Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.09K subscribers
800 photos
371 videos
22 files
941 links
Download Telegram
#tabrik

Ezgulik va saxovat ayyomi – Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Qadrli vatandoshlar, Sizlarni va butun musulmon olamini mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Avvalo yurtimizdagi shunday fayzli va barokatli, tinch-osoyishta kunlar uchun Yaratganga cheksiz shukronalar bo‘lsin.

Insonlar bir-biriga mehr va eʼtibor ko‘rsatish, ehtiyojmandlarga beg‘araz yordam berish kabi ezgu fazilatlarni o‘zida mujassam etgan bu qutlug‘ oyning maʼno-mazmuni yurtimizda inson qadri uchun olib borilayotgan siyosat bilan hamohang ekanini ushbu saodatli damlarda har birimiz chuqur his etmoqdamiz.
Aziz yurtdoshlar, shu ulug‘ ayyom kunlarida Sizlarni, butun musulmon ahlini muqaddas Ramazon hayiti bilan yana bir bor tabriklayman.

Xalqimizning shu muborak kunlardagi ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin!
Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizda tinchlik, ahillik, fayzu baraka bardavom bo‘lsin!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi
#tabrik
#20avgust

Bayramingiz muborak bo‘lsin, tadbirkorlar!

Hurmatli tadbirkorlar, Sizlarni bugungi bayramingiz bilan davlat soliq xizmati organlari jamoasi va o‘z nomimdan muborakbod etaman.

Vatanimiz iqtisodiy rivoji, aholi bandligini ta'minlashda Sizlarning mashaqqatli mehnatlaringiz tahsinga sazovor.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar natijasida sohaga tatbiq etilayotgan raqamli texnologiyalar Siz, tadbirkorlar uchun ko‘plab qulayliklar yaratmoqda.

Hurmatli tadbirkorlar, davlat soliq xizmati organlari soliq ma'murchiligiga tatbiq etilayotgan yangiliklarni o‘zlashtirishdagi tirishqoqligingizni, halol mehnatingizni, yangi tajribalarni o‘zlashtirishga xayrixohligingizni qadrlagan holda Sizlarni qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyor.

Bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, faoliyatingizga muvaffaqiyat, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va sog'lik-omonlik tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi
—————————————-
#поздравление
#20августа

С праздником, предприниматели!

Уважаемые предприниматели, от имени коллектива органов государственной налоговой службы и от своего имени поздравляю Вас с сегодняшним праздником!

Ваш нелегкий труд в обеспечении экономического развития нашей страны и занятости населения достоин похвалы.

В результате реформ, инициированных Президентом и направленных на поддержку предпринимательства, внедренные в отрасль цифровые технологии создают множество удобств для Вас, предпринимателей.

Уважаемые предприниматели, органы государственной налоговой службы, высоко оценивая Ваше усердие в освоении нововведений, применяемых в налоговом администрировании, ваш добросовестный труд и стремление осваивать новый опыт, всегда готовы оказывать Вам поддержку.

Еще раз поздравляю вас с праздником и желаю успехов в работе, семейного благополучия, счастья и здоровья!

Шерзод Кудбиев,
Председатель Государственного налогового комитета Республики Узбекистан

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tabrik

11-noyabr – “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni”

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev ushbu bayram munosabati bilan davlat soliq xizmati organlari kasaba uyushmalari faollari va aʼzolariga tabrik yo‘lladi.

Hurmatli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, Sizlarni, sizlar orqali barcha kasaba uyushmalari aʼzolarini “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu niyat va tilaklarimni bildiraman.

Sizlarni bugungi ayyom – Kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, masʼuliyatli va xayrli ishlaringizda zafarlar tilayman.

Xonadonlaringizni tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt va omad hech qachon tark etmasin!

Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tabrik

☪️ Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Fazilatli
kechgan ulug‘ oyda yurtimizning tinchligi, baxti va kelajagi uchun qilingan duoyi fotihalar Yaratgan dargohida qabul bo‘lsin.

Ezgulik, mehr-oqibat, ma’naviy poklanish ayyomi – muqaddas Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin.

Soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev Ramazon hayiti munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#27_iyun #tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, Sizlarni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan o‘zim va jamoamiz nomidan tabriklayman.

Soliq xizmati organlari bilan samarali hamkorlik va soha yangiliklarini keng jamoatchilikka yetkazishdagi munosib hissangiz uchun minnatdorlik bildiraman.

Sizlarga ijodiy parvozlar tilayman, doimo qalamingiz o‘tkir, so‘zingiz keskir bo‘lsin. Sihat-salomatlik, baxt-saodat doimo yor bo‘lsin.

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Bayramingiz muborak boʻlsin, sharafli kasbiga sodiq – qadrli soliqchilar!!!

Davlat soliq xizmati organlari tashkil etilganiga 33 yil toʻldi. 12-avgust – milliy soliq siyosatimizga tamal toshi qo‘yilgan kun hisoblanadi. 1991-yil aynan shu kuni Bosh soliq boshqarmasi tashkil etilgan.

Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev mazkur sana munosabati bilan soliq organlarida xizmat qilayotgan barcha xodimlarni va soha faxriylarini tabrikladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads