Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.4K subscribers
12.4K photos
1.53K videos
59 files
10.9K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚡️Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi adliya idoralarining so‘nggi 3 yil davomidagi faoliyati sarhisob qilindi.

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi adliya organlari va muassasalarining o'tgan 3 yil davomidagi faoliyati, jumladan, amalga oshirilgan ishlar ijrosi, tizimda erishilgan yutuqlar barobarida xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar  keng muhokama qilindi.

Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda yo‘l qo‘yilgan sustkashliklarga barham berish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Angor tumanidagi "Qo'shtegrimon" mahallasi huquqiy muammolardan holi hududga aylanmoqda

Vazir o‘rinbosari X.Meliyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Angor tumanidagi "Qo‘shtegirmon" mahallasida "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, X.Meliyev "Mahalla yettiligi" bilan uchrashib ularga ijtimoiy yordam va subsidiyalar aholining kambag‘allikdan chiqishini ta’minlashi kerakligi hamda qarorlar qabul qilinishida ochiqlik, haqqoniylik, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi lozimligini ta'kidladi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari X.Meliyev ushbu mahallada uyma-uy yurgan holda fuqarolarning muammolarini o‘rgandi hamda ularga huquqiy tushuntirishlar berdi. O‘rganish talab etiladigan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan mas'ullarga kerakli ko‘rsatmalar berdi.

Bundan tashqari, mahallada bugunning o‘zidayoq 20 dan ortiq fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilib, ularning muammolari joyida hal etildi.
#Adliya_yoshlar

Yoshlar korrupsiyaga "YO‘Q" deydi

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda Termiz davlat universitetida yoshlar ishtirokida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida insholar hamda rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Unda oliy ta’lim muassasasi talabalaridan iborat 8 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi. Qizg‘in va murosasiz davom etgan bahslarda g‘oliblar munosib taqdirlandi.

Shuningdek, tadbir davomida yoshlar o‘rtasida mafkuraviy immunitet, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik tuyg‘ularini shakllantirish, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishning oldini olishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev “Situatsion markaz” faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev
viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan “Situatsion markaz” faoliyati bilan tanishdi.

Situatsion markaz orqali Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlaridagi xizmat ko'rsatish jarayonini real vaqt rejimida kuzatish, elektron murojaatlar hamda axborot tizimlar holati bo‘yicha monitoring qilish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, Markazda aholiga tezkor va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish ahvoli nazorat qilib boriladi. Bu esa, albatta, tizim xodimlarining mehnat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ZuravonlikOqlanmaydi

Zo‘ravonlik: faqat gapiryapmiz. Natijachi?

Bugun media olamdagi dolzarb mavzulardan biri zo‘ravonlik. Ma'lumotlar, faktlar qanchalik haqiqatga yaqin? Zo‘ravonlik haqida gapirib qaysidir ma'noda uning targ‘ibotchisiga aylanib qolmayapmizmi? “Zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” doirasida soha mutaxassislari bilan “Ayollar ko‘rsin” podkastida “trend”dagi mavzu haqida suhbatlashdik.

To‘liq video 👉 https://youtu.be/BiUwBoXCp70

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM