Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.31K subscribers
833 photos
388 videos
27 files
978 links
Download Telegram
#uchrashuv

Professional hamjamiyat, biznes va DSQ Jamoatchilik kengashi aʼzolari ishtirokida uchrashuv

2022-yil 27-yanvar kuni Davlat soliq qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mutaxassislari, Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik kengashi aʼzolari, soliq maslahatchilari, buxgalterlar va auditorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Yig‘ilish avvalida davlat soliq xizmati organlari va biznes hamjamiyat o‘rtasida aloqalarning yetarli emasligi hamda zarur maʼlumotlar to‘liq almashilmayotgani soliq to‘lovchilarning soliq maʼmuriyatchiligining raqamli transformatsiyasi va soliqqa tortish sohasidagi o‘zgarishlarni noto‘g‘ri tushunishlariga sabab bo‘layotgani taʼkidlandi.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish natijalariga ko‘ra, fikr-mulohazalarni operativ tarzda olish maqsadida ixtisoslashgan mutaxassislar, auditor va soliq maslahatchilari, tadbirkorlik subʼektlari va OAV vakillari ishtirokida muntazam ravishda mavzuga oid suhbatlar o‘tkazishga qaror qilindi.

👉Batafsil
____________
#встреча

Круглый стол при участии членов Общественного совета ГНК

27 января 2022 года в Государственном налоговом комитете организован круглый стол при участии специалистов Министерства финансов Республики Узбекистан, членов Общественного совета Государственного налогового комитета, налоговых консультантов, бухгалтеров и аудиторов.

В начале встречи было отмечено, что недостаточность коммуникации органов государственной налоговой службы с бизнес-сообществом и неполный взаимообмен необходимой информацией способствует возникновению неправильного понимания налогоплательщиками цифровой трансформации налогового администрирования и изменений в сфере налогообложения.

По результатам проведенного анализа общественного мнения с целью оперативного получения обратной связи было озвучено решение о регулярном проведении тематических обсуждений с профильными специалистами, аудиторами и налоговыми консультантами, представителями предпринимательства и СМИ.

👉Подробнее

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv

DSQ rahbariyati farg'onalik tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashdi

Erkin va ochiq muloqotda tadbirkorlar oldidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

O‘rtaga tashlangan masalalar yuzasidan aniq ko‘rsatma va amaliy yechimlar berildi.

Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv

DSQ raisi: Ayollar ham soliq inspeksiyalarini boshqara oladi

Bugun, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlar bilan uchrashdi.

Samimiy muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda markaziy apparat va Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo DSI ayollari bevosita qatnashgan bo‘lsa, hududiy DSB va inspeksiyalari xodimalari videokonfrensaloqa orqali ishtirok etdi.

Dastlab, Sherzod Kudbiyev tizimda xizmat qilayotgan ayollarni yaqinlashib kelayotgan 8 mart – Xalqaro xotin qizlar kuni bilan samimiy tabriklab, ularga yuksak ehtiromini bildirdi.

– Ayol timsoli, uning pokiza ziynati har qanday taʼrifdan baland turadi. Uni hech qanday qiyos yoxud tashbeh bilan ifodalab bo‘lmaydi, – dedi Sherzod Kudbiyev. – Har doim, har qanday rivojlangan jamiyatda ayollar roli muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Shu boisdan Yangi O‘zbekistonni har tomonlama rivojlangan davlat sifatida barpo etishga qaratilgan islohotlarda ham opa-singillarimizning davlat va jamiyatdagi nufuzini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Taʼkidlash joizki, hozirda soliq organlarida 2 400 ga yaqin xotin-qiz xizmat ko‘rsatmoqda. Ular xodim, boshqarma boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i, inspeksiya boshlig‘i sifatida o‘z vazifalarini aʼlo darajada bajarib kelmoqda.

Ayol rahbarlar boshqaruvidagi Xonobod va Kogon shahar DSI faoliyati yuqori baholanib, yetakchi davlat idorasi sifatida eʼtirof etilmoqda.

Soliq xizmati organlarida ayol rahbarlar sonini oshirish uchun
ham men sizlar bilan shaxsan o‘zim uchrashishga qaror qildim. Aniq bilamanki, orangizda rahbarlik vazifasini bemalol bajarishga qodir ayollar yetarlicha topiladi.

Bugungi suhbatimizdan keyin tez orada ana shunday hamkasabalarimizni inspeksiya yoki boshqarma boshlig‘i sifatida ko‘rsak ajabmas.

Shundan so‘ng, tizimda faoliyat yuritayotgan ayollar ham so‘z olib, keyingi yillarda soliq xizmati organlarida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar, xususan, gender tenglik, xotin-qizlarning roli oshib borayotgani haqida iliq fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv tizimdagi har bir ayol xodima uchun qo‘mita raisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, o‘z fikr mulohazalarini bildirish imkonini berdi.

Tadbir yakunida bu kabi uchrashuvlarni anʼanaga aylantirish taʼkidlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram