©️SUDEX.UZ | RSEM | РЦСЭ
859 subscribers
4.86K photos
434 videos
9 files
1.52K links
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi

☎️ +99871-209-11-55
🌐 sudex.uz
📩 [email protected]
📱 facebook.com/sudexuz
🎥youtube.com
🤖 @sudexuz_bot
Download Telegram
Joriy yilning 16-fevral kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida Yuristlar malakasini oshirish markazi tinglovchilari, advokatlar guruhi uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazi tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarida tinglovchilarga Markazning Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi bosh eksperti N. Korablyova laboratoriya faoliyati va unda o‘tkaziladigan ekspertiza turlari haqida batafsil ma’lumot berib, tinglovchilarni laboratoriya imkoniyatlari haqida yaqindan tanishtirdi.

Seminar yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga ekspertlar tomonidan javoblar olishdi.
Diqqat tanlov!

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida El-0313/2022-sonli e'lon bo'yicha 2022-yil 18-fevral kuni bo'sh ish o'rinlariga tanlov o'tkaziladi. Tanlovning suhbat bosqichi soat 11:00 da boshlanadi.


Batafsil ma'lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 [email protected]

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi.

"EKSPERT JAVOBI" rukni! 🎥📽🎞💯

SAVOL: Transport vositalarining to'qnashuv joyi qaysi omillarga asosan aniqlanadi?


Batafsil ma`lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 [email protected]

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
Diqqat tanlov!

Ayni damda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida El-0313/2022-sonli e'lon bo'yicha bo'sh ish o'rinlariga tanlov o'tkazilmoqda.

Tanlovning suhbat bosqichini
https://sudex.uz/?page_id=544 havola orqali kuzatib boring.


Batafsil ma`lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 [email protected]

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi Markazida Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida sud ekepertiza faoliyatini takomillashtirish boʼyicha yigʼilish tashkil etildi

Yigʼilishda Markaz tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalari atroflicha muhokama etildi.

Shuningdek, Markazning Sud ekspertlik faoliyati, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, Norma ijodkorligi va aholining huquqiy savodxonligini oshirish, Ilmiy tadqiqot ishlari, Kadrlar bilan ishlash, Xalqaro hamkorlik, Jamoatchilik bilan aloqalar, Sifat menedjmenti faoliyati, Axborotlashtirish sohasida hamda Moddiy texnik ta’minot yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalari haqida Markaz direktori va masʼul xodimlarning axborotlari tinglandi.

Shu bilan birga, yigʼilishda sud ekspertiza faoliyatini yanada takomillashtirish boʼyicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
19 yil avvalgi jinoyat oshkor bo‘ldi

Ish hujjatlariga ko‘ra, jabrlanuvchi bir o‘zi istiqomat qilganligi va uning shaxsiy hayoti haqida ma’lumotlar bo‘lmaganligi sabab 2003-yilgi jinoyat ishi harakatdan to‘xtatilgandi.

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi Markazi ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasida bu jinoyat ochildi.

Batafsil ma'lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 [email protected]

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
Yoshlarni ilmiy faoliyatga yanada kengroq jalb etish hamda ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti hamda bir qator xorijiy davlatlarning yetakchi mutaxassislari ishtirokidagi ZOOM dasturi orqali “ILMIY TADQIQOTLAR SAMMITI” (Scientific research summit) bo'lib o'tdi.

Ushbu Sammitda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasining katta eksperti B.Axmedov va laboratoriya eksperti X.Maxamatxo‘jaevlar o‘zlarining “Degradatsiyaga uchragan Odam suyaklaridan DNK namunasini AutoMate Express Forensic DNA Extraction System yarim avtomat robotidan foydalanib ajratish uslubi aprobatsiyasi” nomli maqolalari bilan faol ishtirok etib maxsus sertifikatga ega bo’lishdi.

Batafsil ma`lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 [email protected]

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
❗️❗️❗️Diqqat e`lon!

❗️X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e`lon qiladi.

❗️Bo`sh ish o`rinlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://vacancy.adliya.uz/vacancy/513#

Batafsil ma`lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 [email protected]

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi.

"EKSPERT JAVOBI" rukni! 🎥📽🎞💯

SAVOL: Men sudda telegram orqali yuborilgan ovozli xabarlarni dalil sifatida taqdim etgan edim. Lekin sudda ovozli xabar yuborgan shaxs ovoz uniki emasligini ta’kidladi. Men shu ovozli xabarlar yuborgan shaxsning ovozi kimga tegishliligini aniqlash bo‘yicha sizning Markazga murojaat qilsam bo‘ladimi?

Batafsil ma`lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 [email protected]

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahriri loyihasi muhokamasi yuzasidan Davra suhbati bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbirda Adliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, O’zbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Ichki ishlar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo’mitasi va boshqa tashkilotlarning mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Qonunning yangi tahriri loyihasi bandma-band muhokama qilinib, vazirlik va idoralar tomonidan tegishli takliflar berildi.
Forwarded from Sevara Urinbayeva
#Adliya_va_ayollar

⚡️Адлия вазири тизимда фаолият юритаётган аёллар билан учрашди

Хабарингиз бор, Адлия вазирлиги томонидан жорий йилнинг февраль-март ойлари “Хотин-қизлар ҳуқуқлари бўйича долзарб икки ой” деб эълон қилинган.

Ушбу лойиҳа доирасида бугун, 2 март куни Адлия вазири Р.Давлетов вазирлик тизимида фаолият юритаётган хотин-қизлар билан видеоконференсалоқа орқали очиқ мулоқот ўтказди.

Мулоқотда адлия органлари ва муассасаларидаги жами
8 мингдан ошиқ ходим фаолият юритаётганлиги, шундан 3 мингга яқини, яъни 38 фоизи хотин-қизлар эканлиги, бу эса нафақат республикада бутун дунёда яхши кўрсаткичлиги алоҳида таъкидланди.

Статистикага назар ташланса, ўтган 2021 йилда вазирлик тизимига ишга қабул қилиш бўйича жами 226 та танлов ўтказилган. Уларда ишга қабул қилинганларнинг 428 нафари (28 фоиз) хотин-қизлар, бу 2020 йилга нисбатан 2,5 бараварга ошган. Йилдан-йилга кўрсатгичлар яхшиланмоқда.

Шунингдек, тизимда жами 320 нафар хотин-қизлар раҳбарлик лавозимларида фаолият юритмоқда. Бундан ташқари, жами 260 нафар аёллар юқори лавозимларга тайинланган.

Адлия вазирлиги нафақат тизимдаги хотин-қизлар, балки бутун жамият аёлларини қўллаб-қувватлаш борасида бир қатор лойиҳаларни амалга ошириб келмоқда.

Хусусан, вазирлик томонидан 2 та қонун ишлаб чиқиб Ҳукуматга киритилди, “Аёлларга ҳуқуқий мадад” қўлланмасини тайёрланди ва нашр қилинди, kurslar.huquqiyportal.uz платформасида аёллар ҳуқуқи бўйича алоҳида онлайн-интерактив курслар очилди.

Мулоқот давомида вазирлик тизимида хотин-қизларга яратилган имтиёзлар, қулайлик, иш режими ва бошқа масалалар, жумладан тизимдаги иқтидорли хотин-қизларимизни рағбатлантириш, уларнинг истеъдодини рўёбга чиқариш учун ҳар йили “Адлия аёли” танловини жорий қилиш, узоқ йиллар тизимда меҳнат қилган хотин-қизларни қўллаб-қувватлаш чораларини кўриш масалалари муҳокам қилинди.

Адлия вазири
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими