Surxonmuslim.uz
4.9K subscribers
8.79K photos
2.69K videos
27 files
8.23K links
© O'zbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyat vakilligi Matbuot xizmati

Web-sayt: www.surxonmuslim.uz
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида барпо этилаётган янги боққа кўчат экди.

Президент Шавкат Мирзиёев посадил дерево в новом саду, создаваемом в рамках общенационального проекта "Яшил макон".

#Mirziyoyev #Toshkent #Yashilmakon #atrofmuhit

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент атрофида "яшил" белбоғ барпо этиш доирасидаги дарахт экиш тадбирида иштирок этди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Yashil_makon

Bugun Surxondaryo viloyati bosh imom xatibi Aliakbar Sayfidinov va ko‘plab diniy soha xodimlari bilan birgalikda “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi ko’chat ekish bosqichida faol ishtirok etdilar.

🔷 O‘MI Surxondaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.iss.one/surxonmuslimuz
Bugun Bugun Prezidentimiz Toshkent shahri atrofida "yashil" belbog‘ barpo etish loyihasi doirasida daraxt ekish ishlarini boshlab berdi. Ushbu tadbirga viloyatlar zoom platformasi orqali ulandi.

Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Yangiobod” mahallasidan tanlab olingan 103 gektarlik maydonning 5 gektarlik yer maydonida bugun 2 ming 800 tup mevali va manzarali daraxt ko’chatlari ekildi.

"Yangi O'zbekiston" massiviga tutash hududagi mazkur 103 gektarlik yer maydonida joriy mavsumda 67 ming tup mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekiladi.

Mazkur ommaviy tadbirda ekolog va o’rmonchilar, nuroniylar, tashkilot va muassasa xodimlari, ko’ngilli yoshlar ishtirok etishdi.

Ma’lumot o’rnida, 🌳Surxondaryoda “Yashil makon” umummilliy loyihasining joriy mavsumida a 6 million 3 ming tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekiladi;

I va II toifaga kiruvchi 85 ta sanoat korxonalari tomonidan 455 ming tup ko‘chat ekiladi.

Shuningdek,

47,16 gektar maydonda “Yashil belbog‘lar”;

16 ta “Hokimlik bog‘lari”;

17,8 gektar maydonda “Yashil bog‘”;

23,5 gektar maydonda “Mening bog‘im” loyihasi amalga oshiril
adi

🔷Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.iss.one/surxoneko
Bugun davlatimiz rahbari Toshkent shahri atrofida "yashil" belbog‘ barpo etish loyihasida ishtirok etib, daraxt ko‘chatlari ekdi. Mazkur loyiha yurtimizning barcha hududlarida amalga oshirilayotgan bo‘lib, tanlab olingan maydonlarda daraxt va buta ko‘chatlari ekilmoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyati Termiz tumanida 100 gektar maydonda bugun erta tongdan davlat va jamoat tashkilotlari, nuroniylar, faollar va yoshlar jam bo‘lishib, "yashil" belbog‘ yaratish maqsadida daraxt va buta ko‘chatlari ekish tadbirida ishtirok etdi.

Tanlab olingan maydonning tuproq unumdorligi va sug‘orish tizimiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, bir qismida oqma, bir qismida tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalaniladi. Bog‘ning ushbu hududda tashkil etilishida "Afg‘on" shamolining yo‘nalishi hisobga olingan bo‘lib, kelgusida mazkur daraxtlar ekotizimni yaxshilash, changlarni tutib qolish orqali aholi salomatligini asrashga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, 100 gektar maydonda tashkil etilayotgan "yashil" belbog‘ hududidiga 55 mingga yaqin daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugunning o‘zi ayni vaqtga qadar 5 gektardan ortiq maydonga 2,8 ming tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Vohamiz bo‘ylab, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekish tadbirlari davom etmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X