SURXONDARYO KADASTR
1.98K subscribers
21.5K photos
2.54K videos
22 files
12.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Geografik obyekt nomlari davlat ekspertizasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan topografik ishlarni muvofiqlashtirish hamda ko'chmas mulkka manzillar berish masalalarida ham bir qancha dolzarb ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

◼️Mazkur infografika orqali 2024-yil 1-fevral holatiga ko'ra, Respublikamiz bo'yicha yangi nom berish uchun kelib tushgan takliflar hamda ularning qonun hujjatlari talablariga ko'ra ekspertizasi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

📊 Jami kelib tushgan takliflar: 57 848 ta

#DavKadastrPalata #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🏠🏢 Uy-joyni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazmaslik ko’plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin.

🎬 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

‼️Sizda ham mana shunday holat bo’lmasligi uchun ko’chmas mulkingizni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazing.

🌟 Kadastr agentligi

#ijtimoiy_rolik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer nazorati tadbirlari muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz tuman bo'limi inspektorlari tomonidan M39 Avtomobil yo'lining muhofaza zonasidan tumanning "Yangi hayot" MFYda yashovchi fuqaro G'.J.U tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 0.01 gektar yer maydonini egallab olib, 18.75 kv.metrdan iborat bostirma binosi o'rnatib olganligi holati aniqlandi.

💻 Aniqlangan holat yuzasidan Termiz tuman bo'limi inspektorlar tomonidan fuqaro G'.J.U ning noqonuniy qurilmasiga nisbatan MJTKodeksning 60-modda, 2-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berildi.

🕰 Shundan so'ng, tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy o'rnatilgan bostirma binosini fuqaro G'.J.U tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi va ushbu yer maydoni o'z holatiga qaytarilishi ta'minlandi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев Хоразм вилоятига келгач, дастлаб Қорақалпоғистоннинг Амударё туманига бориб, Амударёдаги янги кўприкнинг очилиш маросимида иштирок этди.

Президент Шавкат Мирзиёев по прибытии в Хорезмскую область посетил Амударьинский район Каракалпакстана, где принял участие в церемонии открытия нового моста через Амударью.

#Mirziyoyev #safar #Xorazm #kuprik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1-mart O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavallud topgan kun

📚Atoqli, hassos o‘zbek shoirasi Zulfiya 1915 yilning 1 martida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Shoira umr bo‘yi jurnalistika hamda nashriyot sohasida ishladi. U 1935-1938 yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948 yillardaBolalar” nashriyoti muharriri, O‘zbekiston davlat nashriyoti bo‘lim mudiri, 1953 yilgacha “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri, 1953 yildan to 1980 yilga qadar - salkam o‘ttiz yil davomida shu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi.

📚Yirik o‘zbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o‘rtog‘i, nafis sheʼriyati bilan millionlab qalblarni maftun etgan shoira 1996 yilning 1 avgustida vafot etdi. Sheʼriyat malikasining hayot yo‘li barcha zamonlar avlodi uchun ham chinakam sadoqat va vafo timsoli bo‘lib qolaveradi.

Yaxshi sheʼr mudrab yotgan ruhiyatni uygʻotadi. Tongning nafasidek koʻngilga xush yoqadi. Koʻklam havosidek bahru dilingizni ochib yuboradi. Har yili erta bahorda ikki bogʻlam binafsha koʻtarib, oʻzbekning sevimli shoirasi Zulfiyaxonim haykali qoshiga borar ekanmiz, beixtiyor qalbga yaqin misralari jaranglaydi:

Hamon eʼtiqodim – haqiqat, haqdir,
Soʻzlayman yuzimni tutib Kaʼbaga.
Yemira olmaydi oʻtkinchi taqdir,
Osuda oʻtadi ruhim abadga.
Eʼzozlar, ardogʻlar uchun tashakkur,
Asli Siz oftobim, men ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,
Baxtim shul – Oʻzbekning Zulfiyasiman.


Koʻklam va baxt jarchisi, tong kuychisi Zulfiyaxonim sheʼrlarini oʻqiganda tongning oq alangasi, qirovli maysalar nafasi, kumush nurlar jarangi, qor tagidan bosh koʻtargan binafshaning ifori dimogʻimizga uriladi. Shoira bahorda tavallud topgani uchun tabiat manzaralari hayoti, taqdiriga uygʻunlashib ketgan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎬🎬🎬🎬🌎🌎🌎🌎


🌍 Yer hisobi va kadastr xizmatlarini yaxshilash choralari ko'rilmoqda.

▶️ Batafsil "O'zbekiston24" telekanalining "Qisqa satrda" informatsion dasturida.

#OAV_biz_haqimizda #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🫥Bugun bahorning birinchi kuni🫥

☘️Ko‘rkam ko‘klamning huzurbaxsh nafasi ko‘ngillarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. Butun borliq uyg‘onadi. Qir-adirlarda maysalar nish urib chiqa boshlaydi. Qish davomida uyquda bo‘lgan dov-daraxt shoxlarida yaproqlar kurtaklarni yorib, quyosh nurlariga talpinadi. Tabiat yashillikka burkanadi. Bog‘-rog‘lar gullarga ko‘miladi.

🌴Bahor - fasllar kelinchagi. Bunda gul-yaproqlarning muattar hidi, jonbaxsh yellarning ajib sho‘xligi, uyg‘ongan hayotning nafis nafasi qalblarni junbushga keltiradi. Daraxtlar gulga burkanadi, qushlarning orombaxsh sasi olamni tutadi.

🎋Tuproq hidini sog‘ingan bobodehqon ketmonini olib, dalasiga oshiqadi. Kim ko‘chat qadagan, kim yer chopgan, kim daraxt butagan. Boshqasi ariq qazigan. Barcha-barcha tiriklik tashvishlari bilan band.

Bahorning birinchi kuni barchangizga muborak bo‘lsin!

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi
💰Korrupsiyaga qarshi kurash

💠Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatda qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xonavayron etadi.

🌟Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Qumqo‘rg‘on tuman bo‘lim (filial) xodimlari uchun hududiy boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassislari Sh.Maksumov va O‘.Xamraevlar hamda viloyat tomonidan tashkil qilingan ishchi guruh a‘zolari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

💠Davra suhbatida har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning oilasini ham yemirishi mumkinligi taʼkidlandi hamda korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.

💠Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14-oktyabr 2022-yildagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan “Odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli Qarori yuzasidan va xodimlarning kiyinish madaniyati va tashqi ko‘rinishi hamda davlat xizmatchisiga xos bo‘lmagan kiyimda bo`lishliligi, ichki ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogohlantirishsiz kech kelmaslik, ish unumdorligini oshirish, “Kasb odobnomasi”ga va “Odob axloq” qoidalariga zid ravishda ish olib bormaslik kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM