Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.46K subscribers
11.3K photos
1.27K videos
59 files
9.85K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
📍 Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi binosida viloyat yuridik texnikum o‘quvchilari ishtirokida akademik Xadicha Sulaymonovna Sulaymonova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi.

➡️ Tadbirda boshqarma boshlig'i S.Abdurasulov, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining viloyat bo'limi mudiri M.Qo'ng'irotov, viloyat sudi sudyasi I.Abrayev, mehnat faxriylari R.G'iyosov, Z.Raxmatullayeva, Q.Choriyev, S.Safarov va M.Qurbonovalar va yuridik texnikum o'quvchilari ishtirok etdilar.

➡️ Tadbirda so'zga chiqqanlar texnikum o'quvchilariga akademik X.Sulaymonovaning hayot yo'li, mehnat faoliyati, erishgan yutuqlari, sud ekspertiza sohasi, jinoyat ishlarini ochishda ekspertizaning tutgan o‘rni hamda aloqador qonun hujjatlari bo‘yicha tushuntirishlar berishdi.

➡️ Ma'lumot uchun, akademik X.Sulaymonova mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston SSR adliya vaziri, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi deputati va Oʻzbekiston SSR Oliy sudi raisi kabi mas'uliyatli vazifalarda faoliyat olib borgan.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Олий таълимга қабул – кимлар қандай имтиёзга эга?

Қонунчилик таҳлил қилинганида ОТМга кириш учун 20 дан ортиқ тоифадаги абитуриентлар учун турли кўринишдаги имтиёзлар мавжудлиги аниқланди. Уларнинг орасида қўшиқчидан ҳарбийгача тоифалар мавжуд.

Батафсил 👉 Ўқиш.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Хотин-қизларга ўқишга кириш учун бериладиган тавсиянома неча йил амал қилади?
Anonymous Quiz
19%
А) 5 йил
38%
Б) 3 йил
29%
С) 1 йил
13%
Д) 2 йил
#Конституцияни_ўрганамиз

Конституциямизнинг 17-моддасида “Ўзбекистон Республикаси халқаро муносабатларнинг тўла ҳуқуқли субъектидир. Ўзбекистоннинг ташқи сиёсати давлатларнинг суверен тенглиги, куч ишлатмаслик ёки куч билан таҳдид қилмаслик, чегараларнинг бузилмаслиги, давлатларнинг ҳудудий яхлитлиги, низоларни тинч йўл билан ҳал этиш, бошқа давлатларнинг ички ишларига аралашмаслик принципларига ҳамда халқаро ҳуқуқнинг умумэътироф этилган бошқа принцип ва нормаларига асосланади”, деб белгиланган.

Мазкур моддада Ўзбекистон бошқа давлатлар ёки халқаро ташкилотлар билан халқаро муносабатларда тенг ҳуқуқли субъект эканлиги мустаҳкамланган.

Шунингдек, ташқи сиёсатда Ўзбекистоннинг асосий принциплари белгиланган.

Давлатларнинг ҳудудий яхлитлиги давлат ва унинг суверенитетининг муҳим шарти, халқаро ҳуқуқнинг асосий принципларидан биридир. Куч билан таҳдид қилиш ёки куч ишлатиш натижасида бирор-бир давлат ҳудуди ёки унинг бир қисмини эгаллаб олиниши тан олинмайди.

Видео: https://www.youtube.com/watch?v=scSpQDCvnfQ

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mualliflik_huquqi

Hurmatli fuqarolar! Oʻzganing ijod namunasidan uning ruxsatisiz foydalanish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Qonunchilikka muvofiq mualliflik huquqlari buzilgan taqdirda yetkazilgan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha tovon to‘lanishi belgilangan.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_aksiya

Ishga qabul qilishda ish beruvchi ishga kirayotgan shaxsni ishning mazmuni, mehnat sharoitlari, ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomasi, boshqa ichki hujjatlar bilan oldindan tanishtirishi shart.

Ishga qabul qilish bo'yicha tanlov o'tkazilganda, ishga kirayotgan shaxsga tanlov o'tkaziladigan sana haqida kamida bir hafta oldin xabar berilishi kerak.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hammualliflikda yaratilgan ijod namunasida mualliflik huquqi qanday taqsimlanadi?

☑️ Javob: Ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi, mazkur asar bo‘linmas bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qat’i nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli bo‘ladi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq

🌐Ma’lumki, ko‘pgina ijtimoiy tarmoqlarda muallif tomonidan yaratilgan ijod namunalari (videorolik, videosyujet, videoblog va h.k) uning ruxsatisiz boshqa kanallarda tarqatiladi yoki muallifi ko‘rsatilmaydi.

🎬Biroq Youtube platformasi to‘laligacha mualliflik huquqlariga rioya qiladi, hattoki muallif tomonidan video yuzasidan e’tiroz bildirilsa, muallif huquqi buzilgaligi uchun videoning platformada aylanishiga ta’qiq qo‘yiladi.

📽Eng birinchi Youtube videosi 2005-yil 23-aprelda, 16 yil oldin yuklangan. Youtube asoschisi Javed Karim "Men hayvonot bog‘ida" deb nomlangan 18 soniyalik videoni platformadagi kanaliga joylashtiradi. O‘shandan beri u 200 milliondan ortiq marta ko‘rildi. Hozirgacha bu Karimning kanalidagi yagona video hisoblanadi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qanday holatlar mualliflik va turdosh huquqlar buzilishiga olib keladi?

📘“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 62-moddasiga binoan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzilishga quyidagilar kiradi:

❇️ mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish;

❇️ ijrochining ismi-sharifiga bo‘lgan va ijroni har qanday tarzda buzib ko‘rsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz qilish;

❇️ huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar ob’ektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish;

❇️ Qonunda nazarda tutilgan hollarda haq to‘lash to‘g‘risidagi talablarni buzish;

❇️ huquq egalarining mulkiy huquqlarini boshqacha tarzda buzish mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzishdir.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi:

O‘zbekiston Respublikasi "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida"gi Qonunning 8-moddasiga ko‘ra

🔸 rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, to‘xtamlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;

🔸rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar);

🔸 xalq ijodiyoti asarlari;

🔸 oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir va joriy voqealar haqidagi xabarlar;

🔸 insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati ishtirokisiz, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

O'zbekiston Respublikasining "Mualliflik va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonuni 18-moddasiga ko'ra, asar muallifiga quyidagi shaxsiy nomulkiy huquqlar tegishlidir:

• asar muallifi deb eʼtirof etilish huquqi (mualliflik huquqi);

• asardan muallifning haqiqiy ismi-sharifi, taxallusini koʼrsatgan holda yoxud ismi-sharifini koʼrsatmasdan, yaʼni imzosiz foydalanish yoki foydalanishga ruxsat berish huquqi (mualliflik ismi-sharifiga boʼlgan huquq);

• asarni har qanday shaklda oshkor qilish yoki oshkor qilishga ruxsat berish huquqi (oshkor qilishga boʼlgan huquq), shu jumladan chaqirib olish huquqi;

• asarni, shu jumladan uning nomini muallifning shaʼni va qadr-qimmatiga zarar yetkazishi mumkin boʼlgan har qanday tarzda buzib koʼrsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz etilishidan himoya qilish huquqi (muallif obroʼsini himoya qilish huquqi)ga ega.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish javobgarlikka sabab bo‘ladimi?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, O‘zbekiston fuqaroligiga ega bolani ota, ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish: Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 50 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘mdan 16 mln 500 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi...

BATAFSIL 👉 O'QISH

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yo'l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqiy masalalar” mavzusida audiopodkast tashkil etiladi

🎙Suhbat spikerlari: O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi mutaxassislari

Ovozli chat bugun – 23 iyun kuni soat 16:30 da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥 Savollaringizni @huquqiy_gap telegram kanalida izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🗓 Qonunchilikka ko'ra, 2025 yil 1 yanvargacha turizm sohasida faoliyat ko'rsatadigan subyektlarning soliq solinadigan bazasi O'zbekiston turizm brendi va “Uzbekistan.travel” sayti reklamasi bo'lgan bosma mahsulotlarni (xarita, risola, buklet, flaer va boshqalar), suvenir va qadoqlash mahsulotlarini (sumka, paket, maktab daftarlari, yorliq, g'iloflar, kiyim-kechak va oshxona anjomlaridagi yozuvlar) tayyorlash va chop etishga yo'naltiriladigan xarajatlar summasiga kamaytirilishi belgilangan.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_aksiya

📝 Ishga qabul qilish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

▫️pasport yoki ID, 16 yoshgacha bo‘lganlar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;

▫️oxirgi ish joyi bo‘yicha tasdiqlangan qog‘ozdagi mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma, birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno;

▫️harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma (shunga majburlar uchun);

▫️o‘qishni bitirganlikka oid diplom, guvohnoma (sertifikat) yoxud boshqa hujjat;

▫️soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;

▫️jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lganda);

▫️pensiya daftarchasi, birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM