Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.4K photos
1.63K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Dekabr_oyining_eng_yaxshi_xodimi

OYNING ENG YAXSHI XODIMI

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining "Oyning eng yaxshi xodimi"ni aniqlash bo‘yicha komissiya qarori hamda Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Termiz tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish bo‘limi boshlig‘i Chariyev Akmal Abdinazarovich 2024-yil dekabr oyida “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Viloyat adliya boshqarmasi jamoasi A.Chariyevni bunday e'tirof bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍9👏4
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Diqqat_loyiha

❗️“Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”ga mo'ljallangan Davlat dasturining asosiy yangiliklari:


✔️ Loyiha Jahon bankining umume'tirof etilgan quyidagi tavsiyalari asosida tizimlashtirildi:

1️⃣ mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash;
2️⃣ aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish;
3️⃣ resurslarni tejash va ekologik barqarorlikni ta'minlash;
4️⃣ o'simlik va hayvonot dunyosini asrash;
5️⃣ “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy qilish, iqtisodiyotni dekarbonizatsiya qilish.

🔖Quyidagilar:

🔹loyihada aks ettirilgan asosiy vazifa va choralarda yil nomidan kelib chiqib atrof-muhitni muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalariga asosiy e'tibor qaratilmoqda;

🔹vazirlik va idoralarning ekologiya sohasidagi birinchi navbatdagi vazifalari alohida ilovada belgilanmoqda (loyihaning 16-ilovasi);

🔹 ekologiya bo'yicha xalqaro shartnoma va tashkilotlar kesimida chora-tadbirlar alohida ilovada nazarda tutilmoqda (loyihaning 17-ilovasi);

🔹 “Yashil turizm” dasturi tasdiqlanmoqda (loyihaning 18-ilovasi);

🔹 Dastur ijrosini sifatli va o'z vaqtida tashkil etish maqsadida har bir bandi bo'yicha choraklar kesimidagi maqsadli ko'rsatkichlar va ularga mas'ul ijrochilar belgilanmoqda (amalda yil yakuni bo'yicha);

🔹 islohotlar samaradorligini baholashning mutlaqo yangi tartibi kiritilib, elektron portal orqali har bir islohotni aholi hayotida sezilganligi bo'yicha munosabat bildirish imkoniyati yaratilmoqda (🟢yashil (a'lo), 🟡sariq (qoniqarli) va 🔴qizil (qoniqarsiz) (mazkur masalalar Hukumat yig'ilishlarida doimiy muhokama qilib boriladi).

⚠️ Ushbu havola orqali loyiha muhokamasida faol ishtirok eting:
https://www.uzbekistan2030.uz/uzc/muhokama
https://regulation.adliya.uz/project/4427/7289?contentLang=oz

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Tegishli ruxsatnoma olmasdan tusi o'zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, foydalanish, qancha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi?
Anonymous Quiz
30%
BHMning 5 baravari
34%
BHMning 10 baravari
15%
BHMning 15 baravari
21%
BHMning 25 baravari
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Diqqat_loyiha

❗️Farmon loyihasining Atrof-muhitni asrash yo'nalishida:


🔰 32 ta shaharda aholi punktlarida piyoda va velosipedda sayr qiladigan “Soyali sayr ko'chalari” tarmog'i yaratiladi (100 milliard so'm);

🏢 64 ta mahallada tajriba tariqasida yomg'ir va oqova suvlardan samarali foydalanish, mahallalardagi daraxtlarni zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar orqali sug'orish tizimini joriy etiladi (130 milliard so'm);

🌐 aholi piyoda yurishi va dam olishi uchun sohil bo'ylarida zarur infratuzilmani yaratishga qaratilgan 80 ta loyihalar amalga oshiriladi;

📚 “Bir million yashil oila” harakati yo'lga quyilib, yurish va yugurish, “yashil” transportda harakatlanish, oziq-ovqat isrofgarchiligining oldini olish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish targ'ib qilinadi;

📋 “Yashil tadbirkor” platformasi
ishga tushiriladi va ushbu tadbirkorlarga “Shaffof qurilish” tizimida afzallik berish, xalqaro bozorga chiqish uchun qo'llab-quvvatlash kabi choralar ko'riladi;

✳️ 2025-yildan boshlab har ikki yilda bir marta “Markaziy Osiyo Eko Ekspo” xalqaro ko'rgazmasi tashkil etiladi;

🗓 2025-yil 1-sentabrdan boshlab ëvvoyi holda o'suvchi o'simliklarni yig'ish va tayyorlash uchun tasdiqlangan kvotalar va ruxsatnomalar elektron auksion orqali beriladi;

📢 “Yevro – 4” standartidan past bo'lgan motor yoqilg'isini sotish cheklanadi hamda issiqlik va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalarida mazutdan foydalanish cheklanadi.

⚠️ Ushbu havola orqali loyiha muhokamasida faol ishtirok eting:
https://www.uzbekistan2030.uz/uzc/muhokama
https://regulation.adliya.uz/project/4427/7289?contentLang=oz

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Diqqat_loyiha

❗️Farmon loyihasining “Yashil” iqtisodiyot yo'nalishida:


umumiy quvvati 3,5 GVt bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini foydalanishga topshirish orqali ularning jami elektr energiyasi iste'molidagi ulushi 26 foizga yetkaziladi;

✳️ chiqindilar utilizasiyasi, shamol va quyosh manbalaridan ishlab chiqilgan elektr energiyasi uchun “yashil tarif”lar joriy etiladi;

📜 yirik korxonalarda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillari asosida korporativ dasturlar ishlab chiqilib, 6 tasida ESG hisoboti yo'lga qo'yiladi (“Navoiyuran”, “O'zbekneftgaz”, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”, “Uzairports”, “Uzairways”);

🏢 Yevropa Ittifoqining ishtirokida Buxoro, Namangan, Nukus, Urganch va G'uzorda kam uglerodli rivojlanish rejalari ishlab chiqilib, 10 ta ijtimoiy obyektlarning energiya samaradorligi oshiriladi;

🔍 irrigasiya va meliorasiya tizimlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali 390 ming gektar qishloq xo'jaligi yer maydonlarining suv ta'minoti yaxshilanadi;

🌐 1,8 ming km ichimlik va oqova suv tarmoqlari, 77 ta ichimlik va oqova suv inshootlarini qurish va ta'mirlash ta'minlanadi;

📢 paxta va g'alla maydonlarini qisqartirishdan bo'shagan kamida 100 ming gektar yer maydonlari dehqon xo'jaliklarini tashkil etish uchun 200 ming nafar aholiga ijaraga beriladi;

⚠️ Ushbu havola orqali loyiha muhokamasida faol ishtirok eting:

⚠️ Ushbu havola orqali loyiha muhokamasida faol ishtirok eting:
https://www.uzbekistan2030.uz/uzc/muhokama
https://regulation.adliya.uz/project/4427/7289?contentLang=oz

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Davlat sirlari to'g'risida”gi Qonun qabul qilindi


Manba: O'RQ-1016-son, 27.12.2024 yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro'yxati tasdiqlandi


“O'zbekiston Respublikasi hududida chiqindilar, ayrim turdagi xavfli mahsulot va kimyoviy moddalar muomalasi bilan bog'liq nazoratni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (916-son, 30.12.2024 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi:

▪️O'zbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar va chiqindilar ro'yxati;

▪️O'zbekistonga olib kirilishi taqiqlangan o'simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa turg'un organik ifloslantiruvchi moddalar ro'yxati;

▪️Import-eksport qilinishi davlat tomonidan tartibga solinadigan va majburiy ekologik sertifikatlashtirish lozim bo'lgan xavfli mahsulotlar hamda chiqindilar ro'yxati.

📜 O'zbekiston hududiga belgilangan chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun olib kiruvchilar quyidagilarga ega bo'lishi shart:

🔹chiqindilarni mustaqil ravishda to'liq utilizatsiya qiladigan, qayta ishlaydigan yoki ulardan takroriy foydalanadigan import qiluvchilar – chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash yoki takroriy foydalanish jarayonlarining atrof-muhitga ta'sir ko'rsatishi to'g'risidagi bayonot loyihasi bo'yicha davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasiga;

🔹chiqindilarni mustaqil ravishda to'liq utilizatsiya qilishi, qayta ishlash yoki ulardan takroriy foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmagan import qiluvchilar – mazkur chiqindilarni topshirish yoki realizatsiya qilish yuzasidan chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomaga.

📌 Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

🚫Qonunchilikka ko‘ra, ommaviy tadbir tashkilotchisi, ommaviy tadbirga reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali fuqarolarni jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#huquqiy_mahalla

🔰Qumqo'rg'on tuman G'alaba mahallasida "Huquqiy mahalla" loyihasi amalga oshirilmoqda

📑O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoniga muvofiq, aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan. Shunga ko'ra, Qumqo'rg'on tuman G'alaba mahallasida "Huquqiy mahalla" loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatilmoqda. Uyma-uy yurish orqali huquqiy muammolarni aniqlash hamda ularni hal etilishi yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda.

⚖️Fuqarolar qonunchilik tizimidagi eng oxirgi o’zgarishlar to’g’risida xabardor qilindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍1
#Amal_qiling

⚠️Jinoyat kodeksiga ko'ra:

🔘Pora olish, ya'ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o'z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo'lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko'zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o'zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo'lishi hisoblandi.

🔘Pora berish, ya'ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o'z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo'lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko'zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish hisoblanadi.

Basharti, shaxsga nisbatan pora so'rab tovlamachilik qilingan bo'lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda 30 sutka mobaynida o'z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko'ngildan pushaymon bo'lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo'lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

📜 Poraxo'rlik - pora olish, pora berish yoki bu jinoyatlarda vositachilik qilish hisoblanib, buning uchun javobgarlik belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtiriladi


Manba: PQ-465-son, 30.12.2024 yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔖 Ish beruvchining aybi bilan mehnatda mayib bo'lgan yoki kasb kasalligiga chalingan nogironligi bo'lgan shaxslar tibbiy ko'rsatmalarga binoan ish beruvchining (tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar) mablag'lari hisobidan reabilitasiya qilishning texnik va maxsus transport vositalari bilan ta'minlanishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

⚠️Qonunchilikka ko'ra, sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O'zbekistonda ro'yxatdan o'tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, ro'yxatdan o'tkazilgan dori vositalarining g'ayriqonuniy nusxalari, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning inson sog'lig'iga zararli ta'sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda, muomaladan chiqarilishi va dalolatnoma tuzilib, yo'q qilib tashlanishi kerak.

📦 Bunda ular boshqa dori vositalari va tibbiy buyumlardan alohida maxsus izolyasiya qilingan joyda saqlanishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi


Manba: PQ-467-son 31.12.2024 yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#muhim_eslatma!

📢 Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar diqqatiga!

Adliya vazirligi ogohlantiradi.

O‘zbekiston Respublikasining "Nodavlat notijorat tashkilotlar to'g'risida"gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori talablariga asosan nodavlat notijorat tashkilotlari har yili 1-fevralgacha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi adliya organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotlar taqdim etishlari shart.

Hisobot shakli Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

Hisobotlarni taqdim qilish Nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portali (e-ngo.uz) orqali amalga oshiriladi.

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 239-moddasiga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi mansabdor shaxslarga jarima solishga sabab bo‘ladi.

📌 Kanalga ulanish
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, 10 va undan ortiq yo'lovchidan iborat guruhlar chiptalarining umumiy qiymatidan jamoaviy chipta bo'yicha quyidagi miqdorda chegirmalar taqdim qilinadi:

🔹 yo'nalish masofasi 2000 km gacha bo'lganda (boshqa poyezdga o'tishni hisobga olib):

▪️ guruhdagilar 10 nafardan 24 nafargacha bo'lganda chiptalarning umumiy to'liq qiymatidan 10 foiz;

▪️ guruhdagilar 25 nafar va undan ortiq bo'lganda chiptalarning umumiy to'liq qiymatidan 15 foiz;

🔹 yo'nalish masofasi 2000 km dan ortiq bo'lganda (boshqa poyezdga o'tishni hisobga olib):

▪️ guruhdagilar 10 nafardan 24 nafargacha bo'lganda chiptalarning umumiy to'liq qiymatidan 20 foiz;

▪️ guruhdagilar 25 nafar va undan ortiq bo'lganda chiptalarning umumiy to'liq qiymatidan 30 foiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM