Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.09K subscribers
799 photos
369 videos
21 files
937 links
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarishda bino va inshootlar soliq bazasi bo‘yicha kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan turli fikr va xulosalar bildirilmoqda.

👉 kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan izoh

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara #QQS

🗓2022-yil 1-yanvardan yuridik shaxslar ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida elektron shaklda hisobga qo‘yishi belgilangan.

❗️Shartnomalarini ijara.soliq.uz orqali hisobga qo‘ymaslik soliq xavfining yuqori mezoni sifatida baholanadi va QQS guvohnomasi vaqtinchalik to‘xtatilishi yoki QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun arizasi rad etilishiga sabab bo‘ladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#matbuot_anjumani

Ayni paytda Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ishtirokida soliq ma'muriyatchiligidagi so‘nggi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

📹Matbuot-anjumanini ushbu havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda kuzating:

👉 Youtube
__________________________
#пресс_конференция

Началась пресс-конференция, посвященная обсуждению нововведений в сфере налогового администрирования, с участием председателя Государственного налогового комитета Шерзода Кудбиева.

📹Прямой эфир смотрите по ссылке:

👉 Youtube

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#matbuot_anjumani

Davlat soliq qo‘mitasi raisi jurnalist va blogerlar bilan uchrashdi

Soliq qonunchiligidagi yangiliklar ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xususan, ayrim nashrlar tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini soliqqa tortish tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlar hamda soliq ma’muriyatchiligida raqamli tizimlar va xizmatlardan foydalanish samaradorligi to‘g‘risida bir qator savollar berildi.

Shu munosabat bilan 2022-yil 17-yanvar kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligida OAV vakillari va blogerlar uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Shuningdek, tadbirda Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov ishtirok etdi.
__________
#пресс_конференция

Председатель ГНК встретился с журналистами и блогерами

Нововведения в налоговом законодательстве вызвали оживленные дискуссии в социальных сетях. В частности, авторы публикаций задавались рядом вопросов об изменениях в порядке налогообложения налогом на имущество юридических лиц и эффективности применения цифровых систем и сервисов в налоговом администрировании.

В этой связи 17 января 2022 года под руководством председателя Государственного налогового комитета Шерзода Кудбиева состоялась пресс-конференция для представителей СМИ и блогеров. В мероприятии также принял участие заместитель министра финансов Дилшод Султанов.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#seminar

Tadbirkorlar bilan bevosita muloqot bo‘lib o‘tdi

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasining “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan joriy yildan yuridik va jismoniy shaxslarning soliq solish tartibiga kiritilayotgan asosiy o‘zgarishlarni soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.

Tarqatma materiallar va video qo‘llanmalar yig‘ilganlarga yangiliklar va o‘zgarishlar to‘g‘risida yanada ko‘proq maʼlumot olish imkonini berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#seminar

Bugun

📍Qarshi shahridagi "Yoshlar markazi" da (soat 10:00), Farg‘ona shahridagi "Tadbirkorlar uyi"da (soat 11:00) Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida soliq ma'muriyatchiligidagi so‘nggi yangiliklarga bag‘ishlangan seminar tashkil etiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#seminar

Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida soliq ma‘muriyatchiligidagi so‘nggi yangiliklarga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etilmoqda.

Kecha

📍
Surxondaryo viloyati. Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida (soat 14:30)

📍Sirdaryo viloyati. Sirdaryo viloyati hokimiyatida (soat 14:30).

Bugun

📍Qashqadaryo viloyati. Qarshi shahridagi "Yoshlar markazi"da (soat 10:00)

📍Farg‘ona viloyati. Farg‘ona shahridagi "Tadbirkorlar uyi"da (soat 11:00) da bo‘lib o‘tdi.

Navbatdagi seminarlar 2022-yil 19-yanvar kuni

📍Andijon viloyati. Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasida (soat 10:00)

📍Buxoro viloyati. Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida (soat 14:00).

2022-yil 20-yanvar kuni

📍Samarqand viloyati. Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi”da (soat 10:00)

📍Navoiy viloyati. Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da (soat 10:00)

📍Toshkent shahri. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida (soat 11:00)

📍Namangan viloyati. Namangan shahar hokimiyatida (soat 10:00).

2022-yil 21-yanvar kuni

📍Xorazm viloyati. Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasida (soat 11:00)

📍Toshkent viloyati. Chirchiq shahar madaniyat saroyida (soat 11:00) bo‘lib o‘tadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#seminar

Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida farg‘onalik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram