Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
2.42K subscribers
11.5K photos
1.33K videos
59 files
10.1K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
Aholi muammolari uyma-uy yurgan holda o‘rganilmoqda

Bu galgi o‘rganish ishlari Denov tumanida bo‘ldi. Tuman adliya bo‘limi 2-son FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumandagi "Oqqo‘rg‘on", mahallasida uyma-uy yurish orqali 100 ga yaqin xonadonlarga kirib borildi.

Mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish jarayonida aholining fuqarolik holati hujjatlari masalasi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi, o‘z-o‘zini band qilish, ish bilan ta'minlash, soliq imtiyozlaridan foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash kabi muammolar aniqlandi.

O‘rganish davomida 50 dan ortiq murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ayrim masalalar ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, qishloq hududlarida xorijiy tillarni o'qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 50 mln so'mgacha bir martalik subsidiya ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatlari orqali “Ijtimoiy himoya yagona reestriga kirish uchun ariza berish" tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videorolikda....

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#adliya_hudud

ADLIYA MAHALLADA


Termiz tumani adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respubliksi Prezidentining  2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumanning “A.Temur”, "Quyoshli yurt", "Istiqlol" mahallasida aholining  huquqiy muammolari o‘rganildi.

🔹Jumladan, uyma-uy yurgan holda  MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolarning xonadoniga kirib, aholining kundalik hayotda uchraydigan muammolari o‘rganildi va   huquqiy tushuntirishlar berildi.

🔹Shuningdek, yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#sayyor_qabul

ADLIYA MAHALLADA

🔹Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80 sonli Farmonida uyma-uy yurish orqali fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni koʻrish tuman (shahar) adliya boʻlimlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.

🔸Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi ishchi guruh a'zosi Ulug'bek Sadikov, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati, Qiziriq tuman adliya boʻlimi tomonidan tumanning “Rabotak” mahallasida sayyor qabul o'tkazildi.

Qabul davomida aholining huquqiy muammolari oʻrganilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Shuningdek mahalla yettiligi bilan suhbat o'tkazilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Adliya mas'ullarining fuqarolar bilan ochiq muloqot qilayotgani, odamlarning muammolarini o'rganish, joyida hal etish choralarini ko'rayotgani ana shu murojaatlarning o'z vaqtida yechim topishiga xizmat qilmoqda.

Sherobod tumanidagi 6 411 nafar aholi istiqomat qilayotgan “G'o'rin gilambob” mahallasida Adliya vazirligi boshqarma boshlig'i Ulug'bek Sadikov hamda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida bo'lib o'tgan sayyor qabul to'g'risida ham shunday deyish mumkin.

Qabulda 30 dan ortiq murojaat bo'ldi. Ularning 8 tasi joyida hal etilib, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. Ayrim murojaatlar tegishli tartibda ko'rib chiqib chiqish uchun alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 24-mayda qabul qilingan PF-80-sonli Farmon mazmun-mohiyati, u bilan amaliyotga tatbiq etilayotgan islohotlar to'g'risida batafsil tushuntirishlar berildi.

Mahalla yettiligi bilan uchrashilib, aholi huquqy masalalarini o'rganish bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
Photo
#Jarayon

Qabul davomida fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatilmoqda