Surxon yoshlari | Yoshlar ittifoqi
1.81K subscribers
4.81K photos
572 videos
2 files
1.67K links
🇺🇿 Surxondaryo yoshlari hayotiga oid so'ngi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni bizning sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

©️ O'zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi

Biz bilan aloqa:

📞 +998937998811
Download Telegram
🗣4-mart – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilgan kun!

👥Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining fidoyi va zahmatkash barcha shaxsiy tarkibini, ishchi-xizmatchilarini samimiy muborakbod etamiz.

➡️Yurtimiz ravnaqi, fuqarolarimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin.

🇺🇿Bizning sahifalarimiz:

🔹 Telegram 🔹Youtube 🔹Instagram 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💐E’TIROF

Prezident qaroriga asosan, bir guruh iqtidorli qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Ular orasida quyidagi surxondaryoliklar ham bor:

🏅 Ergashova Sadoqat Eshmamat qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti

🏅 Suyunova Shamsiqamar Iskandarovna - Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi

Sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bayram tantanalarida o‘z egalariga topshiriladi.

Davlatimizning yuksak mukofotiga munosib ko‘rilgan vohadoshlarimizni viloyat hokimligi va jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Aziz yoshlar!

⚪️7-mart kuni soat 18:00 da Termiz shahridagi muhtasham san’at saroyi yoshlarni o’z bag’riga chorlaydi.

🇺🇿O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan o'tkazilayotgan "Talabalar bahori" festivalida barchangizni kutib qolamiz.
 
🌿Fasllarning ko‘rki bo‘lgan bahorning ilk kunlarini milliy
urf-odatlarimiz va zamonaviy yoshlarimizni birlashtirayotgan bayram bilan boshlang!

🇺🇿Bizning sahifalarimiz:

🔹 Telegram 🔹Youtube 🔹Instagram 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Qadrli surxondaryolik yoshlar!

⚡️ 2024-yilning 7-mart kuni Termiz shahrida Surxondaryo tajribasi misolida “Talabalar bahori” yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi. Festival kundaligidan quyidagi tadbirlar o‘rin olgan:

🕑 soat 08:00 dan 09:00 gacha – Talabalar ommaviy yugurish marafoni (“Surxon” sport majmuasidan “Bolajon” istirohat bog‘i chorrahasiga qadar 3 km masofaga);

🕑 soat 09:00 dan 10:00 gacha – Talabalar ommaviy velomarafoni (At-Termiziy shoh ko‘chasi bo‘ylab 3 km masofaga);

🕑 soat 10:00 dan 12:00 gacha – “Hashar – biz yoshlarga yarashar” shiori ostida “Ekologik marafon” aksiyasi doirasida “Har bir yoshga bir nihol” loyihasi (Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida);

🕑 soat 10:00 dan 13:00 gacha – “Muzeylar – yoshlar nigohida” (Termiz arxeologiya muzeyiga sayohat);

🕑 soat 10:00 dan 17:00 gacha – Talabalar o‘rtasida mini futbol musobaqasi (“Surxon” sport majmuasi);

🕑 soat 11:00 dan 17:00 gacha – Talabalar o‘rtasida kurash musobaqasi (“San’at saroyi” amfiteatrida);

🕑 soat 11:00 dan 16:00 gacha – Talabalar o‘rtasida “QVZ” ko‘rik-tanlovi (Termiz muhandislik-texnologiya institutida);

🕑 soat 11:00 dan 16:00 gacha – Talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini (Yoshlar markazi binosida);

🕑 soat 11:00 dan 16:00 gacha – Talabalar o‘rtasida “Baxshichilik”, “Chanqovuz” va “Sibizg‘a” tanlovlari (Baxshichilik maktabida);

🕑 soat 11:00 dan 18:00 gacha – Kamondan o‘q otish, badiiy gimnastika, stol tennisi, shaxmat, armrestling, tosh ko‘tarish, arqon tortish, kuch sinash va milliy sport musobaqalari (“San’at saroyi” hududida tashkil etilgan pavilonlarda);

🕑 soat 12:00 dan 13:00 gacha – “Ekologik loyihalarni amalga oshirilishida chet el tajribasi” mavzusida chet davlatlarda o‘qiyotgan yoshlar bilan ZOOM platformasi orqali muloqot uchrashuvi (Yoshlar markazi binosida);

🕑 soat 14:00 dan 17:00 gacha – Talaba qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqa (Termiz pedagogika instituti sport zalida);

🕑 soat 16:00 dan 18:00 gacha – “Ijodimda Vatan timsoli” yosh rassomlar va tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmasi tanlovi (“San’at saroyi” favvorasi atrofida);

🕑 soat 17:00 dan 19:00 gacha – “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni (At-Termiziy shoh ko‘chasi bo‘ylab);

🕑 soat 17:30 dan 18:30 gacha – Talabalar o‘rtasida “Osh” tanlovi (“San’at saroyi” hududida tashkil etilgan OTM pavilonlarida);

🕑 soat 19:00 dan 21:40 gacha – Poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar va viloyat xonandalarining gala konserti (“San’at saroyi” old maydonida);

🕑 soat 21:40 dan 22:00 gacha – Festival tanlovlari g‘oliblari va faol ishtirokchilarini taqdirlash marosimi (“San’at saroyi” old maydonida);

🕑 soat 22:00 da – Mushakbozlik va lazer shou (“Sa’nat saroyi” old maydonida).

💫 Barcha qalbi qaynoq, shahdu shiddati, g‘ayratu shijoatli yoshlarimizni ushbu yoshlik va birdamlik festivaliga taklif etamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
📣 Termizliklar va shahrimiz mehmonlari diqqatiga!

Avval xabar berganimizdek, ertaga, 7-mart kuni Termiz shahrida Surxondaryo tajribasi misolida “Talabalar bahori” yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan festival doirasida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar davomida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida shaharning qator ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi.

Jumladan:

⛔️ “Talabalar ommaviy yugurish marafoni” o‘tkazilishi munosabati bilan soat 06:00 dan 10:00 gacha Alisher Navoiy ko‘chasining “Surxon-Arena” sport majmuasi yonidagi chorrahasi,  Alisher Navoiy va Islom Karimov (Bojxona chorrahasi) ko‘chalari kesishgan chorrahadan “Begoyim” restorani chorrahasigacha hamda ushbu chorrahadan “Barkamol avlod” va “Boboqo‘rg‘on”, shuningdek, “Boboqo‘rg‘on” hamda “Dilnavo” ko‘chalari chorrahasi orqali Hakim at-Termiziy shoh ko‘chasining “Bolajon” bog‘igacha bo‘lgan qismida;

⛔️ “Talabalar ommaviy velomarofoni” hamda “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan soat 06:00 dan 24:00 gacha Hakim at-Termiziy shoh ko‘chasining "Temir yo‘l vokzali" yonidagi chorrahasidan “Bolajon” bog‘idagi chorrahasigacha bo‘lgan qismi transportlar harakati uchun to‘liq yopiladi.

❗️“Talabalar bahori” yoshlar festivali ommaviy tadbirlarining xavfsiz o‘tishi hamda tadbir munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Avtomobilsiz kun” aksiyasi doirasida ushbu ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanib, piyodalar hududiga aylantirilishi sababli yo‘lovchilarga piyoda sayr qilishni, haydovchilarga aylanma yo‘llardan harakatlanishni tavsiya qilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
🗣Assalomu alaykum qadrli yoshlar!

🗓Joriy yilning 7- mart kuni Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Afg‘oniston fuqorolarini o‘qitish ta'lim markazida Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Poyonov Temurbek  Olimovich hamda  O‘zbekiston Ekologik partiyasi raisi Hamzayev Abdushukur Xudoyqulovich ishtirokida “Ekologik loyihalarni amalga oshirilishida chet el tajribasi” mavzusida  Chet davlatlarda o’qiyotgan yoshlar bilan zoom orqali online suhbat bo'lib o'tadi.

🍔Mazkur suhbatda o‘zingizning taklif va mulohazalaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin. Viloyatimizni ekologik muammolardan asrashda Siz aziz yoshlarni faollikga chorlaymiz.

➡️Manzil: https://us06web.zoom.us/j/86701278693?pwd=qNwaGxZT7H8ZyLNmrxYYyCdpmKddSc.1

🇺🇿Bizning sahifalarimiz:

🔹 Telegram 🔹Youtube 🔹Instagram 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O‘zbekiston yoshlari
🗣 O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi kubogi uchun mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

📍 Manzil: Termiz shahri Surxon arena majmuasi
🗓 O‘tkazilish vaqti: 7-mart soat 10:00 da

🎉 Musobaqa g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇1-o’rin uchun 10 000 000 so‘m
🥈2-o’rin uchun 5 000 000 so‘m
🥉3-o’rin uchun 3 000 000 so‘m

#futbol #yoshlarittifoqi #Surxondaryo

Bizni kuzatishda davom eting!
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣 Talabalar o‘rtasida ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tadi.

📍 Manzil: Termiz shahri “Surxon” sport majmuasidan “Bolajon” istirohat bog‘i chorrahasiga qadar 3 km masofaga
🗓 O‘tkazilish vaqti: 7-mart soat 08:00 dan 09:00 gacha

🎉 Musobaqa g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇1-o’rin uchun 3 000 000 so‘m
🥈2-o’rin uchun 2 000 000 so‘m
🥉3-o’rin uchun 1 000 000 so‘m

#marafon #yoshlarittifoqi #Surxondaryo

Bizni kuzatishda davom eting!
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣 Talabalar o‘rtasida ommaviy velomarafoni bo‘lib o‘tadi.

📍 Manzil: Termiz shahri At-Termiziy shoh ko‘chasi bo‘ylab 3 km masofaga
🗓 O‘tkazilish vaqti: 7-mart soat 09:00 dan 10:00 gacha
🎉 Musobaqa g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇1-o’rin uchun 3 000 000 so‘m
🥈2-o’rin uchun 2 000 000 so‘m
🥉3-o’rin uchun 1 000 000 so‘m

#marafon #yoshlarittifoqi #Surxondaryo

Bizni kuzatishda davom eting!
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟥

🗣Talabalar bahori” festivali start oldi!

Ayni daqiqalarda Termiz shahri Surxon sport majmuasida talabalar oʻrtasida ommaviy yugurish marafoni boʻlib oʻtmoqda

#marafon #yoshlarittifoqi #Surxondaryo

Bizni kuzatishda davom eting!
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Faceboo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

🗣At-Termiziy shoh koʻchasi boʻylab 3 km masofaga oʻtkazilgan velomarofon ishtirokchilari finishga yetib kelishdi

#velomarafon #yoshlarittifoqi #Surxondaryo

Bizni kuzatishda davom eting!
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Faceboo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM