Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.46K subscribers
11.3K photos
1.27K videos
59 files
9.82K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#2025_yil_1_yanvardan

⚡️Qonunchilikka ko'ra:

▪️kam ta'minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam olayotgan oilalarning rasmiy band bo'lmagan a'zolari ishga joylashganda, o'zini o'zi band qilganda yoki tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yganda ushbu nafaqa va moddiy yordamni ularning muddati tugagunga qadar, biroq 6 oydan ko'p bo'lmagan muddatga to'lash davom ettiriladi;

▪️mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo'lmagan oylik ish haqi to'langan holda ishga joylashgan Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan oila a'zosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada to'lanadi;

▪️ kambag'al oilalarga ko'mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida mehnatga layoqatli oila a'zolarining bandligini ta'minlash, o'z tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila a'zolari, shu jumladan, farzandlarining bilim olishi, kasb-hunar va xorijiy tillarni o'rganishi hamda sog'lig'ini nazoratga olishi, uy-joyini ozoda tutishi kabi shartlar inobatga olingan holda ko'rsatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2025_yil_1_yanvardan

🖥 Qonunchilikka ko'ra:

▪️iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog' va tokzorlarni yaroqsiz deb topish, ular o'rnida intensiv bog' va tokzor barpo etish yoki haydaladigan yerlar toifasiga o'tkazish to'g'risida xulosani qabul qiluvchi tuman (shahar) komissiyasi tomonidan iqtisodiy jihatdan samarasiz va kam hosilli bog' va tokzorlar deb xulosa berilgan sanadan boshlab 12 oy davomida yangi bog' yoki tokzorlar barpo etilmagan taqdirda ushbu bog' va tokzorlar joylashgan maydonlar uchun yer solig'i 3 baravarga oshiriladi;

▪️tashabbuskorlar yangi bog'larni barpo etishda o'z ehtiyojlari uchun xorijiy davlatlardan belgilangan ro'yxatdagi payvandtagli mevali ko'chatlar va payvandtaglar, payvandustlari, onalik materiallari va texnikalarni import qilishda qo'shilgan qiymat solig'i va bojxona bojlaridan ozod etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2025_yil_1_yanvardan

⚡️ “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o'qitish markazlari negizida kasbiy ko'nikmalar markazlari tashkil etilib, ish beruvchilar talabiga moslashuvchan o'qitish muddati va vaqtini nazarda tutuvchi tezkor kurslar tashkil qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2025_yil_1_yanvardan

✔️Qonunchilikka ko'ra, “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish doirasida kambag'al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM