Swift Academy
208 subscribers
156 photos
31 videos
8 files
153 links
Swift Academy - IT o’quv markazi

YouTube Channel : https://shorturl.at/UV4vp

Read me: https://shorturl.at/ArSML

Admin: @MulloyevAzamjon
Download Telegram
📆 𝟏-𝐡𝐚𝐟𝐭𝐚 𝐚𝐫𝐭𝐝𝐚 𝐪𝐚𝐥𝐝𝐢! Bu haftada biz qanday bilimlarga ega bo‘ldik?
Kursimiz ishtirokchilari bilan 3 ta muhim qadamni bosib o‘tdik:
✅ 𝐒𝐰𝐢𝐟𝐭 va dasturlashga kirish
✅ 𝐈𝐧𝐭, 𝐅𝐥𝐚𝐚𝐭, 𝐃𝐚𝐮𝐛𝐥𝐞 — sonlar bilan ishlash
✅ 𝐁𝐚𝐚𝐥 — shartlar va mantiqiy fikrlash
Ko‘pchilik dasturlashni qo‘rqib boshlaydi. Ammo biz kodni matematikaga o‘xshatib, tushunarli tilda o‘rgandik. Hech qanday "qorong‘i" texnik atamalar yo‘q — faqat amaliyot, tushuncha va oddiy misollar.
🧑‍💻 Har bir ishtirokchimiz allaqachon quyidagilarni yozib ko‘rdi:
O‘zgaruvchi bilan ishlash
Konsolga ma’lumot chiqarish
Shartli operatorlar yordamida dastur oqimini boshqarish
📍 Bu faqat boshlanishi! Oldinda UI yaratish, navigatsiya, API bilan ishlash, va haqiqiy app yaratish bor.
Agar siz ham dasturchi bo‘lishni istasangiz — endi ham qo‘shilishingiz mumkin.
🔁 Biz 1-haftani qisqacha takrorlab beramiz va keyin yo‘limizni davom ettiramiz.
📩 Qiziqyapsizmi? Komment yozing yoki menga yozing — sizni kutyapmiz!

𝐢𝐎𝐒 𝐌𝐚𝐛𝐢𝐥𝐞 𝐀𝐩𝐩 𝐝𝐞𝐯𝐞𝐥𝐚𝐩𝐊𝐞𝐧𝐭 𝐀𝐮𝐫𝐬i haqida : https://lnkd.in/dm4yd7yt


🔗 YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
AI yoki texnologiyalar sizni almashtirmaydi — ular sizdan boshqa fazilatlar (skills) va mas’uliyatlarni talab qiladi.

🚜 Traktor vs. Hayvonlar
Oldin: Dehqon yer haydash uchun buqa yoki otga tayangan.
Keyin: Traktor ixtiro qilindi. Ish yo‘qoldimi? Yo‘q.
Lekin: Endi dehqon traktorni haydaydigan, texnikani tushunadigan, effektiv ishlay oladigan bo‘lishi kerak.
🧠 Xulosa: Ish turi o‘zgarmadi, lekin ko‘nikmalar darajasi oshdi.

🎥 Raqamli kamera va Fotograf
Oldin: Fotograf har safar suratga olishdan oldin 36 kadrli plyonka tayyorlardi.
Keyin: Raqamli kameralar paydo bo‘ldi. Plyonka yo‘qoldi. Fotograf yo‘qoldimi?
Yangi vazifa: Kompozitsiya, rang, emotsiya, Photoshop, storytelling.
🧠 Xulosa: Asosiy ish (go‘zallikni ko‘rish) qoldi. Faqat vosita o‘zgardi.

⌚ Mashinada yozuvchilar va Word dasturi
Oldin: Kotibalar yoki yozuvchilar mashinka bilan harflarni urardi.
Keyin: Kompyuter va Word kelganida bu “ish” yo‘qoldi, lekin yozuvchilar yo‘qolmadi.
Endi: Yozuvchi nafaqat yozadi, balki matnni tahrir qiladi, dizayn qiladi, avtomatik tool-lardan foydalanadi.
🧠 Xulosa: Sizning ish joyingiz o‘zgarmaydi — sizning qurolingiz o‘zgaradi.

📞 Telefon operatorlari va smartfonlar
Oldin: Aloqa operatori telefon raqamlarini ulanardi.
Endi: AI buni 0.5 sekundda bajaradi. Lekin mijoz bilan gaplashish, muammoni hal qilish, nutqdagi ohangni tushunish — hali ham insonda.
🧠 Xulosa: Texnologiya oddiy funksiyani olib ketadi, lekin insoniylik qoladi.

🛠 Matkap ixtirosi
Oldin: Teshik qilish uchun bolg‘a va mix yetarli edi.
Keyin: Elektron matkap keldi. Ish tezlashdi.
Lekin: Uni to‘g‘ri ishlatish, xavfsizlikni bilish va materialni tushunish yangi mahorat talab qiladi.
🧠 Xulosa: Vosita ixtiro qilindi, lekin ma’suliyat ortdi.

🧑‍🏫 O‘qituvchi va video darslar
Oldin: O‘qituvchi doskada yozardi.
Endi: Video dars, AI yordamchilari, online darslar.
Lekin yaxshi o‘qituvchi yo‘qoldimi? Yo‘q.
Endi: U kuchli pedagogika, psixologiya, metodika va media yaratish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
🧠 Xulosa: AI tushuntiradi. O‘qituvchi — ilhomlantiradi.

🧟 Kassir va self-checkout mashinalar
Mashina: Pulni sanaydi.
Inson: Muammoni ko‘radi, mijoz bilan muomala qiladi, vaziyatni boshqaradi.
🧠 Xulosa: Oddiy mexanik ishni mashina oladi. Ijtimoiy va analitik ish insonda qoladi.

🧭 Navigator va haydovchi
Google Maps bor.
Lekin baribir rulda siz turibsiz.
Nima bo‘ldi? Qayerga borishni ko‘rsatadi — qanday yetishni siz hal qilasiz.
🧠 Xulosa: AI sizga yo‘l ko‘rsatadi. Boshlovchi — siz.

Texnologiya sizni o‘rningizdan qo‘zg‘atmaydi — sizdan yangi darajadagi o‘zligingizni ochishingizni so‘raydi.
Ish yo‘qolmaydi, o‘zgartiriladi. Siz esa, o‘rganishga tayyor bo‘lsangiz — yangilanasiz.

🚀 𝟕 𝐚𝐲𝐥𝐢𝐀 𝐢𝐎𝐒 𝐀𝐩𝐩 𝐃𝐞𝐯𝐞𝐥𝐚𝐩𝐊𝐞𝐧𝐭 𝐀𝐮𝐫𝐬𝐢: https://lnkd.in/dm4yd7yt

🔗 YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🔎 𝐍𝐞𝐠𝐚 𝐢𝐥𝐀 𝐛𝐚𝐫 𝐲𝐚𝐧𝐠𝐢 𝐢𝐬𝐡 𝐣𝐚𝐲𝐢𝐠𝐚 𝐛𝐚𝐫𝐠𝐚𝐧𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐝𝐚 𝐚'𝐳𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 слабый 𝐲𝐚𝐀𝐢 𝐞𝐳𝐢𝐀 𝐀𝐚'𝐫𝐬𝐚𝐭𝐚𝐬𝐢𝐳? 𝐍𝐞𝐠𝐚 𝐀𝐚𝐲𝐟𝐢𝐲𝐚𝐭𝐬𝐢𝐳, 𝐢𝐳𝐚𝐥𝐚𝐭𝐬𝐢𝐲𝐚𝐥𝐚𝐧𝐠𝐚𝐧𝐝𝐞𝐀 𝐯𝐚 𝐲𝐚 𝐚𝐝𝐚𝐊 𝐀𝐚'𝐫𝐊𝐚𝐠𝐚𝐧𝐝𝐞𝐀 𝐮-𝐛𝐮 𝐭𝐚𝐫𝐚𝐟𝐠𝐚 𝐚𝐥𝐚𝐧𝐠𝐥𝐚𝐲𝐬𝐢𝐳? (𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘚𝘢 𝘩𝘢𝘮 𝘵𝘊𝘚𝘪𝘎𝘩𝘭𝘪 𝘊𝘮𝘢𝘎!)

Yangi ishga birinchi kun kirib boryapsiz...
Yoki yangi intervyu, yoki yangi mijoz bilan uchrashuv...
Eshiklar ochildi...
Va barchaning nigohi birma-bir siz tomon qaratilmoqda...
Siz hali bir og‘iz ham gapirmadingiz,
lekin siz haqingizda birinchi qarashda allaqachon bir tasavvur shakllanmoqda.

Bu tasavvur — sizning turishingiz, ko‘z ifodangiz, tabassumingiz, tana harakatlaringiz, erkinlik, ishonch va oddiygina “Assalomu aleykum!” degan ohangingizda yashirinib turadi.

Ba’zilar o‘ylaydi: “Yaxshi kiyinsam, bo‘ldi.”
Lekin aslida bu yetarli emas.
Sizdan taralayotgan tana signali — siz kimligingizni so‘zlashi kerak!

📍 Turish qanday bo‘lishi kerak?
Qo‘llar ochiq, tanangiz ozod. O'zingizga, bilim va tajribangizga bo'lgan ishonch, erkin va keng (𝘣𝘰𝘎𝘪𝘲 𝘷𝘢 𝘺𝘰 𝘊𝘻𝘪𝘬 𝘣𝘰'𝘭𝘮𝘢𝘚𝘢𝘯) yelkalar bilan viqorli ko'rinish, o'tkir ko‘zlar to‘g‘riga qaragan....
Tabassumingiz — signal, bu yerda siz begona emassiz.
Va bu turish:
"Men bu jamoaga arziyman va birga o'sishimizga ishonaman!"
"Men bu yerda o‘z o‘rnimni topaman!" kabi yorqin ifodalar bera olishi kerak. Davomi...

🚀 𝟕 𝐚𝐲𝐥𝐢𝐀 𝐢𝐎𝐒 𝐀𝐩𝐩 𝐃𝐞𝐯𝐞𝐥𝐚𝐩𝐊𝐞𝐧𝐭 𝐀𝐮𝐫𝐬𝐢: https://lnkd.in/dm4yd7yt

🔗 YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 𝐑𝐞𝐠𝐞𝐱𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐀𝐬𝐚𝐬𝐢𝐲 𝐄𝐥𝐞𝐊𝐞𝐧𝐭𝐥𝐚𝐫𝐢 🔞 𝑺𝒘𝒊𝒇𝒕

let pattern = "^(?=.*[A-Z])(?=.*[a-z])(?=.*\\d).{8,}$"

𝙈𝙖𝙭𝙚𝙪𝙚 𝙗𝙚𝙡𝙜𝙞𝙡𝙖𝙧
. -> istalgan belgi
\d -> raqam (0-9)
\w -> harf, raqam yoki pastki chiziq (a-z, A-Z, 0-9, _)
\s -> bo'sh joy (space, tab, yangi qator)
\D, \W, \S -> yuqoridagilarning teskarisi

𝙆𝙫𝙖𝙣𝙩𝙞𝙛𝙞𝙠𝙖𝙩𝙀𝙧𝙡𝙖𝙧
* -> 0 yoki ko'p marta
+ -> 1 yoki ko'p marta
? -> 0 yoki 1 marta
{n} -> aynan n marta
{n,} -> kamida n marta
{n,m} -> n dan m gacha marta

𝙏𝙀’𝙥𝙡𝙖𝙢𝙡𝙖𝙧
[abc] - a, b yoki c
[a-z] - a dan z gacha harflar
[^abc] - a, b, c dan boshqa har qanday belgi
| - yoki operatori

𝙋𝙀𝙯𝙞𝙩𝙚𝙞𝙮𝙖𝙣𝙞 𝙗𝙚𝙡𝙜𝙞𝙡𝙖𝙚𝙝
^ - qator boshida
$ - qator oxirida
\b - so'z chegarasi

Regular ifodalar dasturchilar uchun matnlar bilan ishlashda juda qulay va kuchli vosita hisoblanadi. Swiftda NSRegularExpression klasslari yordamida regexlardan samarali foydalanish mumkin. Ushbu maqolada biz regexning asosiy tushunchalarini va Swiftda qo'llanilishini ko'rib chiqdik.

🚀 𝟕 𝐚𝐲𝐥𝐢𝐀 𝐢𝐎𝐒 𝐀𝐩𝐩 𝐃𝐞𝐯𝐞𝐥𝐚𝐩𝐊𝐞𝐧𝐭 𝐀𝐮𝐫𝐬𝐢: https://lnkd.in/dm4yd7yt

🔗 YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🚫 𝐇𝐚𝐫 𝐀𝐚'𝐫𝐠𝐚𝐧 𝐢𝐬𝐡 𝐞'𝐥𝐚𝐧(𝐉𝐚𝐛 𝐡𝐢𝐫𝐞)𝐥𝐚𝐫𝐢𝐠𝐚 𝐂𝐕& 𝐑𝐞𝐬𝐮𝐊𝐞 𝐲𝐮𝐛𝐚𝐫𝐢𝐬𝐡𝐧𝐢 𝐭𝐚'𝐱𝐭𝐚𝐭𝐢𝐧𝐠 yoki rezyumeni boyitaman deb har narsa bilan to'ldiish o‘rniga, o‘zingizni qandaydir tarzda taqdim etish haqida o‘ylab ko‘ring?

Siz Junior va yo stajingiz yo'qmi? Ish topolmayotganingizga sabab faqat shu deb o'ylaysizmi? Agar sizni ishga olishmagan va yo atrofingizda 3-4 tanishingizda ham shunday holat bo'lsa, demak hech kim Juniorga ish berilmayapti degani emas!!!
Hamma ham Juniordan boshlagan-ku! Ularni kim ishga qabul qilgan va yo qilmoqda?

"𝑱𝒖𝒏𝒊𝒐𝒓𝒈𝒂 𝒊𝒔𝒉 𝒚𝒐'𝒒!" - deb har joyda salbiy energiyangizni atrofga tarqatish o'rniga o'zingizni namoyon qiling, qobilyatlaringizni o'rtaga tashlang. (𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘚𝘢 𝘩𝘢𝘮 𝘵𝘊𝘚𝘪𝘎𝘩𝘭𝘪 𝘊𝘮𝘢𝘎!)

Oddiy bozor rastalaridan meva sotib olayotganda nega yaltiragan sara mevalarni tanlab olasiz? Yoki yopiq qop ichida zo'r olma bor desa, avval ochib ko'rib keyin tanlab olasizku!? Ya'ni siz o'zingizni namoyon qilmasangiz, profilingiz 'Men borman!' deb jar solmasa, kim ko'radi?
⁉ UNUTMANG: Shunchaki CV yaratib & yuborib ish topish davri allaqochon o'tdi!

Batafsil bu yerda ...

Muhriddinbek Samidov
🚀 𝟕 𝐚𝐲𝐥𝐢𝐀 𝐢𝐎𝐒 𝐀𝐩𝐩 𝐃𝐞𝐯𝐞𝐥𝐚𝐩𝐊𝐞𝐧𝐭 𝐀𝐮𝐫𝐬𝐢: https://lnkd.in/dm4yd7yt

🔗 YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚫 Junior, Middle, Senior ≠ Team Lead, PM, Tech Lead
Bu so‘zlar ayni bir narsa emas. Ular butunlay boshqa ma’nolarni anglatadi.

👀 Project Manager (PM) — Mijoz bilan aloqada bo‘ladi, loyiha byudjeti, muddati va umumiy boshqaruv uchun mas’ul. Kod yozmaydi, lekin jamoani ish tartibida ushlab turadi.

🧠 Tech Lead — Texnik qarorlar qabul qiladi, arxitektura tanlaydi, kodlarni ko‘zdan kechiradi, texnik yo‘nalishni belgilaydi va dasturchilarni texnik jihatdan yo‘naltiradi.

🧑‍🀝‍🧑 Team Lead / Lead Developer — Jamoa ishini tashkil qiladi, vazifalarni taqsimlaydi, yig‘ilishlarni rejalashtiradi, jamoa muammolarini boshqaradi. Har doim texnik yetakchi bo‘lishi shart emas — bu rolni hatto Middle darajadagi dasturchi ham bajara oladi.

🛠 Senior Developer — Murakkab muammolarni mustaqil hal qiladi, boshqalarga yordam beradi. Mentorlik va jamoaviy o'sishni shakllantiradi.

🔧 Middle Developer — Mustaqil ishlay oladi, lekin strategik yoki murakkab qarorlar uchun rahbarlikka ehtiyoji bor.

🌱 Junior Developer — Tez o‘rganadi, tayinlangan vazifalarni bajaradi, fikr-mulohaza & feedback'lar orqali rivojlanadi.

🎚 UI/UX Dizayner — Go'yani vizuallashtiradi, Foydalanuvchi interfeyslarini yaratadi, dizayn va qulaylikni ta’minlaydi.

🧪 QA / Test muhandisi — Dasturda xatolarni aniqlaydi, ishlash barqarorligini nazorat qiladi.

Batafsil bu yerda ...

Muhriddinbek Samidov
🚀 𝟕 𝐚𝐲𝐥𝐢𝐀 𝐢𝐎𝐒 𝐀𝐩𝐩 𝐃𝐞𝐯𝐞𝐥𝐚𝐩𝐊𝐞𝐧𝐭 𝐀𝐮𝐫𝐬𝐢: https://lnkd.in/dm4yd7yt

🔗 YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
📍𝐉𝐮𝐧𝐢𝐚𝐫 → 𝐌𝐢𝐝𝐝𝐥𝐞 → 𝙇𝙚𝙖𝙙 → 𝐒𝐞𝐧𝐢𝐚𝐫 → 𝐓𝐞𝐜𝐡 𝐋𝐞𝐚𝐝 → 𝐀𝐫𝐜𝐡𝐢𝐭𝐞𝐜𝐭 🚀

📍 𝐉𝐮𝐧𝐢𝐚𝐫 Developer
🔞To‘g‘ri savollar berishni o‘rganing
🔞Fikr-mulohazalarni (feedback) qabul qiling
🔞Vazifani emas, yechimni tushuning
🔞Har kuni yangi narsa o‘rganing
🎯 Maqsad: Ishonch qozonish va mustaqil bo‘lish.

📈 Junior → Middle darajaga o‘tish
🔞 Muammolarni o‘zingiz hal qila boshlang
🔞Bog'lanish va strukturalarni tushunishga harakat qiling
🔞Jamoa bilan muloqotda faol bo‘ling
🔞Yaxshilanishlar(optimization & improve) taklif qila boshlang
🧩 Siz endi bajaruvchi emas, ishonchli ijrochiga aylanmoqdasiz.

🎯 𝐌𝐢𝐝𝐝𝐥𝐞 Developer
🔞Toza va tushunarli kod yozing
🔞Refactor, test, hujjatlashtiring
🔞Juniorlarga mentorlik qiling
🔞Faqat kod emas, mahsulot (final product) haqida o‘ylang
🎯 Maqsad: Faqat vazifa emas, funksiya uchun javobgar bo‘ling.

📈 Middle → Senior darajaga o‘tish
🔞Kichik texnik qarorlar qabul qiling
🔞Code Review jarayoniga qo‘shiling
🔞Loyihani texnik jihatdan chuqur tushuning
🔞Juniorlarni rivojlantiring
🔞Jamoaviy boshqaruv tashkilotchilik qobilyatlaringizni o'stirib siz 𝐓𝐞𝐚𝐊 𝐋𝐞𝐚𝐝 ham bo'la olasiz!
🔥 Sizga endi mas’uliyat yuklanadi, sizga suyanishadi.

Batafsil bu yerda o'qing...

Muhriddinbek Samidov

🚀 𝟕 𝐚𝐲𝐥𝐢𝐀 𝐢𝐎𝐒 𝐀𝐩𝐩 𝐃𝐞𝐯𝐞𝐥𝐚𝐩𝐊𝐞𝐧𝐭 𝐀𝐮𝐫𝐬𝐢

🔗 YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
7-sinf edim. Rasm (Tasviriy San'at) darsi edi — anchagina yuragimga yaqin fan. U paytlar hamma darslar doim bir xil ssenariyda o‘tardi: avval yo‘qlama, so‘ng tarbiyaviy “chaqiriqlar”, ogohlantirishlar, biroz jazolashlar... agar vaqt qolsa — fanga ham ulgurardik. 😉
O‘sha kuni uyga vazifani yuragim bilan tayyorlagandim. Tasavvurimga kelgan har bir detalni chizishga harakat qildim, chin dildan ishladim. Dars boshlandi. Yo‘qlama: 6 nafar o‘quvchi yo‘q. Ular bundan avvalgi jismoniy tarbiya darsida futbolga berilib qolib ketishgan edi.
Nihoyat darsning o‘zi boshlandi. Ustoz birma-bir ishlarni ko‘zdan kechira boshladilar. Navbat menga kelganida, yuzlarida tabassum paydo bo‘ldi.
— “Zo‘r ishlanibdi! Juda chiroyli! Doskaga chiq, rasmga nom ber, nima chizganing va qanday ilhomlanganing haqida gapirib ber,” — dedilar.
Men sekin doska yoniga bordim. Rasmimni avaylab ko‘tarib, og‘zimni ochib gap boshlayotganimda...
Ana o‘sha 6 nafar “futbolchilar” navbatma-navbat eshikdan kirib kelishdi.
Ustoz darrov meni to‘xtatib, ularni doska yoniga terib odilar va jazolash marosimi boshlandi. Har biriga o‘zgacha “maqtov”lar ortidan 2-3 tadan shapaloq... sinfda esa qiy-chuv, kulgu, “mana endi dars boshlandi” degan kayfiyat. 🀭
Men esa bir tarafdan bu jarayonga chalg‘ib, bir tarafdan gapimni davom ettirishga tayyor turgan edim.
Birdan... qulog‘im ostida 𝒔𝒉𝒍𝒂𝒑𝒑𝒑!
Kelib tushgan shapaloq bilan eshitganlarim:
— “Sen-chi?! Ular-ku mayli... sen qayerda yuribsan?!”
Men hango-mang bo‘lib ustozga qaradim. Qo‘limdagi rasmga ko‘zlari tushdi. Birdaniga hushlariga keldilar.
— “Voy bolam! Uzr, kechir meni! O‘zim doskaga chaqirgandim-ku!” — deb meni quchoqlab o‘pib ketdilar.
Sinfda esa kulgudan devorlar ham qaltirab ketgandek edi. Hatto boyagi 6 nafar do‘stlarim ham menga tushgan “adashgan shapaloq” uchun yana bir shapaloq yeyishga rozi bo‘lib kulishardi. 😄
Bu voqea maktab yillarimning eng unutilmas sahifalaridan biri bo‘lib qoldi.

🔞 P.S.
Ba’zida hayot sizni muloyimlik bilan doskaga olib chiqadi, so‘ng birdan... shapaloq! 😂
Kimdir adashadi, kimdir kechiradi...
Shu bois, hayotingizning har bir sahifasida kutilmagan shapaloqlarga tayyor bo‘ling — ayrimlari saboq bo‘ladi, ayrimlari esa kontent uchun qoladi 😅))

Muhriddinbek Samidov

🚀 𝟕 𝐚𝐲𝐥𝐢𝐀 𝐢𝐎𝐒 𝐀𝐩𝐩 𝐃𝐞𝐯𝐞𝐥𝐚𝐩𝐊𝐞𝐧𝐭 𝐀𝐮𝐫𝐬𝐢

🔗 YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁3👍2🔥2
🧩 𝐏𝐫𝐚𝐣𝐞𝐜𝐭 𝐃𝐞𝐯𝐞𝐥𝐚𝐩𝐊𝐞𝐧𝐭 𝐓𝐞𝐚𝐊

Jamoa qanday shakllantirilishi yoki iyerarxiyasi qiziqmi?
Avvalo jamoa a'zolari bilan tanishib chiqaylik:

Executive (CTO/CIO/Product Owner)
- Mahsulotni strategik jihatdan ko‘radi, yo‘nalishni belgilaydi, byudjet va KPI'larni nazorat qiladi.
- Product Manager va BA orqali butun jamoaga yo‘nalish beradi.

Product Manager (PM)
- Mijoz ehtiyojlarini tushunadi, biznes g‘oyani mahsulot shakliga aylantiradi.
- BA, Dizayner, Tech Lead, QA – barcha qatlam bilan doimiy aloqada bo‘ladi.

Business Analyst (BA)
- Mijozdan olinadigan fikrlarni texnikga tushunarli tarzda tarjima qiladi.
- PM, Dizayner va Tech Lead bilan hujjatlar asosida ishlaydi.

UI/UX Dizayner
- Foydalanuvchiga qulay interfeys chizadi, his qilishga arziydigan tajriba yaratadi.
- BA va PMdan talablarni oladi, Developerlar bilan dizaynni implementatsiya qiladi.

Tech Lead / Engineering Manager
- Arxitekturani, texnik qarorlarni va kod sifati standartlarini boshqaradi.
- PM, BA, Team-Lead Developerlar, QA bilan har kuni sinxron.

System Architect (Katta loyihalarda)
- Infratuzilma, xavfsizlik, mikroxizmatlar, deployment strategiyasini belgilaydi.
- Tech Lead bilan yaqin aloqada.

Developerlar (Frontend, Backend, Mobile)
- Real kod yozadi, funksiyalarni ishlab chiqadi, birga ishlaydigan tizimlar yaratadi.
- Team Leaddan task oladi, QA va Dizaynerlar bilan bevosita aloqa qiladi.

QA Engineer / Tester
- Mahsulotni sinaydi, xatoliklarni aniqlaydi, ishonchli chiqishini ta’minlaydi.
- BA’dan Acceptance Criteria oladi, Developerlar bilan test-loop qiladi, PMga sifat hisobotini beradi...

Batafsil bu yerda...


Muhriddinbek Samidov

🚀 𝟕 𝐚𝐲𝐥𝐢𝐀 𝐢𝐎𝐒 𝐀𝐩𝐩 𝐃𝐞𝐯𝐞𝐥𝐚𝐩𝐊𝐞𝐧𝐭 𝐀𝐮𝐫𝐬𝐢

🔗 YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hikoya
Qariyb 4-5 yil avval: Texnik interview ajoyib o'tdi, xuddiki men kutgandan osonroqdek. Suhbatdan so'ng HR oldiga bordim va menga 5 daqiqa kutib turishimni aytdi. Birozdan so'ng qayta keldi va bu yerda da har bir kandidat ishga qabul qilinishi yoki yo'qligi (Big Boss) Rahbar bilan yuzma-yuz suhbatdan keyin aniq bo'lishini va men shu yerda biroz kutib turishimni aytdi... Shunda bildim: Big Boss ayol rahbar ekan. (𝘣𝘢𝘭𝘬𝘪 𝘵𝘢𝘎𝘩𝘬𝘪𝘭𝘰𝘵𝘯𝘪 𝘵𝘢𝘩𝘮𝘪𝘯 𝘲𝘪𝘭𝘚𝘢𝘯𝘥𝘶𝘳𝘎𝘪𝘻🀫 )
Katta zal, odamlar u yoqdan buyoqqa o'tmoqda, bir chetda kimdur qilgan ishlari bilan yonidagiga maqtanmoqda, zalni u chetida kimdur bor ovozi bilan bu chetdagi kimnidur chaqirmoqda... xullas 40 minut zaldagi 'KINO'ni ko'rganimdan so'ng, hodim keldi va birga rahbar xonasi tomon yurar ekanmiz: "Hurmatli bo'ling, savollariga qisqa va aniq javob berishga harakat qiling, ortiqcha savol bermang..." kabi ta'kidlar orqali keraksiz bosim his qila boshladim. Va nihoyat, eshiklar ochildi: Qarshimda rahbar ayol qo'lida mening CV bilan o'tirar ekan, Salomimga alik oliboq yonidagi stolni korsatib, mag'rur va jiddiy ohangda : "Marhamat!" dedi. Keraksiz bosimlar ostida bo'lsamda 2-3 ta savolga o'z borimcha javob bergandan keyin, meni "masalamni hal qiluvchi" savol keldi: 𝐒𝐢𝐳 𝐀𝐞𝐲𝐢𝐧𝐠𝐢 𝟓 𝐲𝐢𝐥𝐝𝐚 𝐚'𝐳𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐪𝐚𝐧𝐝𝐚𝐲 𝐯𝐚 𝐪𝐚𝐲𝐞𝐫𝐝𝐚 𝐀𝐚'𝐫𝐚𝐬𝐢𝐳? (𝘊𝘎𝘩𝘪𝘵𝘪𝘣 𝘣𝘶 𝘺𝘊𝘳𝘥𝘢 𝘪𝘎𝘩𝘭𝘢𝘎𝘩 𝘶𝘀𝘩𝘶𝘯 𝘧𝘰𝘭𝘣𝘪𝘯𝘭𝘪𝘬𝘥𝘢𝘯 𝘩𝘢𝘮 𝘩𝘢𝘣𝘢𝘳𝘥𝘰𝘳 𝘣𝘰'𝘭𝘪𝘎𝘩 𝘬𝘊𝘳𝘢𝘬𝘮𝘪 𝘥𝘊𝘣 𝘰'𝘺𝘭𝘢𝘣 𝘲𝘰𝘭𝘥𝘪𝘮 😉 )
Keyin ... (davomi LinkedInda)


Muhriddinbek Samidov

🚀 𝟕 𝐚𝐲𝐥𝐢𝐀 𝐢𝐎𝐒 𝐀𝐩𝐩 𝐃𝐞𝐯𝐞𝐥𝐚𝐩𝐊𝐞𝐧𝐭 𝐀𝐮𝐫𝐬𝐢

🔗 YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
𝐇𝐚𝐊𝐊𝐚𝐬𝐢 𝐲𝐚𝐱𝐬𝐡𝐢 𝐀𝐞𝐭𝐚𝐲𝐚𝐭𝐠𝐚𝐧 𝐞𝐝𝐢...
O‘z ishingiz bilan mashg‘ul bo‘lib turganingizda birdan xabar keladi: "Erta kunga rejalashtirilgan ish bugun bajarilishi kerak!"
Buni sokin qabul qilish mumkinmi?

Yoki... siz uzoq mehnat qilib yakuniga yetkazayotgan ishingiz ustida o‘zgarishlar qilishga qaror qilingan. Endi siz qilgan barcha ishlaringizni yangi talablarga moslab qayta ishlashingiz kerak.
Buni oddiygina “Ok” deb davom ettirish mumkinmi?

Bunday vaziyatlar ko‘pchilikning ish faoliyatida uchraydi — ayniqsa IT sohasida. Bu holatlar stress, tushunmovchilik, konflikt va hatto motivatsiyaning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Ammo bunga oldindan tayyor bo‘lish, ichki osoyishtalikni saqlab qolish va professional yondashuv bilan yengib o‘tish mumkin.
Qanday qilib:
𝐈𝐜𝐡𝐀𝐢 𝐚𝐬𝐚𝐲𝐢𝐬𝐡𝐭𝐚𝐥𝐢𝐀𝐧𝐢 𝐬𝐚𝐪𝐥𝐚𝐧𝐠 – hissiy reaksiya bermang
Vaziyat qanchalik keskin bo‘lmasin, birinchi qadam: reaksiya emas, fikr bo‘lsin.
Hissiy reaksiyalar (g‘azab, piching, kinoya) hech qachon ijobiy natijaga olib kelmaydi.
Bir necha soniya sukut saqlang.
Ichingizda “Bu vaziyatga qanday professional yechim bor?” degan savolni bering.
Fikrlarni to‘plagach, mulohaza bilan yondashing.
𝐊𝐚𝐧𝐟𝐥𝐢𝐀𝐭𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢 𝐚𝐥𝐝𝐢𝐧𝐢 𝐚𝐥𝐢𝐬𝐡: Qoidalarni oldindan belgilab oling
Loyihaning boshida kutilyotgan o‘zgarishlar ehtimoli haqida ochiq gaplashing.
Ish jarayonida versiya nazorati, review, deadline va task prioritetlarini doimiy ravishda yangilab boring.
Hamma nima kutayotganini va qachon kutayotganidan habardor bo'lib turishini ta'minlang

𝐇𝐚𝐫 𝐛𝐢𝐫 𝐊𝐞𝐞𝐭𝐢𝐧𝐠 – 𝐬𝐭𝐫𝐚𝐭𝐞𝐠𝐢𝐀 𝐢𝐊𝐀𝐚𝐧𝐢𝐲𝐚𝐭
Meetlarda shunchaki ishtirok etish emas, proaktiv qatnashish muhim:
Ko'tarilgan masalalarni eng tubigacha tushunib olishga, vaqt va resurslarni to'g'ri taqsimlanoyatganiga etiborli bo'lib, kerakli paytda : "Keling, buni biroz ochiqroq muhokama qilaylik..." yoki "Ko'rinishidan hammasi yaxshi lekin, -> bu qism bo'yicha menda quyidagi takliflar bor edi..." kabi masalaga anqilik kiritish va o'z takliflaringizni ochiq aytish orqali samarali kelishuvlarga erishishga harakat qiling.
Jimgina bosh irg‘ab o‘tirish — keyinchalik stressning sababi bo‘ladi.

O‘zgarishlar – nafaqat IT’ning bir qismi balki barcha sohalarda ro'y berishi mumkin. Bularni negativlik bilan emas, professional sifatida tabiiy holat deb qabul qiling. Muhimi, siz ularga qanday yondashasiz va oldini olish uchun nima qilasiz.
Yani tayyor turing...

Hammasi siz kursda o'rganganingizdek emas!, hammasi siz hayol qilgandek emas!, Hammasi Sizga kimdur bo'rttirib aytib bergandek emas!, Hammasi kinolardagidek emas!
Ammo Hammasi siz kutgandek shaklga kelishi uchun siz Hamma narsa sodir bo'lishiga tayyor turishingiz kerak!

Muhriddinbek Samidov

🚀 𝟕 𝐚𝐲𝐥𝐢𝐀 𝐢𝐎𝐒 𝐀𝐩𝐩 𝐃𝐞𝐯𝐞𝐥𝐚𝐩𝐊𝐞𝐧𝐭 𝐀𝐮𝐫𝐬𝐢

🔗 YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM