Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
54.7K subscribers
31.7K photos
3.11K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYA – UMR ZAVOLI

Korrupsiya dunyo miqyosidagi global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, dolzarb masalalar qatoridan o‘rin egallagan.

Aslo nafsingiz quliga aylanib, korrupsiyaga qo'l urmang!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1
#Hikoya

O‘quvchini o‘zgartira olgan o‘qituvchi

Nafaqaga chiqqan o‘qituvchining o‘rniga boshqa muallima sinfga kirdi. Dars o‘tishni boshladi. O‘quvchilarning biriga savol bergandi, sinfdagi boshqa barcha o‘quvchilar kulib yuborishdi. O‘qituvchi hayron bo‘ldi. O‘quvchilardan so‘rab, o‘rinsiz kulguning siriga yetdi. Sabab: sinfda hamma aqlan zaif, savodsiz deb hisoblaydigan o‘quvchiga savol bergani ekan.

Dars tugagandan so‘ng o‘qituvchi o‘sha o‘quvchini yonida olib qoldi va unga ikki qator baytni berib:

- Buni ismingni yodlagandek yodlab kel va hech kimga aytma, - dedi.

Keyingi darsda muallima o‘sha ikki qator she'rni yozuv taxtasiga yozib, uning ma'nosini tushuntirdi va o‘chirdi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga yuzlanib:

- Kim hozirgi she'rni yodlab qoldi, - deb so‘radi. Hech kim churq etmadi.

Faqat o‘sha "ikkichi" o‘quvchi ming hayajon, ikkilanish bilan qo‘l ko‘tardi va she‘rni yoddan aytib berdi.

Ustoz uni ko‘p maqtadi, boshqalar o‘rnak olishini aytdi. O‘quvchilar bu holatdan hayratga tushar, kimdir kecha kulgani uchun xijolat bo‘lar edi. Bu hol hafta mobaynida davom etdi. O‘quvchilarning bu o‘quvchi borasidagi fikrlari o‘zgarib bordi. Bolaning ruhiy holati ham ijobiy tomonga burilish yasadi. O‘quvchida o‘ziga bo‘lgan ishonch uyg‘ondi. Avvalgi o‘qituvchi hisoblagandek axmoq emasligini angladi. O‘quvchilar bilan ilmda musobaqa qila olishini, o‘z ustida ishlasa a'lochi bo‘la olishini tushundi. Shundan so‘ng nafaqat ushbu fandan, boshqalaridan ham yaxshi baholar ola boshladi. Maktabni yaxshi natijalar bilan bitirib, oliygohga kirdi, so‘ng magistraturani bitirdi.

Har kuni o‘zining sevimli ishiga otlanarkan unga ishonch bergan o‘sha o‘qituvchini eslab, uni ich-ichidan duo qilardi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍21🔥1
Давлат олийгоҳларининг барча босқич талабалари учун тўлов-контракт миқдорлари оширилмайдивазирлик

Давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёевнинг мамлакатимиз таълим тизимига қаратаётган алоҳида эътибори натижасида 2023/2024 ўқув йили учун барча йўналишлар бўйича тўлов-контракт миқдорлари оширилмайдиган бўлди.

Талабалар ва уларнинг ота-оналарига енгиллик яратиш ва уларни қўллаб-қувватлаш ҳамда аҳолининг тўлов қобилиятини инобатга олган ҳолда, истисно тариқасида, 2023/2024-ўқув йили учун барча босқичдаги талабаларнинг тўлов-контракт асосида ўқитиш қиймати миқдори давлат олий таълим муассасалари, жумладан, молиявий мустақиллик берилган олийгоҳларда ҳам базавий тўлов-контракт қиймати 2022/2023-ўқув йили учун белгиланган миқдорларда сақлаб қолинади.

Шу билан бир қаторда, 2023/2024 ўқув йили табақалаштирилган тўлов-контракт миқдорлари ўтган ўқув йили учун белгиланган миқдорларда ўзгаришсиз қолади.

2023/2024 ўқув йили қабулида тўплаган баллари тасдиқланган қабул параметрлари чегарасига етмаган, лекин табақалаштирилган тўлов-контракт асосида таҳсил олиш истагини билдирган абитуриентларга, истисно тарақасида янги ўқув йили бошланишидан шартномалар расмийлаштиришга, шунингдек бир йиллик ўқитиш қийматининг 50 фоизини тўлаганларни талабалар сафига қабул қилишга рухсат берилди.

Шунингдек, яна бир енгиллик – тасдиқланган табақалаштирилган тўлов-контракт қийматини 2023 йил 15 октябрига қадар тўлиқ тўлаган абитуриентлар учун 10 фоиз миқдорида чегирма берилмоқда.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍1
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va tizim tashkilotlari raqamli transformatsiya holatini reyting baholashda yuqori o‘rinlarni egalladi

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holatini reyting baholashga doir 2023-yil I yarim yillik natijalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 77,51 ball hamda vazirlik huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi 72,31 ball egallab, yuqori natijalarni qayd etdi.

Ma’lumot uchun: Mazkur baholash jarayonlariga mamlakatimizdagi 95 ta davlat tashkilotlari qamrab olingan.

Baholash ishlari 5 ta yo‘nalishda amalga oshirilgan:

- Ochiqlik va elektron ishtirok;
- Elektron davlat xizmatlari;
- Axborot xavfsizligi;
- Faoliyatning raqamlashtirilganligi;
- Tashkiliy masalalar.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍4
11:00:00-12:00:00
RADIO 24
#OAV_biz_haqimizda
#Oʻzbekiston_24_radiokanali

Surxondaryodagi barcha maktablarda yangi o'quv yili boshlandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍4
🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi hududiy boshqarmalar rahbarlari hamda maktabgacha va maktab ta’limi tuman,shahar bo‘limlari boshliqlari bugun Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Eslatib o‘tamiz: Ayni paytda maktabda 15 turdagi kasbga o‘qitilmoqda. Ushbu to‘garaklar ochilishi evaziga maktabning 122 nafar o‘quvchilar o‘qishdan tashqari kasb-hunar egallashmoqda.   

@samarqandvxtb       

Telegram | Facebook
👍2🤩1
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Sariosiyo tumanida maktab qulab tushishiga bir bahya qolmoqda, maʼsullar nimani kutmoqda?" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Sariosiyo tumanining "Chosh" mahallasi "Por" qishlog'i hududida joylashgan 96 o'ringa ega 59-maktab filiali 2019-yilda xususiy korxona tomonidan qurilgan. Maktab binosi devorlarida yoriqlar paydo bo'lganligi sababli 2020-yilda xususiy korxona tomonidan maktab qayta ta'mirlangan.

Biroq, bino daryoga yaqin va tog'li hududda joylashganligi bois yer siljishi hamda yog'ingarchiliklar ko'pligi oqibatida unda yana yoriqlar paydo bo'lgan.

Shu sababli viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan 59-maktab filialidagi holat bo'yicha tegishli tartibda vaziyat bayon etilib, mahalliy hokimlikka 2023-yil 6-yanvar kuni xat yuborilgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#maktabimga_kitob_bilan_boraman
#siz_ham_video_ulashing
#Sherobod_tumani
#32_sonli_umumta'lim_maktabi

📝Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va viloyat Bolalar kutubxonasi bilan hamkorlikda yangi o'quv yilidan boshlab har bir o'quvchi kitob mutolaa qilishi va maktab kutubxonasidan muntazam foydalanishi maqsadida "Maktabimga kitob bilan boraman" loyihasini boshladi.

📚Kitobxonlikni targ'ib qilish orqali o'quvchilarning ma'naviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil fikrlash ko'nikmalarini oshirishga erishiladi.

Hurmatli Ota-onalar sizlar ham farzandingizni maktabiga tashrif buyuring, farzandingiz qanday kitoblar mutolaa qilishi uchun vaqtingizni ayamang!

#Surxondaryo viloyat  bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

📱Telegram🎞You tube📱Facebook📹Instagram 🌐Web site
#Касбга_ўқитиш
#Oqdaryo_tajribasi

Bugun “Samarqand viloyatining o‘quvchilarni kasbga o‘rgatish tajribasini ommalashtirish va pedagogika oliygohlari o‘quv reja va dasturlarini Prezident maktablari dasturlariga moslashtirish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📍Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, vazir Hilola Umarova hamda videoselektor orqali hokim o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Odil Abdurahmonov:

Yangi o’quv yilida e’tiboran 500 ta maktabda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi va o’quv dasturlarini joriy etmoqchimiz. Prezident maktablariga bu yilgi qabul jarayonlarida 1 ta o‘ringa 200 ta nomzodning to'g'ri kelgani ham bu tizimning naqadar samarali berayotganini ko‘rsatdi.

Yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida hokim, ota-ona va maktab o'rtasida uch tomonlama shartnoma imzolash joriy etish ko’zda tutilmoqda.

Hilola Umarova
:

Kasbga o'qitishni joriy qilishda katta-katta korxona rahbarlari bilan tizimni integratsiya qilish, hozirgi bozorda qanday mutaxassislarga talab mavjudligini o'rganish kerak.

❗️Endi malaka oshirish institutlari Respublika bo'ylab bir xil standart asosida tashkil etiladi.

🔴
Ma'lumot uchun, bugun Qoraqalpog'iston Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Toshkent shahri va hududiy Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari rahbarlari Oqdaryo tumani 32-sonli maktab tajribasini o'rganish uchun yig'ilishdi.

👉
Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1234
👍3