Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.47K subscribers
11.3K photos
1.26K videos
59 files
9.8K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot
Ўзбекистон фуқаросининг чет давлатларнинг ҳарбий хизматига, хавфсизлик, полиция, ҳарбий адлия органларига хизматга кирганлиги учун қандай жазо белгиланган?
Anonymous Quiz
13%
А) Базавий ҳисоблаш миқдорининг 300 бараваригача миқдорда жарима
43%
Б) 5 йилгача озодликдан маҳрум қилиш
5%
С) 3 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари
39%
Д) А ва С жавоблар тўғри
#Huquqiy_bilimlar_kuni

Xodimlarga yangi Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi

Termiz shahrida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasining Termiz shahri va Termiz tumani Qo‘riqlash bo‘limlari ofitser, safdor xodimlar hamda ishchi xizmatchilari ishtirokida, joriy yilning 15-iyun kuni qabul qilingan “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Qo‘riqlash boshqarmasi rahbariyati, viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, senator O.Soatov, Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha faxriylar Kengashi raisi U.Saidov hamda viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Q.Ulug‘ovlar tomonidan mazkur Qonunning mazmun-mohiyati, maqsadi va ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Kanalga ulanish
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Huquqiy_bilimlar_kuni

Termiz muhandislik-texnologiya instituti karyera markazida viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Q.Ulug‘ov hamda institut xodimlari, talabalar va matbuot vakillari ishtirokida korrupsiya, odam savdosi, majburiy mehnatga qarshi kurashga va soha faoliyatiga oid yangi qabul qilingan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.

Targ‘ibot tadbiri davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy sohalarga oid savollarga javoblar oldilar.

Mazkur tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlar o'rtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf qilish, ularda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy illat ekanligiga oid dunyoqarashni shakkllantishdan iborat.

Kanalga ulanish
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayni paytda yurtimizda muhim siyosiy jarayon kechmoqda. Ya’ni Bosh qomusimiz Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilyapti. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ham “Birinchi yo‘nalish – inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlari masalasi, ekanligi alohida ta’kidlandi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari Q.Ulug‘ov va B.Shametov ishtirokida mazkur mavzuga oid jarayonlar va takliflar mazmun-mohiyati xususida chiqish qilindi.

Siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmang!

Kanalga ulanish
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Shu ma’noda bugun Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Muzrabot tumaning eng olis chekka hududi “Chegarachi” mahallasida tuman hokimi, tuman adliya bo‘limi, notariuslar va boshqa tegishli tashkilot va idoralar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

80 dan ortiq fuqarolar ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolardan huquqiy sohaga oid va boshqa masalalar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar tinglanib, joyida hal etildi. Xususan fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari, notarial xizmatlar ham ko‘rsatilib, o‘rganib chiqish zarurati bo‘lgan murojaatlar ish yurituvga olinib, ijroga qaratildi.

https://t.iss.one/surxondaryoadliya