©️SUDEX.UZ | RSEM | РЦСЭ
858 subscribers
4.86K photos
434 videos
9 files
1.52K links
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi

☎️ +99871-209-11-55
🌐 sudex.uz
📩 [email protected]
📱 facebook.com/sudexuz
🎥youtube.com
🤖 @sudexuz_bot
Download Telegram
Forwarded from Sevara Urinbayeva
#Адлия_онлайн

📢Айни вақтда Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг навбатдаги кенгайтирилган ҳайъат мажлиси бўлиб ўтмоқда.

Унда 2021 йил давомида адлия органлари ва муассасалари томонидан амалга оширилган ишлар якуни, йўл қўйилган камчиликлар ва келгусида бажарилиши лозим бўлган устувор вазифалар, шунингдек ҳудудий адлия органлари фаолиятининг самарадорлиги баҳолаш натижалари муҳокама қилинади.

Ҳайъат мажлиси видеконференцалоқа шаклида ўтказилиб, унда адлия органлари ва муассасаларининг раҳбар ва масъул ходимлари иштирок этишмоқда.
Forwarded from Yuristjournal.uz (Yuristjournalbot)
​​#Mақола
👤ХАЛИЛОВ Акрам Утамуродович - Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги ҳузуридаги Х.Сулаймонова номидаги Республика суд экспертизаси маркази директори

📝 АККРЕДИТАЦИЯДАН ЎТУВЧИ ТАДҚИҚОТ ЛАБОРАТОРИЯЛАРИНИНГ ҲУЖЖАТЛАР ТИЗИМИ

👉 Google scholar | Telegram |

Google
АККРЕДИТАЦИЯДАН ЎТУВЧИ ТАДҚИҚОТ ЛАБОРАТОРИЯЛАРИНИНГ ҲУЖЖАТЛАР ТИЗИМИ
А ХАЛИЛОВ, ЮРИСТ АХБОРОТНОМАСИ, 2021
Joriy yilning 8 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy axborot-tahlil markazida BMTning giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashishning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasining "O‘zbekiston Respublikasida sud ekspertiza tashkilotlarining imkoniyatlarini mustahkamlash-faza II" loyihasi bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda BMTning giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashishning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy axborot-tahlil markazi, Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi Markazi, O‘zbekiston Akkreditatsiya Markazi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi IIV, O‘zbekiston Respublikasi SSV ning akkreditatsiya bo‘yicha mas’ul xodimlari hamda Akkreditatsiya bo‘yicha jalb etilgan xorijiy maslahatchilar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda loyiha doirasida yuqorida qayd etilgan tashkilot laboratoriyalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha qilingan ishlari, akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi organni tanlash masalasi, akkreditatsiya hujjatlarini tayyorlash va tashqi audit tekshiruvlari uchun to‘lovini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar bilan bog‘liq bir qator masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, sud ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan bir qator takliflar ko‘rib chiqildi.
#Mutaxassis_sharhi

51 xil sud ekspertizasi turlarini o‘z ichiga olgan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqotlar ro‘yxati tasdiqlandi hamda tadqiqot natijalari yuzasidan mutaxassis fikri beriladi. Mazkur huquq kelgusida jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z huquqlarini sud va tergov organlarida himoya qilishga xizmat qiladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
❗️❗️❗️Diqqat e`lon!

❗️X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e`lon qiladi.

❗️Bo`sh ish o`rinlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://vacancy.adliya.uz/vacancy/473#

Batafsil ma'lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 [email protected]

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
Joriy yilning 16-fevral kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida Yuristlar malakasini oshirish markazi tinglovchilari, advokatlar guruhi uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazi tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarida tinglovchilarga Markazning Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi bosh eksperti N. Korablyova laboratoriya faoliyati va unda o‘tkaziladigan ekspertiza turlari haqida batafsil ma’lumot berib, tinglovchilarni laboratoriya imkoniyatlari haqida yaqindan tanishtirdi.

Seminar yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga ekspertlar tomonidan javoblar olishdi.
Diqqat tanlov!

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida El-0313/2022-sonli e'lon bo'yicha 2022-yil 18-fevral kuni bo'sh ish o'rinlariga tanlov o'tkaziladi. Tanlovning suhbat bosqichi soat 11:00 da boshlanadi.


Batafsil ma'lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 [email protected]

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi.

"EKSPERT JAVOBI" rukni! 🎥📽🎞💯

SAVOL: Transport vositalarining to'qnashuv joyi qaysi omillarga asosan aniqlanadi?


Batafsil ma`lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 [email protected]

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
Diqqat tanlov!

Ayni damda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida El-0313/2022-sonli e'lon bo'yicha bo'sh ish o'rinlariga tanlov o'tkazilmoqda.

Tanlovning suhbat bosqichini
https://sudex.uz/?page_id=544 havola orqali kuzatib boring.


Batafsil ma`lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 [email protected]

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi Markazida Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida sud ekepertiza faoliyatini takomillashtirish boʼyicha yigʼilish tashkil etildi

Yigʼilishda Markaz tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalari atroflicha muhokama etildi.

Shuningdek, Markazning Sud ekspertlik faoliyati, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, Norma ijodkorligi va aholining huquqiy savodxonligini oshirish, Ilmiy tadqiqot ishlari, Kadrlar bilan ishlash, Xalqaro hamkorlik, Jamoatchilik bilan aloqalar, Sifat menedjmenti faoliyati, Axborotlashtirish sohasida hamda Moddiy texnik ta’minot yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalari haqida Markaz direktori va masʼul xodimlarning axborotlari tinglandi.

Shu bilan birga, yigʼilishda sud ekspertiza faoliyatini yanada takomillashtirish boʼyicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot