Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.4K photos
1.63K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
Audio
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Kosmik faoliyat to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-1017-son, 13.01.2025 y.) qabul qilindi


⚡️Qonun kosmik faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

✔️Kosmik faoliyatni amalga oshirishning asosiy maqsadlaridan biri O'zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini mustahkamlashga ko'maklashish hisoblanadi.

🏢 Vazirlar Mahkamasi kosmik faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi.

🌐 Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi kosmik faoliyat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

📚Mudofaa vazirligi mamlakat mudofaasi va xavfsizligi manfaatlarini ko'zlagan holda, kosmik faoliyat imkoniyatlaridan foydalanadi, shuningdek harbiy kosmik texnologiyalarni yaratish bo'yicha ishlarni tashkil etadi.

📁 Quyidagilar kosmik tizimlarning turlari jumlasiga kiradi:

▪️Yerni masofadan zondlash;
▪️kosmik monitoring;
▪️davlat kosmik monitoringi;
▪️kosmik aloqa tizimi;
▪️yuqori aniqlikdagi sun'iy yo'ldosh navigasiya tizimi;
▪️kosmik tizimlarning ilmiy, iqtisodiy, ekologiyaga, axborotga va tijoratga oid maqsadlarda, shuningdek O'zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq yaratilgan boshqa turlari.

📌 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Audio
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-6-son, 13.01.2025 y.) qabul qilindi


🔰Qarorga ko'ra, O'zbekiston va Mo'g'uliston Hukumatlari o'rtasida xalqaro avtomobil qatnovi to'g'risidagi hamda havo qatnovi to'g'risidagi Bitimlar tasdiqlandi.

🗓 Bitimlar 2024-yil 24-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan.

🏢 Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.

📜 Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda ularning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi belgilandi


Manba: 914-son, 30.12.2024-yil.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

🔖 Qonunchilikka ko'ra, yo'lovchi tashish poezdida (shaharlararolardan tashqari) yo'lovchiga sotib olingan chiptaga binoan joy taqdim qilinmaganda, yo'lovchi talabiga binoan jo'nash stansiyasi tomonidan dalolatnoma tuziladi va bu dalolatnoma asosida unga zudlik bilan chipta uchun pullar to'liq qaytariladi.

📋 Shuningdek, yo'lovchiga o'sha yo'lovchi tashish poezdining o'zida quyi toifa vagonida joy taqdim qilinganda, poezdda yurish uchun olingan summa va o'sha vagonda taqdim etilgan joyning haqiqiy qiymati orasidagi farq qaytariladi.

🖥 Chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan chiptalar bo'yicha to'lov qaytarish, ular qaysi stansiyada rasmiylashtirilganligidan qat'i nazar, har qanday stansiyada amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Davlat xizmatlari markazi binolarida toʻlovlarni qabul qilish bank kassalari, toʻlovlarni qabul qilishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari va pochta kassalari tomonidan hamda toʻlov kiosklari orqali amalga oshirilmoqda.

❗️Maʼlumot oʻrnida, davlat xizmatlari markazi xodimlari toʻlovlarni qabul qilish vakolatiga ega emas.

Oʻz navbatida, toʻlovlarni tez va oson amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib oʻtirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yoʻq.

📎Buning uchun ommabop toʻlov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, toʻlovni osongina amalga oshiring.

🖥 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” toʻlov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Amal_qiling

📣 O'zbekiston qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikasiya tarmoqlaridan, internetdan, matnni ko'paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida da'vat qilish:

▪️ BHMning 60 baravaridan 80 baravarigacha miqdorda
(22 mln 500 ming so'mdan 30 mln so'mgacha) jarima solishga sabab bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Mehnat_huquqlari

🗓 Qonunchilikka ko'ra, 12 yoshga to'lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolaning ota-onasidan biriga yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxsga har yili davomiyligi kamida to'rt kalendar kun bo'lgan haq to'lanadigan qo'shimcha ta'til beriladi.

📋 Bunda mazkur ta'til yillik mehnat ta'tiliga qo'shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu ta'tildan alohida (to'liq yoxud qismlarga bo'lib), lekin faqat tegishli ish yili davomida foydalanilishi mumkin.

🚫 Ammo ushbu ta'tilni keyingi ish yiliga ko'chirishga yoki uni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo'l qo'yilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_mahalla

🔰Boysun tumanida "Huquqiy mahalla" loyihasi amalga oshirilmoqda

📑O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoniga muvofiq, aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.

Shunga ko'ra, Boysun tumanida ham "Huquqiy mahalla" loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatilmoqda. Uyma-uy yurish orqali huquqiy muammolarni aniqlash hamda ularni hal etilishi yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda.

⚖️Fuqarolar qonunchilik tizimidagi eng oxirgi o’zgarishlar to’g’risida xabardor qilindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ Import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro'yxati tasdiqlandi


Manba: VMQ 916-son, 30.12.2024 yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga yakka tartibda yoki jamoa bo'lib murojaat etish huquqi kafolatlanadi.

🚫 Murojaat etish huquqi ixtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim biron-bir murojaatni himoya qilishga yoxud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.

🌐 Murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Bolalar oromgohlariga yo'llanma olish axborot tizimi “FHDYOning yagona elektron arxivi” AT bilan integratsiya qilinadi


Manba: PF-1-son, 11.01.2025-yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Jamoatchilik_muhokamasi

13 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qilinadi


“Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni loyihasida davlat xizmatlari yoʻnalishida, xususan, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish yukini kamaytirishga qaratilgan oʻzgarishlar koʻzda tutilmoqda:

oʻz ahamiyatini yoʻqotgan yoki kam ahamiyatli 13 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qilish;
litsenziya va ruxsatnomalarni berishda talabgor talab va shartlarga mos kelish-kelmasligini aniqlashga qaratilgan dastlabki baholash xizmatini yoʻlga qoʻyish;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Litsenziya” axborot tizimi, Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi hamda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida axborot va maslahat xizmatlarini sunʼiy intellekt yordamida koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan binolar va inshootlarning loyihalarini kelishishni faqat elektron shaklda “Shaffof qurilish” tizimi orqali amalga oshirish;
davlat organlarining ayrim turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatish vakolatini tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazish va davlat organlarining shu sohadagi vakolatlarini bekor qilish.

Masalan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) qiyoslashdan oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish kabi davlat xizmatlari.


🗓 Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.

2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflaringizni uzbekistan2030.uz onlayn portali hamda regulation.gov.uz Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali bildirishga chaqiramiz.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Angor hamda Jarqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limida tizim xodimlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi


Suhbat davomida, xodimlarga Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida turli xil huquqbuzarliklarni oldini olish tushuntirildi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni aniqlash va chek qo‘yish hamda sohaga oid “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish” siyosati, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlani baholash” uslubiyoti, “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq qoidalari” mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tildi.

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍2
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Adliya_xabari

⚡️ Huquq ta'limi kanali — huquqshunoslik fanlari o'qituvchilari hamda huquq sohasidagi bilimlarni o'zlashtirishga qiziquvchilar uchun kerakli platforma.

Kanaldagi turli o'quv materiallaridan o'qituvchilar darslarda foydalanishi, shuningdek, o'quvchilar esa o'z bilimlarini kengaytirishi va mustahkamlashi mumkin.

📕 Kanalda quyidagilarni topish mumkin:

▪️Video darslar;
▪️Taqdimotlar;
▪️Testlar;
▪️Infografikalar.

📢 Bundan tashqari kanaldan foydalanish orqali huquq ta'limiga oid eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquq_talimi