Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.4K photos
1.63K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#huquqiy_mahalla

Aholining muammolari o'rganilmoqda

Angor tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan tumandagi “Qoʻshtegirmon” MFYda aholining huquqiy muammolarini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Xususan, bugun oʻtkazilgan soʻrovnomalar natijalariga koʻra, 40 dan ortiq huquqiy muammolar “Huquqiy mahalla” platformasi orqali kirimga olingan boʻlsa, platforma orqali 50 dan ortiq soʻrovnomalar toʻldirilishi taʼminlandi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔴Live 🔴jarayon

Ayni damda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati Angor tumanidagi "Qo'shtegirmon" mahallasida aholining huquqiy muammolarini o'rganmoqda.

Bizdan uzoqlashmang


Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👏3🔥2
#huquqiy_mahalla

Angor tumani "Qo'shtegirmon" mahallasida "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida uyma-uy yurish orqali aholi muammolarini o'rganish ishlari davom ettirilmoqda

Bizni kuzatishda davom eting

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Faol nuroniylar har oy rag'batlantiriladi


“Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-405-son, 25.11.2024) qabul qilindi

🔰Qaror bilan mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan obro'-e'tiborli uch nafar faol nuroniy beshta kambag'al oilaga biriktiriladi.

📝Oilalarni kambag'allikdan chiqarishda nuroniylarning asosiy faoliyat yo'nalishlarida quyidagilar amalga oshiriladi:

xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini bo'lib to'lash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish;

oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish shuningdek, ushbu oilalarning ta'lim muassasalarida o'qiyotgan farzandlarini o'quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan ta'minlash;

piyoda yurish madaniyatini targ'ib qilish;

keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga jalb etish.

Faol nuroniylar har oyda MHTEKMning 50 foizi miqdorida rag'batlantirib boriladi.

❗️Keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun har bir mahallaga yiliga 10 million so'm miqdorida mablag' ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MENINGKONSTITUTSIYAM

❗️Davlat o'qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o'sishi to'g'risida g'amxo'rlik qiladi


Batafsil videoda 👆👆👆

Manba: Konstitusiyaning 52-moddasi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tovarlarni bojxona muhrlari ostida tashishga ruxsat berish guvohnomasini olish bo'yicha axborot tizimi joriy etiladi


Hukumat Qarori (787-son, 26.11.2024 y.) bilan 2021 yil 2 dekabrdagi 727-son qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

🔰Qarorga ko'ra, avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi to'g'risidagi guvohnomani olish, amal qilishini tugatish, bekor qilish yoki amal qilish muddatini uzaytirish bo'yicha axborot tizimini joriy etish yo'li bilan hujjatlarni qog'oz nusxada talab qilishdan voz kechiladi.

Shuningdek, guvohnoma olish bo'yicha murojaatlarni YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali va "Lisenziya" axborot tizimi orqali ko'rib chiqish mexanizmi joriy etiladi.

📌Qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran uch oy o'tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MENINGKONSTITUTSIYAM

❗️Har kim ta'lim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta'lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari rivojlanishini ta'minlaydi. Maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o'rta ta'lim davlat nazoratidadir.


Batafsil videoda
👆👆👆

Manba: Konstitutsiyaning 50-moddasi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Huquqiy_mahalla #energetika

Angor tumani "Qo'shtegirmon" mahallasida joylashgan ijtimoiy obyektlarda energo resurslardan oqilona foydalanish bo'yicha tegishli tushuncha va ko'rsatmalar berildi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy obyektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko'zdan kechirildi.

Hozirda "Qo'shtegirmon" mahallasida "Mahalla yettiligi"ning faoliyatiga oid uslubiy qoʻllanmalardan foydalanish boʻyicha qoʻshimcha koʻrsatmalar berib borilmoqda.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👏2