Surxonmuslim.uz
4.91K subscribers
8.79K photos
2.69K videos
27 files
8.22K links
© O'zbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyat vakilligi Matbuot xizmati

Web-sayt: www.surxonmuslim.uz
Download Telegram
#RASULULLOH_QAYTARGANLAR

AXLOQ-ODOB SOHASIDAGI QAYTARIQLAR

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Halokatga olib boruvchi yetti narsadan qochinglar!», dedilar. «Ular nima, ey
Rasululloh?» deyishdi. Janobi Payg‘ambarimiz: «Alloh taologa shirk keltirmoq, sehr-jodu
qilmoq, nohaq birovni o‘ldirmoq, sudxo‘rlik, yetimning haqqini yemoq, jang maydonidan
qochmoq, begunoh pokdomon mo‘mina ayollarga tuhmat qilmoq», dedilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

@surxonmuslimuz
#RASULULLOH_QAYTARGANLAR

AXLOQ-ODOB SOHASIDAGI QAYTARIQLAR

Mug‘iyra ibn Shu’baning kotibi Varrod rivoyat qiladi. «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam mish-mish tarqatmoqni, ezmalik qilmoqni, mol-dunyoni isrof etmoqni,
ochko‘zlik qilmoqni, onalarga itoatsizlik etmoqni va qizlarni tiriklayin ko‘mib tashlamoqni
(Islomdan avval arablarda shunday odat bo‘lgan) man qilganlar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

@surxonmuslimuz
#RASULULLOH_QAYTARGANLAR

AXLOQ-ODOB SOHASIDAGI QAYTARIQLAR

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Badgumon bo‘lmanglar, badgumonlik eng yolg‘on so‘zdir, tirnoq ostidan kir
qidirmanglar, bir-biringizga hasad qilmanglar, bir-biringizdan arazlamanglar va
nafratlanmanglar, aka-uka tutinib, Allohning (solih) bandalari bo‘linglar», dedilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

@surxonmuslimuz
#RASULULLOH_QAYTARGANLAR

AXLOQ-ODOB SOHASIDAGI QAYTARIQLAR

Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Yo‘l bo‘yida o‘tirishdan saqlaninglar», dedilar. Shunda sahobalar: «Buning chorasi yo‘q,
ey Rasululloh, chunki biz o‘tirib suhbatlashamiz», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Bunga ko‘nmasanglar, o‘tiringlaru faqat yo‘lning haqqini ado etinglar»,
dedilar. Sahobalar: «Ey Rasululloh, yo‘lning haqqi nima?», deyishganida Rasululloh:
«Ko‘zni nomahramlarga qaratishdan tiyish, o‘tuvchilarga aziyat bermaslik, salomga alik
olish, yaxshilikka buyurib, yomonliklardan qaytarish», dedilar».
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)

@surxonmuslimuz
#RASULULLOH_QAYTARGANLAR

AXLOQ-ODOB SOHASIDAGI QAYTARIQLAR

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatlarini birovlarni yanglishtirishdan man etdilar.
(Abu Dovud va Ahmad rivoyatlari)

@surxonmuslimuz
#RASULULLOH_QAYTARGANLAR

AXLOQ-ODOB SOHASIDAGI QAYTARIQLAR

Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilichni yalang‘ochlab yurishga odatlanishdan qaytarganlar».
(Imom Termiziy rivoyatlari)

@surxonmuslimuz
#RASULULLOH_QAYTARGANLAR

AXLOQ-ODOB SOHASIDAGI QAYTARIQLAR

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo sizlarni otalaring nomi bilan
qasam ichishdan qaytaradi».
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)

@surxonmuslimuz