaroq qiling, boshqacharoq yechimlar qilib ko'ring, ularni optimallashtiring va unversal va qayta foydalanishli kodga olib keling. Shu uslubdagi harakat avvalo sizni o'stiradi, logika va tassavuringizni oshiradi. Va bu sizni nafaqat kuchli mutaxasis, balki o'rnini to'ldirib bo'lmas darajaga olib chiqadi.

Mukhriddinbek Samidov

๐Ÿ”— YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ2
0 dan Mustaqil iOS development o'rganuvchilar uchun mavzulashtirilgan RoadMap.

Mustaqil o'rganishda bir qator qiyinchiliklarni yengillatish maqsadida iOS development o'rganvchilar uchun rejali qo'llanma ishlab chiqidm.
Dasturlashni boshlovchilar koโ€˜pincha qayerdan boshlashni bilmay qoladi, bu reja esa aniq bosqichma-bosqich yoโ€˜lni koโ€˜rsatadi.
Professional boโ€˜lish uchun nafaqat kod yozish, balki algoritmlar, arxitektura, dizayn patternlar va AppStore jarayonini ham oโ€˜rganish zarur.
Reja sizni oddiy amaliy mashqlardan tortib to haqiqiy AppStoreโ€™da chop etiladigan ilova darajasiga olib chiqadi.
๐Ÿ”น Kimlar uchun?
Boshlovchi dasturchilar โ€” Swift tilini oโ€˜rganib, real loyihalar yaratishni istaydiganlar.
Oโ€˜rta darajadagi developerlar โ€” UIKit va SwiftUIโ€™da chuqurroq bilim olib, professional arxitekturalarga oโ€˜tishni xohlovchilar.
Talabalar va IT kurs qatnashchilari โ€” nazariy bilimni amaliy loyihalar orqali mustahkamlashni istaydiganlar.
Ishga kirishni istovchilar โ€” Junior/Middle iOS developer sifatida intervyuga tayyorlanayotganlar.

Roadmap - 7 asosiy bo'lim va har bir bo'lim ketma ketlikda mavzulashtirilgan darslardan iborat:
1. Core: Swift Asoslari
2. Algorithms va Data Structures
3. Xcode va UIKit Asoslari
4. Games va View Groups (UIKit)
5. Networking
6. Design Patterns, SOLID va Arxitektura
7. SwiftUI va App Store Jarayoni

Qanday va qayerdan o'rganish bo'yicha tavsiya va qo'shimcha havolalar keltirilgan.
Logika va bilimni kuchaytirish uchun topshiriq va o'yinlar keltirilgan.
Portfolio uchun 10dan ortiq proyektlar va ularni yaratishda kerakli manbaalar ko'rsatib o'tilgan. To'liq kontent bu yerda.

Foydali bo'lsa, do'stlaringiz bilan ham ulashib qo'ying.
#ios #selfstudy #roadmap

Mukhriddinbek Samidov

๐Ÿ”— YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ‘3๐Ÿ”ฅ3๐ŸŽ‰1
๐ƒ๐š๐ฌ๐ญ๐ฎ๐ซ๐œ๐ก๐ข ๐ƒ๐š๐ซ๐š๐ฃ๐š๐ฅ๐š๐ซ๐ข ๐ฏ๐š ๐‘๐จ๐ฅ๐ฅ๐š๐ซ: Chalkashliklarga Yakun Yasash

IT sohasida โ€œJuniorโ€, โ€œMiddleโ€, โ€œSeniorโ€, โ€œTeam Leadโ€ kabi tushunchalar koโ€˜p ishlatiladi. Ammo ularning asl mazmuni koโ€˜pincha notoโ€˜gโ€˜ri talqin qilinadi. Baโ€™zilar โ€œTeam Leadโ€ni Middleโ€™dan keyingi pogโ€˜ona deb oโ€˜ylashadi. Aslida esa, daraja (level) va rol (role) โ€” ikki xil tushuncha.
Darajalar (Levels): Malaka va Tajriba Bosqichlari โ€” bu mutaxassisning bilim, tajriba va masโ€™uliyat koโ€˜lamini bildiradi.
Junior, Middle, Senior Developer Batafsil : https://lnkd.in/dTyhYbpW

Rollar (Roles): Jamoa Ichidagi Vazifalar
Rol โ€” bu mutaxassisning jamoa yoki loyiha doirasida bajaradigan vazifasi. Bir xil darajadagi odam turli rollarda boโ€˜lishi mumkin. Masalan, Senior Developer โ€œTeam Leadโ€ boโ€˜lishi mumkin, lekin har bir Senior albatta Team Lead emas.
Member (Jamoa Aโ€™zosi): Roli โ€” kod yozish, testlash yoki boshqa aniq texnik ishlarni qilish. Darajasi Junior, Middle yoki Senior boโ€˜lishi mumkin.
Team Lead - Jamoani boshqaradi, vazifalarni taqsimlaydi, ustuvorliklarni belgilaydi;
Texnik qarorlar qabul qiladi, lekin hamma vaqt ham arxitektura darajasiga kirmaydi;
Jamoa aโ€™zolariga mentorlik qiladi.
Darajasi Middle | Senior, odatda Senior boโ€˜ladi, lekin bu rol โ€” โ€œSeniorโ€™dan keyingi bosqichโ€ emas.

Architect / Tech Lead
Tizim arxitekturasini ishlab chiqadi;
Texnologiyalarni tanlaydi, uzun muddatli texnik qarorlar qabul qiladi;
Koโ€˜pincha bir nechta jamoaga yoโ€˜l-yoโ€˜riq beradi.
Darajasi ham Senior boโ€˜lishi mumkin, lekin roli โ€” โ€œarxitektura dizayneriโ€.
Developer uchun o'sish ketma ketligi haqida batafsil: https://lnkd.in/dX2sBjqV

๐Ÿ‘‰ To'liq postni bu yerda o'qing

Mukhriddinbek Samidov

๐Ÿ”— YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ1
Ko'pdan beri ustida izlanish olib borayotgan qo'llanmani yakuniga yetkazdim.
Bu faqat yuqori lavozim egalari uchun emas, balki tashkilotdagi har bir hodim uchun:
- o'z ro'lini tanish;
- vazifalarni bo'lish
- ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash;
- ish jarayonida: (RACI)
๐‘ (๐‘๐ž๐ฌ๐ฉ๐จ๐ง๐ฌ๐ข๐›๐ฅ๐ž) โ€“ Qanday ishlarni bajaradi va qaysi ishlarga javobgar.
๐€ (๐€๐œ๐œ๐จ๐ฎ๐ง๐ญ๐š๐›๐ฅ๐ž) โ€“ Qanday natijalar, qarorlar va ijro ta'minoti uchun masul.
๐‚ (๐‚๐จ๐ง๐ฌ๐ฎ๐ฅ๐ญ๐ž๐) โ€“ Kimlar bilan maslahat qiladi va kimlardan ekspertiza oladi.
๐ˆ (๐ˆ๐ง๐Ÿ๐จ๐ซ๐ฆ๐ž๐) โ€“ Kimlarni ish jarayonlaridan xabardor qiladi.
- hozirgi kunda SI vositalaridan foydalanishda ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash va uni talablarini ishlab chiqish, javobgarlarni belgilash;
kabi bir qator masalalar yoritilgan.

Qo'llanmani ko'rib chiqib o'z fikrlaringizni qoldiring, yoki tajribangizdan ulashing, shoyadki kimlargadur foydali bo'lsa.

๐Ÿ‘‰ To'liq qo'llanmani bu yerda o'qing

Mukhriddinbek Samidov

๐Ÿ”— YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun ๐˜ˆ๐˜ ๐˜ฃ๐˜ถ๐˜ฏ๐˜ช ๐˜บ๐˜ฐ๐˜ป๐˜ช๐˜ฃ ๐˜ฃ๐˜ฆ๐˜ณ๐˜ข๐˜ฅ๐˜ช, ๐˜ˆ๐˜ ๐˜ฃ๐˜ถ๐˜ฏ๐˜ช ๐˜ฐโ€˜๐˜ณ๐˜จ๐˜ข๐˜ต๐˜ช๐˜ฃ ๐˜ฃ๐˜ฆ๐˜ณ๐˜ข๐˜ฅ๐˜ช, ๐˜ˆ๐˜ ๐˜ฃ๐˜ฆ๐˜ฎ๐˜ข๐˜ญ๐˜ฐ๐˜ญ ๐˜ฌ๐˜ฐ๐˜ฅ๐˜ช๐˜ฏ๐˜ช ๐˜บ๐˜ฐ๐˜ป๐˜ข๐˜ฅ๐˜ช degan gap va tushunchalarni hammamiz guvohi bo'lmoqdamiz.
Toโ€˜gโ€˜ri โ€“ siz sort() deb yozsangiz, massiv tartiblanadi. contains() desangiz, qidiruv ham tayyor. Hech qanday 'algoritm bilimi'siz ham tasklarni bemalol bajarish mumkindek.

โŒ Lekin bu โ€œAI hamma narsani qiladiโ€ degan abstrakt illuziya sizni juda xavfli joyga olib kelishi mumkin.
Chunki algoritmni tushunish โ€“ bu faqat kod emas, bu:
- Mantiqiy fikrlash (Logic)
- Ijodkorlik (Creativity)
- Murakkab muammolarni yechish (Problem solving)
AI sizga tayyor javobni beradi, ammo siz o'zingizda yechimni yaratuvchi tafakkurni shakllantirmasangiz โ€“ ertaga AI bilan bir qatorda sizning ham oโ€˜rningiz yoโ€˜qoladi.

Ko'pchillik uchun foydali bo'lishi umidida yangi maqola yozdim:
Algoritmlarga kirish va murakkablik tushunchasi, Search, Sort
ichki mexanizmlari

Bu maqolada siz ๐™ฐ๐™ธ ๐š‹๐šž๐š—๐š’ ๐šŠ๐š•๐š•๐šŠ๐šš๐šŠ๐šŒ๐š‘๐š˜๐š— ๐šš๐š’๐š•๐šŠ ๐š˜๐š•๐šŠ๐š๐š’-๐š”๐šž degan sayoz qarashlardan chiqib, aslida algoritmlar qanday ishlashini va nega ularni bilish sizni kuchliroq dasturchiga aylantirishini oโ€˜qiysiz.

Foydali bo'lsa do'stlar bilan ulashib qo'ying.
#sort #search #algorithms #swift

Mukhriddinbek Samidov

๐Ÿ”— YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Auto Layout, SnapKit โ€” oddiydan murakkabgacha

iOS dasturlashda foydalanuvchi interfeysi (UI) qurishda Auto Layout eng asosiy va kuchli vositalardan biridir. U interfeys elementlarini (UIButton, UILabel, UIImageView va h.k.) ekran oโ€˜lchamlari va yoโ€˜nalishiga qarab moslashuvchan joylashtirish imkonini beradi. Bugungi kunda har xil iPhone va iPad modellari mavjudligi sababli, har bir ekran uchun alohida dizayn tayyorlashning iloji yoโ€˜q. Shuning uchun Auto Layout iOS ilovalari uchun responsive dizayn yaratishda asosiy vosita hisoblanadi.

Batafsil bu yerda...

Mukhriddinbek Samidov

๐Ÿ”— YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ1
Hozir juda odatiy holat: Siz QR kodni skan qilasiz โ€” qaysidur ilova ochiladi va siz bilmagan holda avtomatik biror amal bajariladi: mahsulot sahifasi chiqadi, karta maโ€™lumoti kiritiladi yoki toโ€˜lov oynasi ochiladi.

Lekin bu qanday ishlaydi deb oโ€˜ylab koโ€˜rganmisiz?
โ€” bu Deep Link va Universal Link texnologiyasi.
Deep Link โ€” ilovadagi maxsus โ€œyoโ€˜lโ€. Faqat app ochiladi, agar u oโ€˜rnatilmagan boโ€˜lsa, hech narsa sodir boโ€˜lmaydi.

Universal Link esa zamonaviy va aqlli yechim: bir xil https link โ†’
App oโ€˜rnatilgan boโ€˜lsa โ†’ toโ€˜gโ€˜ridan-toโ€˜gโ€˜ri kerakli ekran ochiladi.
App yoโ€˜q boโ€˜lsa โ†’ web sahifa ochiladi.

Bugun buni bilmasangiz ham ilovadan foydalanishingiz mumkin. Lekin developer sifatida tushunmasangiz โ€” siz juda katta imkoniyatni qoโ€˜ldan boy beryapsiz. Chunki bu orqali siz foydalanuvchini:
Reklamadan toโ€˜gโ€˜ridan-toโ€˜gโ€˜ri app ichidagi mahsulotga olib borishingiz mumkin.
Referral link orqali doโ€˜stini ilovaga taklif qilishingiz mumkin.
Banking appโ€™da karta yoki hisobni QR orqali ulashishingiz mumkin.
Event appโ€™da chipta yoki bronโ€™ni QR orqali ochishingiz mumkin.
Men shu mavzu boโ€˜yicha batafsil maqola yozdim:
- Deep Link va Universal Link nima?
- Ularni qanday sozlash (Backend, iOS app, Web qismi)?
- Qoโ€˜shimcha servislar (AppsFlyer, Firebase Dynamic Links, Branch) orqali marketing va analytics imkoniyatlari.
๐Ÿ”— Havola

#deeplink #universallink #ios

Mukhriddinbek Samidov

๐Ÿ”— YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
iOS app development bo'yicha hashtag#online kurs uchun talab bormi?
Ovoz berish uchun LinkedIn post

Kurs haqida batafsil ma'lumot bu yerda.

Self study - Mustaqil o'rganivchilar uchun mavzulashtirilgan rejali darslar

#ios #development #swift

Mukhriddinbek Samidov

๐Ÿ”— YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ‘3๐Ÿ”ฅ2๐ŸŽ‰2
Assalomu aleykum!
Ko'pdan beri o'ylanib yurgandim, qarasam boshlamasam qolib ketaverar ekan. Shu bugun ertalabdan #online kursni boshlash hayoli bilan uyg'ondim va post qoyishga qaror qildim. Biz Bismillah deb boshlayveraylik-chi, taqdir-nasibalarimizning mutloq sohibi bo'lmish Al-Akbar zot o'zi zehnimizni ochib ishlarimizni oldinga yurishini nasib qiladi InshaAlloh. Zero, maqsadimiz ilm olish, ilm ulashish, jamoamizni kengaytirish...

Agar #online iOS mobile app development (O'zbek tilida) o'rganmoqchi bo'lganlar va yo shu maqsadga ega tanishlaringiz bo'lsa, ushbu : Telegram guruhda davom etamiz.

Ilovada Men va kurs haqida ma'lumotlar keltirdim.

#ios #development #swift

Mukhriddinbek Samidov

๐Ÿ”— YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ13๐ŸŽ‰3๐Ÿ‘2