Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
2.42K subscribers
11.5K photos
1.33K videos
59 files
10.1K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Adliya_yoshlar
#Zukko_kitobxon

Boysun tumani adliya bo`limi tomonidan tumandagi 14 yoshdan 30 yoshgacha yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovining tuman  bosqichi tashkil etildi.

Shuningdek, tanlovning g‘olib ishtirokchilariga adliya bo‘limining diplomlari va rag‘batlari topshirildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, ov qilish yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini tutish qoidalarini buzish, kamyob va yo'qolib borayotgan hayvon turlarini tutishning belgilangan tartibini yoki shartlarini, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi hayvonot dunyosidan foydalanish tartibini buzish:

Qizil kitobga kiritilgan hayvonot dunyosi turlarini nobud qilgan holda sodir etilgan bo'lsa:

🔹BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (136 mln so'mdan 204 mln so'mgacha) miqdorda jarima;
🔹
3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹
3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing
#Adliya_xabari

Boysun tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Nodir Mamadiyev ishtirokida Boysun tumanida Qonun ustuvorligini ta’minlash borasida qilingan ishlar to‘g‘risida brifing bo'lib o'tdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_uyma_uy

Surxondaryo viloyati bo‘ylab adliya organlari tomonidan uyma-uy huquqiy muammolar o‘rganilishi davom etmoqda

Bu galgi o‘rganish ishlari Termiz tumanida bo‘ldi. Tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumandagi "Sh.Rashidov" mahallasida uyma-uy yurish orqali fuqarolarning muammolari o‘rganildi.

Mazkur tadbir davomida aholining fuqarolik holati hujjatlari masalasi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi, o‘z-o‘zini band qilish, ish bilan ta'minlash, soliq imtiyozlaridan foydalanish, kam ta'minlangan deb topilgan oilalarga qonunchilik belgilangan imtiyozlar kabi muammolar aniqlandi.

O‘rganish davomida 20 dan ortiq murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, 10 ga yaqin ayrim masalalar ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Forwarded from Sevara Urinbayeva
#Эслатма

📣Адлия эслатади

⚠️ Қонунчиликка кўра, нодавлат нотижорат ташкилотлари (шу жумладан, диний ташкилотлар) ҳар йили 1 февралга қадар ўтган йилдаги фаолияти юзасидан адлия органига ҳисобот тақдим этади.

📝 Ҳисобот шакллари билан қуйидаги ҳаволалар орқали танишиш мумкин:

👉🏻Нодавлат нотижорат ташкилотлари учун: https://lex.uz/docs/3796969

👉🏻Диний ташкилотлар учун: https://lex.uz/docs/4089832

🖥 Ҳисоботни қулай ва сифатли топшириш учун https://www.e-ngo.uz/ портали ишга туширилган.

Ҳисобот нодавлат нотижорат ташкилотининг шахсий кабинетида тўлдирилади.

☝🏻Ҳисобот топшириш давомида адлия органи ходими ёки ҳар қандай шахс томонидан коррупцияга оид хатти-ҳаракатлар содир этилса ёки унинг аломатлари ҳақида маълумотга эга бўлсангиз, қуйидагилар орқали Адлия вазирлигига хабар беришингиз сўралади:

@antikorbot телеграм канали;
– “1008” ишонч телефони;
– (71) 207 04 39;
[email protected];
[email protected].

📌 Унутманг: ҳисобот адлия органига 1 йилда фақат бир марта электрон тизим орқали топширилади. Қоғоз шаклда ҳисобот тақдим этиш талаб қилинмайди.
#sayyor_qabul
#Adliya_uyma_uy

Adliya mas'ullarining fuqarolar bilan ochiq muloqot qilayotgani, odamlarning muammolarini o'rganish, joyida hal etish choralarini ko'rayotgani ana shu murojaatlarning o'z vaqtida yechim topishiga xizmat qilmoqda.

Boysun tumanidagi “To'da” mahallasida Boysun tuman adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida bo'lib o'tgan sayyor qabul to'g'risida ham shunday deyish mumkin.

Qabulda 30 dan ortiq murojaatlar bo'ldi. Ularning 8 tasi joyida hal etilib, 18 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. Ayrim murojaatlar tegishli tartibda ko'rib chiqish uchun alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, Tadbir davomida uyma-uy yurish orqali 10 ga yaqin xonadonga kirib borildi. Aniqlangan 9 ta muammolar boʻyicha tushuntirishlar berildi. 2 nafar huquqiy muammosi bor fuqarolarning murojaatlari ish yurituvga olindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_uyma_uy

Surxondaryo viloyati bo‘ylab adliya organlari tomonidan uyma-uy huquqiy muammolar o‘rganilishi davom etmoqda

Bu galgi o‘rganish ishlari Denov tumanida bo‘ldi. Tuman adliya bo‘limi 1-son FHDY xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumandagi "Buyuk zamin" mahallasida uyma-uy yurish orqali fuqarolarning muammolari o‘rganildi.

Mazkur tadbir davomida aholining fuqarolik holati hujjatlari masalasi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi, o‘z-o‘zini band qilish, ish bilan ta'minlash, soliq imtiyozlaridan foydalanish, kam ta'minlangan deb topilgan oilalarga qonunchilik belgilangan imtiyozlar kabi muammolar aniqlandi.

O‘rganish davomida 30 dan ortiq murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, 10 ga yaqin ayrim masalalar ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya