Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
54.7K subscribers
31.7K photos
3.11K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔔Surxondaryoda maktab yarmarkalari ish boshladi

🖥Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida o‘quvchilar uchun zarur o'quv qurollarini arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratilgan.


#yangioquvyili #maktabyarmarkasi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🎉1
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Denov tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchi kaltaklanganligi" bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Ushbu holatni Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi joyiga chiqib o‘rgandi.

Ma'lum bo‘lishicha, holat Denov tumanidagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida sodir bo‘lgan. Videolavhada aks etgan voqea bo‘yicha, xodim o‘z mehnat majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 5-bandiga asosan tarbiyachi A.G. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shuningdek, ta'lim muassasasida ma'naviy nosog‘lom muhit yuzaga kelganligi, o‘z ishida mas'uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganligi sababli Denov tumanidagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning o‘z arizasiga muvofiq bekor qilindi.

Voqea yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan ham o‘rganish ishlari olib borilayotgan bo‘lib, holatga huquqiy baho beriladi.

#rasmiymunosabat #Denov

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍121🔥1🕊1
📈Angorda yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish yuzasidan seminar o‘tkazildi

🔼Angor tumanidagi 9-umumta'lim maktabida "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida seminar o‘tkazildi.

✔️Unda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi rahbariyati, maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari hamda boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

🖥Seminar davomida yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish maqsadida ishtirokchilarga ta'lim muassasalarini tegishli tartibda jihozlash va bezatish, qolaversa, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

#Angor #seminar #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥1👌1🕊1
🔔Surxondaryoda "Hayot maktabi - maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitishning yangi tizimi" shiori ostida kasblar festivali o‘tkazildi

🔼Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev, hududlardagi kasbga yo’naltirish tizimi joriy etilgan maktab direktorlari, kasbiy ta’lim ustalari, amaliyotchi psixologlar hamda barcha tegishli mas’ullar ishtirok etishdi.

📈Tadbir davomida kasb-hunarga o‘qitishni tashkil qilish bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlari, tadbirkorlar, soha mutaxassislarining hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlari bo‘yicha davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.

⚡️Tadbir yakunida kasbiy-ta’lim ustalari sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🥰1