©️SUDEX.UZ | RSEM | РЦСЭ
854 subscribers
5.45K photos
491 videos
9 files
1.71K links
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi

☎️ +99871-209-11-55
🌐 sudex.uz
📩 [email protected]
📱 facebook.com/sudexuz
🎥youtube.com
🤖 @sudexuz_bot
Download Telegram
Aziz va Mo’tabar Ayollar!

Sizlarni kirib kelgan 8 — mart Xalqaro xotin qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!

Sizlarga uzoq umr, sihat -salomatlik, baxt va omad tilaymiz. Oilangizga tinchlik hotirjamlik,ishlaringizda eng katta yutuqlarga erishishingizda tilakdoshmiz!

Hurmat bilan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi jamoasi!
Forwarded from Sevara Urinbayeva
#Хотин_қизлар_ҳуқуқи

Аёлларга қандай имтиёзлар бор?

▫️ Хотин-қизларга тадбиркорликни йўлга қўйиш учун 33 миллион сўмгача кредитлар ажратилади Батафсил

▫️ Аёлларни пенсия ёшига тўлганлиги сабабли иш берувчи ташаббуси билан ишдан бўшатиш тақиқланади Батафсил

▫️Айрим тоифадаги хотин-қизларга ОТМга кириш учун тавсиянома берилади Батафсил

▫️"Аёллар дафтари"га киритилганларга 40 млн 500 минг сўмгача кредит берилиши мумкин Батафсил

▫️ Ишлайдиган оналарга болани овқатлантиришга танаффус берилади Батафсил

▫️ Хотин-қизларнинг касб ўрганишга қилган харажатларини давлат тўлаб беради Батафсил

▫️ “Аёллар дафтари”га киритилган ёлғиз аёлларнинг фарзандлари ҳам боғчага имтиёзли рўйхат асосида қабул қилинади Батафсил

▫️ Оғир ижтимоий аҳволдаги хотин-қизларга имтиёзли уй-жойлар берилади Батафсил

▫️ Фаол ва ташаббускор хотин-қизлар “Мўътабар аёл” кўкрак нишони билан тақдирланади Батафсил

▫️12 ёшга тўлмаган боласи бор аёлларга қўшимча таътил берилади Батафсил

▫️ Айрим хотин-қизларнинг контракт пули давлат томонидан тўлаб берилади Батафсил

▫️ 2 ёшга тўлмаган боласи бор аёллар енгилроқ ишга ўтказилади Батафсил

▫️ Ҳомиладор аёллар, 3 ёшга тўлмаган боласи бор аёлларни ишга қабул қилишда дастлабки синов қўлланилмайди Батафсил

▫️ Раҳбарлик лавозимига танловда хотин-қизлар ва эркакларнинг тенг иштироки таъминланади Батафсил

▫️ Айрим аёллар 53 ёшда пенсияга чиқиши мумкин Батафсил

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi.

"EKSPERT JAVOBI" rukni! 🎥📽🎞💯

SAVOL: DNK ekspertizasini o'tkazish uchun qon namunalaridan tashqari qanday namunalar taqdim etilishi mumkin?

Batafsil ma`lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 [email protected]

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi.

"EKSPERT JAVOBI" rukni! 🎥📽🎞💯

SAVOL: Agar yozuv va imzosi tekshiriluvchi shaxs vafot etgan bo’lsa, qanday qilib sud xatshunoslik ekspertizasi o’tkazilishi mumkin va qanday namunalar talab etiladi?

Batafsil ma`lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 [email protected]

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
✔️Joriy yilning 11-mart kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida «YURIDA NYSA» kompaniyasi bilan hamkorlikda qonunchilik hujjatlari va axborot shaklidagi ma’lumotlardan tashkil topgan «YURIDA» huquqiy-axborot tizimi kompyuter dasturining taqdimoti bo`lib o`tdi.

✔️Taqdimotda Markazning mas’ul xodimlari, «YURIDA NYSA» kompaniyasi rahbariyati va O’zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi jurnalistlari ishtirok etishdi.

✔️Tadbirda «YURIDA» huquqiy-axborot tizimi faoliyati va amaldagi qonunchilik hujjatlaridagi xizmat faoliyati yuritishda axborot-texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha talablarni bajarilishida ko‘mak berish maqsadida hujjatlarning elektron matn ko‘rinishini ta’minlash bo‘yicha samarali faoliyat ko’rsatib kelayotganligi haqida alohida to‘xtalib o’tildi.

✔️Shu bilan birga X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi boshlig’i S.Saidxodjayev so’zga chiqib, Markaz faoliyati va unda o’tkaziladigan ekspertiza turlari haqida batafsil ma’lumot berib, kelgusida «YURIDA NYSA» kompaniyasi bilan hamkorlik o’rnatilishi haqida aytib o’tdi.
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Talabalar uchun o’quv seminar!

Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida o‘quv seminari hamda ekskursiya tashkil etildi.

Talabalarga markazning yangi zamonaviy binosi, Markaz muzeyi, Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi, Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi hamda Sud fonografiya ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati yaqindan tanishtirilib, ushbu laboratoriyalar ekspertlari tomonidan ma’ruzalar o‘qildi.
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
📢 «Ассалом, Наврўз — янгиланиш, меҳр-оқибат ва қадр-қиммат айёми!» шиори остида ТАНЛОВ эълон қилинди!

〰️〰️〰️
Ташкилотчилар?

Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги
Ёшлар ишлари агентлиги
Ўзбекистон электрон оммавий ахборот воситалари миллий ассоциацияси

〰️〰️〰️
Танлов номинациялари?

«Энг яхши ижтимоий ролик»
«Энг яхши шеър ижроси» (видео материал шаклида)
«Энг яхши фотосуратлар»

〰️〰️〰️
Кимлар қатанашиши мумкин?

14 ёшдан 30 ёшгача бўлган Ўзбекистон фуқаролари

〰️〰️〰️
Талаблар?

ижтимоий ролик ва шеър ижролари 3-5 дақиқадан ошмаслиги, FullHD (1920х1080) форматида бўлиши

фотосуратлар 5 тадан кам бўлмаслиги, 4Мп (2272х1704) дан катта бўлиши керак

〰️〰️〰️
Ижодий ишларни қаерга ва қачонгача жўнатиш керак?

Тақдим этиладиган ишлар @Navruz2022_tanlov_bot телеграм-боти орқали 2022 йил 25 мартгача қабул қилинади.

〰️〰️〰️
Ижодий ишлар қандай мезонлар асосида баҳоланади? Пул мукофотларининг миқдори қанча?

БАТАФСИЛ
_________________

https://t.iss.one/aoka_uz
#Tayinlov

Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutiga direktor tayinlandi!

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida yangi tayinlov.
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Qolqanov Nuriddin Tashpulatovich X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

N.Qolqanov 1979-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2000-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
N.Qolqanov 2015- yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” Respublika tanlovining “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lib, faxrli 1-o‘rinni egallagan.

Qolqanov Nuriddin 2018-yilda falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga va dotsent ilmiy unvoniga ega. Bugungi kunda doktorlik (DSc) dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari, 1 ta o‘quv qo‘llanma va monografiya, 10 ga yaqin uslubiy qo‘llanmalari chop etilgan.

2021-yildan bugungi kunga qadar X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi jamoasi Qolqanov Nuriddin Tashpulatovichni ushbu mas'uliyatli lavozimga tayinlanganligi bilan tabriklaydi va ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston delegatsiyasi MDH ishtirokchi-davlatlari sud ekspertiza organlari rahbarlarining Davlatlararo kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim loyihasi muhokamasida ishtirok etdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari