Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasi📚📚📚
913 subscribers
26.1K photos
2.11K videos
13 files
4.47K links
Kitob mutolaasi,
Umr foydasi...!

Kanalimizga obuna bo'ling aziz kitobxonlar
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

@surxondaryobolalarkutubxonasi
Download Telegram
Ona tili – bu millatning ruhidir...

❇️❇️❇️Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.1989 yilning 21 oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi.

📚📚📚 “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020 yil 10 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ-615-son) 1-moddasi bilan 21 oktabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.


#Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

📱Telegram🎞You tube📱Facebook📱InstagramWeb site
#Til har bir millatning koʻzgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir.

Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson oʻz onasini koʻrmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas.
Bu fikrimizning isboti sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan soʻzlagan nutqini keltirishimiz mumkin: “Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin” darhaqiqat 1989-yil 21-oktabr… Aynan shu kunda oʻzbek tilining haqiqiy jozibasini anglashni boshlashga imkoniyat berildi. Oʻzbek millati uchun dunyoga tuynuk ochildi.

#Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

📱Telegram🎞You tube📱Facebook📱InstagramWeb site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
# 46_ maktab
#Qadring_baland_boʻlsin_ona_tilim
#Ona_tilim_jonu_dilim


Sherobod tumanidagi 46-sonli umumta'lim maktabining o'quvchilari ishtirokida 21- oktabr Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tayyorlangan videoroligi.

#Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

📱Telegram🎞You tube📱Facebook📱InstagramWeb site
#SVBK
#zakovat

  Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani
28-umumiy o'rta  ta'lim maktabida
9-sinflar o'rtasida  Zakovat boʻlib o'tdi.

Jarayondan  Foto lavhalar.

#Surxondaryo viloyat  bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

📱Telegram🎞You tube📱Facebook📱InstagramWeb site