Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
54.7K subscribers
31.7K photos
3.11K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Fan_olimpiadasi
#Al_Xorazmiy

📄Bugun viloyatimizning barcha hududlarida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar(science) olimpiadasining shahar va tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.

👨‍🏫Unda maktab bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 7-8-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

🌄Fotosuratlarda Termiz shahri, Bandixon, Sherobod va Qiziriq tumanlaridagi jarayonlar aks etgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍32🔥31
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida joriy yilning 18-yanvar kuni o‘quvchilar ovqatdan zaharlanganligi haqida xabarlar e'lon qilingan.
 
Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 402 nafar o‘quvchiga 37 nafar o‘qituvchi, 8 nafar tarbiyachi ta’lim-tarbiya berib keladi. Maktab-internat yotoqxonasiga 120 nafar o‘quvchi joylashgan bo‘lib, shundan 32 nafarida 2024-yil 18-yanvar kuni soat 22:00-24:00 oralig‘ida sog‘lig‘i bilan bog‘liq ko‘ngil aynishi, oshqozonda va qorinda og‘riqlar kuzatildi.

Mazkur holat bo‘yicha maktab-internat hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatdi, foydasi bo‘lmagach tez yordam xodimlarining ko‘rsatmasiga ko‘ra tuman tibbiyot birlashmasiga olib borildi. Ma’lumot o‘rnida maktab-internat oshxonasida autsorsing asosida “Azizbek Omad uchquni” MChJ faoliyat olib boradi.

Joriy yilning 19-yanvar kuni Sariosiyo tuman Sanitariya va epidimalogiya osoyishtalik markazi tomonidan maktab-internat oshxonasining sanitariya holati to‘liq o‘rganilib, 18-yanvar kuni o‘quvchilarga berilgan nonushta, tushlik va kechki ovqat namunalari tahlil uchun olindi.

Hozirda barcha o‘quvchilarning sog‘ligi yaxshi, dars jarayonlarda faol ishtirok etishmoqda. Shuni alohida ta'kidlaymizki, vaziyat IIB, SES hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan nazoratga olingan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍251
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat
#Zakovat

🗣Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi barcha umumta'lim maktablarining 9-11- sinf o‘quvchilari o‘rtasida Surxondaryo viloyati prokurori kubogi uchun "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tadi

☑️Musobaqa 3 bosqichda:

maktab(22-24-yanvar);

sektor va final(25-30-yanvar) bosqichlari asosida o‘tkaziladi.

🎁Final bosqichida g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin - jamoaning har bir a‘zosiga televizor;

🥈2-o‘rin - jamoaning har bir a'zosiga pech;

🥉3-o‘rin - jamoaning har bir a'zosiga elektron choynak.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍343🥰3🔥2👌2🎉1
🔷Barcha maktablarda "Otalar yig‘ilishlari" o‘tkazildi

🔸Bugun viloyatimizdagi barcha maktablarda farzand tarbiyasida otaning rolini oshirishga qaratilgan "Otalar yig‘ilishlari" bo‘lib o‘tdi.

🏞Fotosuratlarda Termiz shahri, Denov, Angor, Sariosiyo, Sherobod va Oltinsoy tumanlaridagi jarayonlar aks etgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍366🥰1👏1🎉1
⚡️Akmal Inatullayev - eng yaxshi ta'lim rahbari

🔹Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra, Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i Akmal Inatullayev "Surxondaryo ta'limidagi 2023-yilning eng yaxshi rahbari" deb topildi.

☑️Bu nafaqat rahbarga, balki Denov tuman ta'lim-tarbiya tizimiga berilgan baho deb o‘ylaymiz!

🔸Akmal Inatullayevni Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev va boshqarma jamoasi nomidan qutlab, kelgusida Denov tuman ta'lim-tarbiya tizimi ulkan muvaffaqiyatlarga boy bo‘lishini tilab qolamiz!

🗣So‘rovnomada ishtirok etgan barchaga rahmat!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍97👏97🔥4💯2🕊1
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda viloyatda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida darsliklar yetishmovchiligi mavjudligi bo‘yicha tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Surxondaryo maktablarida ta'lim oladigan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga Finlandiya tajribasi asosida darsliklar chorakma-chorak yetkazib berilmoqda.

3-chorak boshida 4-sinflar uchun matematika va rus tili kitoblarining viloyatga yetib kelishi biroz kechikkanligi sababli yuqoridagi muammo vujudga kelgan.

Ayni vaqtda darsliklar o‘quvchilarga to‘liq yetkazib berilgan bo‘lib, kitoblar yetishmovchiligi bo‘yicha muammolar yo‘q.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍23👏73🔥2🤩2🕊2🥰1🎉1
🔹"Savodxonlik bayrami" o‘tkazildi

Yaqindagina ilk bora maktabga qadam qo‘ygan bolajonlar bugungi kunda harflarni o‘rganib, Alifbeni tugatishdi.

🔸Shu munosabat bilan kuni kecha Sherobod tumanidagi 27-umumta'lim maktabining 1- "D" sinfi o‘quvchilari uchun "Savodxonlik bayrami" o‘tkazildi.

🔔Bolajonlarning ajoyib chiqishlari bilan fayz olgan tadbirda ota-onalar, maktab jamoasi va boshqalar ishtirok etishdi.

☑️Ma'lumot uchun bugungi kunda Surxondaryo maktablarining 1-sinfida 59 ming 667 nafar o‘quvchilar ta'lim-tarbiya olib kelmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍396🔥2🥰2