Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.46K subscribers
11.3K photos
1.27K videos
59 files
9.85K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#OCHIQ_ESHIKLAR_KUNI

⚖️ 🏢 Termiz shahar adliya bo‘limi binosida yaxlit adliya uyi negizida birlashgan davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamda FHDY bo‘limi ish faoliyati bo‘yicha talaba yoshlarga tushuntirishlar berish, yaqindan tanishtirish maqsadida Termiz davlat universiteti talabalari ishtirokida “ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

📍 Bevosita jonli jarayonlarni kuzatish asnosida talabalar xizmat ko‘rsatishda aholiga yaratilgan qulaylik hamda raqamlashgan ish uslubining afzalliklariga guvoh bo‘lishdi.

📍 Ushbu ochiq eshiklar kuni davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiya va bevosita yuridik xizmat ko‘rsatish jarayonlarida eng ko‘p murojaat qilinadigan Mehnat kodeksi hamda kodeks normalarini amalda qo‘llashda ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar bo‘yicha ham tushuntirishlar berib o‘tildi.

Kanalga ulanish 👉 
https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashuvi_bilan

⚡️ Qiziriq tumanida yashovchi fuqaro Z.Jumayeva buzilgan savdo do‘koni uchun tuman hokimligi tomonidan kompensatsiya pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib, murojaat yo'lladi.

⚖️ Mazkur murojaat tuman adliya bo‘limi tomonidan o'rganib chiqilib, o'rganish natijalariga ko'ra fuqarolik ishlari bo'yicha Qumqo'rg'on tumanlararo sudiga kiritilgan da'vo arizaga asosan 78 million so'mga yaqin o‘z vaqtida to‘lab berilmagan kompensatsiya pullari undirilishi sud tartibida belgilandi.

BATAFSIL
👉

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍 Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi binosida viloyat yuridik texnikum o‘quvchilari ishtirokida akademik Xadicha Sulaymonovna Sulaymonova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi.

➡️ Tadbirda boshqarma boshlig'i S.Abdurasulov, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining viloyat bo'limi mudiri M.Qo'ng'irotov, viloyat sudi sudyasi I.Abrayev, mehnat faxriylari R.G'iyosov, Z.Raxmatullayeva, Q.Choriyev, S.Safarov va M.Qurbonovalar va yuridik texnikum o'quvchilari ishtirok etdilar.

➡️ Tadbirda so'zga chiqqanlar texnikum o'quvchilariga akademik X.Sulaymonovaning hayot yo'li, mehnat faoliyati, erishgan yutuqlari, sud ekspertiza sohasi, jinoyat ishlarini ochishda ekspertizaning tutgan o‘rni hamda aloqador qonun hujjatlari bo‘yicha tushuntirishlar berishdi.

➡️ Ma'lumot uchun, akademik X.Sulaymonova mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston SSR adliya vaziri, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi deputati va Oʻzbekiston SSR Oliy sudi raisi kabi mas'uliyatli vazifalarda faoliyat olib borgan.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Олий таълимга қабул – кимлар қандай имтиёзга эга?

Қонунчилик таҳлил қилинганида ОТМга кириш учун 20 дан ортиқ тоифадаги абитуриентлар учун турли кўринишдаги имтиёзлар мавжудлиги аниқланди. Уларнинг орасида қўшиқчидан ҳарбийгача тоифалар мавжуд.

Батафсил 👉 Ўқиш.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Хотин-қизларга ўқишга кириш учун бериладиган тавсиянома неча йил амал қилади?
Anonymous Quiz
19%
А) 5 йил
38%
Б) 3 йил
29%
С) 1 йил
13%
Д) 2 йил
#Конституцияни_ўрганамиз

Конституциямизнинг 17-моддасида “Ўзбекистон Республикаси халқаро муносабатларнинг тўла ҳуқуқли субъектидир. Ўзбекистоннинг ташқи сиёсати давлатларнинг суверен тенглиги, куч ишлатмаслик ёки куч билан таҳдид қилмаслик, чегараларнинг бузилмаслиги, давлатларнинг ҳудудий яхлитлиги, низоларни тинч йўл билан ҳал этиш, бошқа давлатларнинг ички ишларига аралашмаслик принципларига ҳамда халқаро ҳуқуқнинг умумэътироф этилган бошқа принцип ва нормаларига асосланади”, деб белгиланган.

Мазкур моддада Ўзбекистон бошқа давлатлар ёки халқаро ташкилотлар билан халқаро муносабатларда тенг ҳуқуқли субъект эканлиги мустаҳкамланган.

Шунингдек, ташқи сиёсатда Ўзбекистоннинг асосий принциплари белгиланган.

Давлатларнинг ҳудудий яхлитлиги давлат ва унинг суверенитетининг муҳим шарти, халқаро ҳуқуқнинг асосий принципларидан биридир. Куч билан таҳдид қилиш ёки куч ишлатиш натижасида бирор-бир давлат ҳудуди ёки унинг бир қисмини эгаллаб олиниши тан олинмайди.

Видео: https://www.youtube.com/watch?v=scSpQDCvnfQ

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mualliflik_huquqi

Hurmatli fuqarolar! Oʻzganing ijod namunasidan uning ruxsatisiz foydalanish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Qonunchilikka muvofiq mualliflik huquqlari buzilgan taqdirda yetkazilgan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha tovon to‘lanishi belgilangan.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_aksiya

Ishga qabul qilishda ish beruvchi ishga kirayotgan shaxsni ishning mazmuni, mehnat sharoitlari, ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomasi, boshqa ichki hujjatlar bilan oldindan tanishtirishi shart.

Ishga qabul qilish bo'yicha tanlov o'tkazilganda, ishga kirayotgan shaxsga tanlov o'tkaziladigan sana haqida kamida bir hafta oldin xabar berilishi kerak.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hammualliflikda yaratilgan ijod namunasida mualliflik huquqi qanday taqsimlanadi?

☑️ Javob: Ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi, mazkur asar bo‘linmas bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qat’i nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli bo‘ladi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq

🌐Ma’lumki, ko‘pgina ijtimoiy tarmoqlarda muallif tomonidan yaratilgan ijod namunalari (videorolik, videosyujet, videoblog va h.k) uning ruxsatisiz boshqa kanallarda tarqatiladi yoki muallifi ko‘rsatilmaydi.

🎬Biroq Youtube platformasi to‘laligacha mualliflik huquqlariga rioya qiladi, hattoki muallif tomonidan video yuzasidan e’tiroz bildirilsa, muallif huquqi buzilgaligi uchun videoning platformada aylanishiga ta’qiq qo‘yiladi.

📽Eng birinchi Youtube videosi 2005-yil 23-aprelda, 16 yil oldin yuklangan. Youtube asoschisi Javed Karim "Men hayvonot bog‘ida" deb nomlangan 18 soniyalik videoni platformadagi kanaliga joylashtiradi. O‘shandan beri u 200 milliondan ortiq marta ko‘rildi. Hozirgacha bu Karimning kanalidagi yagona video hisoblanadi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM