#onlayn_NKM
Vositachi shartnomasi asosida realizatsiya qilingan tovar onlayn-NKM va virtual kassa chekida qanday aks ettiriladi?
Buning uchun komitent tomonidan quyidagilar bajarilishi lozim:
1️⃣Soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga ERI kaliti yordamida kiriladi.
2️⃣Xizmatlar qatoridan “Korxona komissionerlari ro‘yxatini shakllantirish” tanlanadi.
3️⃣“Qo‘shish” tugmasi bosiladi.
4️⃣Ochilgan oynaga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
▫️ yuridik shaxs STIRi yoki YaTT JShShIRi;
▫️ vositachi-tashkilot nomi;
▫️ vositachilik shartnomasi raqami;
▫️MFO;
▫️ hisob raqam;
▫️ shartnoma tuzilgan sana;
▫️ shartnoma amal qilish muddati boshlanish sanasi;
▫️ shartnoma amal qilish muddati tugash sanasi.
5️⃣Shundan so‘ng “Qo‘shish” tugmasi bosiladi.
❗️Har bir vositachi haqidagi ma’lumotlarni alohida kiritish lozim.
Ushbu funksiya soliq organlarida komitent va vositachi soliq bazasini avtomatik aniqlash uchun yaratilgan.
Eslatma: Soliq bazasi quyidagicha aniqlanadi:
🔸 vositachi (ishonchli vakil)ning soliq bazasi ➡️ uning QQSni o‘z ichiga oladigan vositachilik haqi miqdorida;
🔸 komitent (ishonch bildiruvchi)ning soliq bazasi ➡️ komitentning (ishonch bildiruvchining) topshirig‘iga ko‘ra vositachi (ishonchli vakil) tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning qiymati, shuningdek QQSni kiritmagan holda vositachi (ishonchli vakil) tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim bo‘yicha komitent (ishonch bildiruvchi) bunday uchinchi shaxsga ko‘rsatgan xizmatlar qiymati miqdorida.
👉 Soliq kodeksi, 250-modda
Agar komitent shaxsiy kabinetga vositachilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuqoridagi tartibda kiritmasa, vositachi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning umumiy summasi vositachi soliq bazasida xato tarzda aks etadi.
Tovarlar vositachi shartnomasi asosida realizatsiya qilinganda, vositachi onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida ushbu mahsulot nomi ostida komitent STIR/JShShIRini ko‘rsatishi shart.
Onlayn-NKM ushbu tizim asosda tovar qiymatini avtomatik ravishda komitentning soliq hisobotiga yuboradi. Komitent esa vositachi haqini hisoblab chiqaradi va hisobvaraq-faktura shakllantirish hamda hisobdan hisobga o‘tkazish yo‘li bilan to‘laydi.
Vositachi – ushbu funksiyani faollashtirish uchun onlayn-NKM yoki virtual kassa dasturini yangilash yuzasidan texnik xizmat ko‘rsatish markazi (TXKM)ga murojaat qilishi lozim.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

Tovarlar bo‘lib to‘lash (kredit) asosida sotilganda onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida qanday aks ettirish mumkin?
Tovarlar jo‘natilgan (berilgan) sana tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sana hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi, 242-modda, 1-qism
Tovarlar bo‘lib to‘lash (kredit) asosida sotilganda xaridor tovarni darhol oladi. Shu sababli, sotuvchi onlayn-NKM va virtual kassalarning birinchi chekida soliq hisobotida avtomatik ravishda aks etadigan tovarning to‘liq qiymatini ko‘rsatishi lozim. Bunday chekda QR-kod va fiskal belgi shakllantiriladi.
Xaridor tomonidan kreditni so‘ndirish uchun belgilangan jadvalga muvofiq keyingi to‘lovlar amalga oshirilganda, sotuvchi onlayn-NKM va virtual kassada chek turini - "bo‘lib to‘lash" ("Kredit") deb ko‘rsatadi va har bir to‘lov uchun summani belgilaydi. Bunday cheklarda QR-kod va fiskal belgi shakllantirilmaydi.

Tovar realizatsiyasi uchun xaridordan qabul qilingan bo‘nak (avans) onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida qanday aks ettiriladi?
Agar tovarni jo‘natish (berish) amalga oshirilmasa, tovarga bo‘lgan mulk huquqi xaridorga o‘tkazilgan kun tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sana hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi, 242-modda, 2-qism
Xaridor mahsulotning to‘liq qiymati miqdorida bo‘nak (avans) to‘lovlarini amalga oshirgandan keyingina uni oladi. Shuning uchun, sotuvchi xaridordan tovarga bo‘nak olganda oldindan to‘lov miqdori uchun chek beradi. Bunda, onlayn-NKM va virtual kassada “Bo‘nak” chek turi va tovarning to‘liq qiymatidan xaridor tomonidan to‘langan qismi ko‘rsatilishi lozim. Bunday cheklarda QR-kod va fiskal belgi shakllantirilmaydi.
Xaridor yakuniy to‘lovni amalga oshirganda, onlayn-NKM va virtual kassa chekida tovarning to‘liq qiymati ko‘rsatiladi, belgilangan tartibda QR-kod va fiskal belgi shakllantiriladi. Bunday holda, xaridor tomonidan sotib olingan tovarning to‘liq qiymati soliq hisobotida aks ettiriladi.
Onlayn-NKM va virtual kassada ko‘rsatilgan chek turlari my.soliq.uz saytidagi soliq to‘lovchi shaxsiy kabinetining tegishli bo‘limida ham aks etadi.

#Onlayn_NKM
Onlayn-NKM va virtual kassa cheklari qanday tahrirlanadi?
🔹My.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” boʻlimi tanlanadi.
🔹 Tahrirlashda tuzatilgan (yangilangan) ma'lumotlar kiritilishi kerak:
– mahsulot nomi;
– miqdori;
– summasi;
– QQS;
– Mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK);
– o‘lchov birligi;
– komitent STIRi.
Shundan so‘ng quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
Sizning murojaatingiz;
Davlat soliq organi tomonidan yozilgan javob xati;
Davlat soliq organi tomonidan tuzilgan o‘rganish maʼlumotnomasi;
Holat yuzasidan tadbirkorlik subyekti vakilining tushuntirish xati;
Obyektni tashqi va ichki foto surati;
Noto‘g‘ri urilgan chek nusxasi;
Davlat soliq organi tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida qo‘shimcha so‘ralgan hujjatlar nusxasi.
QQSni hisoblashda “QQS guvohnomasi”ni ilova qilish kifoya.
Eslatma: QQS hisoblashda tiyin nuqta orqali kiritiladi, chek summasi o‘zgarmagan taqdirda avtomat tarzda qabul qilinadi.
Yakuniy bosqich – “Yuborish” tugmasini bosish.
Soliq toʻlovchilarga kamchiliklarni bartaraf etishda ularga koʻmaklashish maqsadida onlayn-NKM va virtual kassalar orqali berilgan cheklar summalarini tahrirlash imkoniyati yaratilgan.
Mahsulot qaytarilganda onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari qanday rasmiylashtiriladi?
Qaytarish cheklarini hisobot davri uchun ro‘yxatdan o‘tkazish

QQS va AOS hisobotlarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan onlayn-NKM orqali naqd pulda va terminalda savdo va xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushum summasi soliq solish bazasi sifatida avtomat shakllanadi.
My.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” bo'limidagi tegishli xizmatlar yordamida hisobotlarni to‘g‘ri shakllanishini ta'minlash mumkin:
Vositachi shartnomasi asosida realizatsiya qilingan tovar onlayn-NKM va virtual kassa chekida qanday aks ettiriladi?
Onlayn-NKM va virtual kassa chekini qaytarish jarayoni takomillashtirildi
Onlayn-NKM va virtual kassa cheki qanday tahrirlanadi?
Tovar realizatsiyasi uchun xaridordan qabul qilingan bo‘nak (avans) onlayn-NKM va virtual kassa chekida qanday aks ettiriladi?
Tovarlar bo‘lib to‘lash (kredit) asosida sotilganda onlayn-NKM va virtual kassa chekida qanday aks ettirish mumkin?
Onlayn-NKM foydalanuvchilariga taqdim etilgan imtiyozlar

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#onlayn_NKM
Endi onlayn nazorat-kassa texnikasi chekida komitent – jismoniy shaxs yoki norezident ma'lumotlarini ko‘rsatish mumkin
My.soliq.uz portalida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida norezident yoki jismoniy shaxslar bilan komissiya shartnomasi asosida mahsulotlarni realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu turdagi komitentlarni qo‘shishning texnik imkoniyati yaratildi.
Norezident yoki jismoniy shaxs komitentni qo‘shish uchun:
1. “Korxona komissionerlari ro‘yxatini shakllantirish” bo‘limi tanlanadi.
2. “Komitent shakllantirish” menyusidan komitent turi, Komissiya shartnomasi fayllari va murojaatchi telefon raqami kiritiladi.
3. Jo‘natilgan ariza, avtomatik tarzda qabul qilinadi va ustunning pastki ro‘yxat qismida shakllanadi.
4. Bunda “Komitent ID raqami” qatorida 9 sondan iborat unikal raqam shakllanadi
5.Ushbu 9 sondan iborat unikal raqam onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklari “komitent STIRi” qatoriga kiritiladi.
👉Batafsil
👉Vositachi shartnomasi asosida realizatsiya qilingan tovar onlayn-NKM va virtual kassa chekida qanday aks ettiriladi?
👉Agar komitent yuridik shaxs bo'lsa, onlayn kassa cheklarida komissiya shartnomasi bo'yicha tovarlarni sotish qanday aks ettiriladi?
👉Tovarlarni vositachilik shartnomasi asosida realizatsiya qilish operatsiyalari soliq hisoboti onlayn-NKM tizimida qanday yuritiladi?

#onlayn_NKM #imtiyoz
Mahsulot kodlarini o‘qish qurilmalari va onlayn-NKM xarid qilganlik uchun soliq summasini qachondan kamaytirish mumkin?
2022-yil 1-yanvardan boshlab raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qish va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) majburiy foydalanishi lozim.
👉PQ-5252, 3-band 4.10.2021
Bunda tadbirkorlik subyektlari 1.01.2023-yilgacha:
🔹foyda solig‘i;
🔹aylanmadan olinadigan soliq (AOS);
🔹YaTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS
bo‘yicha hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan summani onlayn-NKM va yuqorida nazarda tutilgan maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirishi mumkin (4 x 270 000 = 1 080 000 so‘m).
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 40-moddasiga muvofiq, normativ-huquqiy hujjatlar, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Soliq kodeksining 4-moddasi 7-qismiga muvofiq, soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Shunga muvofiq, PQ-5252-son qarorning 3-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari mazkur normativ-huquqiy hujjat e’lon qilingan kundan, ya’ni 4.10.2021-yildan boshlab kuchga kiradi.
Ushbu imtiyozni soliq hisobotida qanday aks ettirish mumkin?
Onlayn-NKM va yuqorida keltirilgan boshqa maxsus qurilmalarni sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasi:
AOS bo‘yicha
➡️Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobining 0701-satr ko‘rsatilishi lozim. U avtomatik ravishda “AOS summasi hisobda turgan joyi bo‘yicha” – 080-satrda kamayadi;
foyda solig‘i bo‘yicha
➡️Foyda solig‘i hisob-kitobining 101-satrida ko‘rsatilishi lozim. U avtomatik ravishda “Foyda solig‘ining budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan jami summasi” – 110-satrda kamayadi.
YaTTlar xarid qilingan onlayn-NKM va maxsus qurilmalarni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazganda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i uchun yuqorida qayd etilgan imtiyoz avtomatik ravishda inobatga olinadi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM
Mahsulot uchun xaridordan qabul qilingan bo‘nak (avans) onlayn-NKM cheklarida qanday aks ettirilishi bo‘yicha videoqo‘llanma
👉Youtube orqali ko‘rish

Mahsulot kreditga sotilganda onlayn-NKM cheklarida qanday aks ettirilishi bo‘yicha videoqo‘llanma

#bilasizmi #onlayn_NKM
Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM, virtual kassa va 2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki shu turdagi boshqa maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq *BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar summalarini kamaytirish huquqiga ega (4 x 270 000 = 1 080 000 so‘m).
Imtiyoz muddati – 1.01.2023
👉PQ-5252, 3-band 4.10.2021
👉*BHM x 1 = 270 000
👉Imtiyoz soliq hisobotlarida qanday aks ettiriladi?
________________
#вы_хотели_знать #онлайн_ККМ
Субъекты предпринимательства могут уменьшить суммы начисленного и подлежащего уплате налога на сумму расходов, связанных с приобретением онлайн-ККМ, виртуальных касс и 2D-сканеров, терминалов сбора данных либо специальных устройств иного типа, в размере не больше 4-х *БРВ за одно устройство (4 x 270 000 = 1 080 000 сумов).
Срок льготы до – 1.01.2023
👉пункт 3 ПП №5252 от 4.10.2021
👉*БРВ х 1 = 270 000
👉Как применить льготу в налоговой отчетности?

Onlayn-NKM va virtual kassalardan qabul qilingan cheklar asosida imtiyoz ma’lumotlarini avtomatik shakllantirish mexanizmi joriy etildi
Joriy yilning fevral oyidan onlayn-NKM va virtual kassalardan qabul qilingan onlayn chek ma’lumotlari asosida aylanma solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotlaridagi imtiyoz ma’lumotlarini avtomatik shakllantirish mexanizmi joriy qilindi.
🌀Shuningdek soliq hisobotlarida tahrirlangan chek ma’lumotlari har 24 soat yangilanib kelinmoqda.
Ushbu jarayonlarni tezlashtirish maqsadida tahrirlangan chek ma’lumotlarini hisobotda yangilash uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida mexanizm yaratildi.
Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun:
▫️my.soliq.uz portalida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumotlari” bo‘limiga kiriladi;
▫️“Imtiyozlar” menyusiga o‘tiladi va ushbu bo‘limning pastki qismidagi “Yangilash” tugmasi bosiladi;
♻️ Monitorda paydo bo‘lgan “ma’lumotlarni yangilash” oynasida yil va oy tanlanadi hamda "Yangilash" tugmasi bosiladi.
❗️Tahrirlash uchun taqdim etilgan chek ma’lumotlari soliq hisobotlarida 24 soat ichida yangilanadi.
▫️Chek ma’lumotlari o‘zgartirilgandan so‘ng “Cheklar bo‘yicha hisobot” menyusida “Yangilash” tugmasi orqali,
♻️ cheklar bo‘yicha hisobot ma’lumotlari o‘sha davr uchun yangilanishi lozim.
▫️Ma'lumotlar muvofaqqiyatli yangilangandan so‘ng imtiyoz turlari kodi, summasi batafsil ma’lumoti avtomat aks ettiriladi.
Qo'llanma havola orqali 👉 https://bit.ly/3s0ClmM

Onlayn-NKM yoki virtual kassani tanlash tadbirkorlarning o‘z ixtiyorida
2022-yil 1-yanvardan naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM yoki virtual kassalardan foydalanishi shart.
To‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga to‘lov terminali cheki bilan birga onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart.
PF-5813, 06.09.2019-yil
Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM yoki virtual kassalarning narxi, qulayligi, funksionalligi va boshqa jihatlaridan kelib chiqqan holda erkin tanlash huquqiga ega.
VM-943-son qarori 1-ilovasi 8-bandi 23.11.2019-yil
2022-yil 5-may holatiga, onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi lozim bo‘lgan 174 787 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan 213 172 ta onlayn-NKM va virtual kassa ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz❗️DSQ rasmiy saytida Onlayn-NKM, virtual kassa va TXKMlarning doimiy yangilanib boriladigan reestrlari bilan tanishishingiz mumkin.
Onlayn-NKM davlat reestri 👉 https://soliq.uz/page/davlat-reestri
Virtual kassa davlat reestri 👉 https://soliq.uz/page/virtual-kassa-reestri
Texnik xizmat ko‘rsatish markazlari davlat reestri 👉 https://soliq.uz/page/txkm-reestri
Muhim❗️Onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanmaslik 5 mln so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Onlayn-NKM foydalanuvchilariga taqdim etilgan imtiyozlar
👉Imtiyozlar soliq hisobotlarida qanday aks ettiriladi?
👉Fiskal ma’lumotlar operatori qanday xizmatlar ko‘rsatadi?
__________
#онлайн_ККМ
Выбор модели онлайн-ККМ или виртуальной кассы - за предпринимателем
С 1 января 2022 года все субъекты предпринимательства, имеющие наличную выручку, должны использовать онлайн-ККМ либо виртуальную кассу.
За платежи, принятые через платежные терминалы покупателям вместе с чеками платежных терминалов, обязательно выдается чек онлайн-ККМ либо виртуальной кассы.
№УП-5813 от 06.09.2019 г.
За субъектами предпринимательства закреплено право свободного выбора модели онлайн-ККМ или виртуальной кассы исходя из их стоимости, функциональности, удобства в использовании и других характеристик.
п.8 Приложения №1 к ПКМ №943 от 23.11.2019 г.
По состоянию на 5 мая 2022 года 174 787 субъектов предпринимательства, обязанные применять онлайн-ККМ и виртуальные кассы, зарегистрировали 213 172 онлайн-ККМ и виртуальные кассы.
Напоминаем❗️На официальном сайте ГНК можно ознакомиться с реестрами онлайн-ККМ, виртуальных касс и ЦТО, информация о которых регулярно обновляется.
Государственный реестр онлайн-ККМ 👉 https://soliq.uz/page/davlat-reestri?lang=ru
Государственный реестр виртуальных касс 👉 https://soliq.uz/page/virtual-kassa-reestri?lang=ru
Государственный реестр Центров технического обслуживания 👉 https://soliq.uz/page/txkm-reestri
Важно❗️Неприменение онлайн-ККТ влечет наложение штрафа в размере 5 млн сумов.
👉Льготы для использующих онлайн-ККМ
👉Как применить льготы в налоговой отчетности?
👉Какие услуги оказывает оператор фискальных данных?