Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.73K subscribers
11.7K photos
1.37K videos
59 files
10.2K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
AYOL JAMIYAT KO‘ZGUSI

⚡️ Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi, oila va xotin qizlar boshqarmasi va boshqa tegishli idora va tashkilotlar hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-son Qonuni yuzasidan viloyatdagi mavjud 7 ta oliy ta’lim muassasalarining talaba qizlaridan shakllantirilgan jamoalar o‘rtasida “Siz yangi qonunni bilasizmi?” mavzusida viktorina o‘tkazildi.

➡️ Viktorina yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘ringa Termiz davlat pedagogika institutining “Renessans” jamoasi, 2-o‘ringa Termiz davlat universitetining “Huquqshunos” jamoasi, 3-o‘ringa Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining “Feniks” jamoasi munosib ko‘rilib, g‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Шахсга доир маълумотлар: муҳим 5 саволга 5 жавоб

Телефон рақам шахсга доир маълумотга кирадими? Facebook, Instagramдаги маълумотлар очиқ бўлса, улардан фойдаланса бўладими?

Батафсил 👉 Ўқиш.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OCHIQ ESHIKLAR KUNI

⚡️ Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida Termiz davlat pedagogika instituti talabalari ishtirokida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

➡️ Unda yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek adliya tizimi tarixi, viloyat adliya boshqarmasi sho‘balari ish faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ижтимоий_акция

Аёлга туғруққача 70 календарь кун ҳамда туғруқдан кейин 56 календарь кун ҳомиладорлик ва туғиш таътили берилиб, қонунчиликда белгиланган, лекин ўртача ойлик иш ҳақининг
75 фоизидан кам бўлмаган миқдорда нафақа тўланади.

➡️ Туғиш қийин кечган ёхуд икки ёки ундан ортиқ бола туғилган тақдирда 70 календарь кун туғиш таътили берилади.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya
#Mehnat_huquqi

⚡️ HUQUQIY SAVODXONLIK YUQORI BO‘LSA, BARCHA O‘Z HAQ-HUQUQINI ANGLAB, TALAB QILA OLSA, MAJBURIYATLARINI BAJARSA, QONUNBUZILISH HOLATLARI KAMAYADI, MAS’ULIYAT OSHADI

➡️ Surxondaryo viloyat elektromagnit moslashuv xizmati binosida viloyat Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Q.Ulug‘ov ishtirokida Mehnat kodeksi, saylov qonunchiligi, yangi tahrirdagi Konstitutsiya, Korrupsiyaga qarshi kurashga oid qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

➡️ Termiz shahrida joylashgan qo‘g‘irchoq teatri xodimlari uchun boshqarmaning intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchisi B.Mustafaqulov ishtirokida “Mualliflik va turdosh huquqi obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi” mavzusida seminar tashkil etildi. Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi, Konstitutsiya bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi.

➡️ Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning “Guliston” mahallasida joylashgan 46-sonli umumta’lim maktabida, tuman obodonlashtirish boshqarmasida, Termiz tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning “Navro‘z” mahallasida, Sherobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman madaniyat va turizm bo‘limida Mehnat kodeksi, yangi tahrirdagi Konstitutsiya, davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid qonunchilikda belgilangan tartiblar hamda boshqa qonunchilkidagi sohaga aloqdor qonun hujjatlar mohiyati bo‘yicha seminarlar tashkil etilib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tadbirkor_himoyasida

⚖️ ADLIYA ARALASHUVI BILAN “BEKZOD ME’MOR” MCHJ HAMDA “SHAXZOD ME’MORI” MCHJ FOYDASIGA 800 MILLION SO‘MGA YAQIN TO‘LAB BERILMAGAN SHARTNOMA PULLARI UNDIRILADIGAN BO‘LDI


🧾📍 Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanda faoliyat olib borayotgan X.Suvonov rahbarligidagi “BEKZOD ME’MOR” MChJning tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan 2021-yil 3-sentyabr kuni tuzilgan 45-sonli shartnomaga asosan 14-sonli DMTTni joriy ta’mirlab bergan bo‘lsa-da, jami 194 194 500 so‘m miqdordagi hamda Sh.Musulmonov rahbarligidagi “SHAXZOD ME’MORI” MChJning ham tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan 2021-yil 6-sentyabr kuni tuzilgan 15-sonli shartnomaga asosan 15-sonli DMTTni joriy ta’mirlab bergan bo‘lsa-da, jami 349 629 100 so‘m miqdordagi va 2023-yil 26-yanvar kuni tuzilgan 1-sonli shartnomaga asosan tumandagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosining isitish tizimini joriy ta’mirlab bergan bo‘lsa-da, jami 252 676 903 so‘m miqdordagi bajarilgan ishlarining qiymati tuman MMTB tomonidan joriy yilning hozirgi kuniga qadar to‘lab berilmayotganligi sababli, bu bordagi masalalarga ijboiy yechim topishda amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan yozma murojaatlari o‘rganib chiqildi va mazkur MChJlar manfaatlarini ko‘zlab, Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudiga yetkazilgan zararlarni undirish to‘g‘risida da’vo arizalari kiritilgan edi.

Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining tegishli hal qiluv qarorlariga ko‘ra, Boysun tuman adliya bo‘limining da’vogar tumanidagi “BEKZOD ME’MOR” MChJ hamda “SHAXZOD ME’MORI” MChJ manfaatlarida kiritilgan da’vo arizalari to‘liq qanoatlantirilib, javobgar Boysun tuman MMTB hisobidan da’vogarlar – ushbu MChJlar foydasiga jami 796 500 503 so‘m miqdoridagi zararlarni undirish sud tartibida belgilandi.

Kanalga ulanish 👉 
https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM