Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.1K subscribers
803 photos
372 videos
26 files
948 links
Download Telegram
#uchrashuv

Xorazm, Jizzax, Toshkent, Buxoro viloyati va Toshkent shahri tadbirkorlari bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvdan fotolavhalar
______________________________________
Davlat soliq qo‘mitasi va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyatining biznes vakillari bilan muloqotlari davom etadi

Ertaga, 25-mart kuni:

📍Namangan viloyati
To‘raqo‘rg‘on tumani madaniyat saroyida (soat 10:00)
Uychi tumani madaniyat saroyida (soat 15:00)

📍Jizzax viloyati
G‘allaorol tumani madaniyat saroyida (soat 10:00)
Do‘stlik tumani madaniyat saroyida (soat 15:00)

📍Xorazm viloyati
Urganch shahar hokimiyatida (soat 10:00)
Hazorasp tumani hokimiyatida (soat 15:00)

📍
Buxoro viloyati
G‘ijduvon tumani hokimiyatida (soat 11:00)
Qorako‘l tumani hokimiyatida (soat 15:00) navbatdagi uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Президент Шавкат Мирзиёев:

"Охирги йилларда дунёда юз бераётган пандемия синовлари, иқтисодиёт соҳасидаги мавжуд қийинчиликлар ва бошқа муаммолар бизни ностандарт чоралар кўришга, янгича вазиятда ишлаш ва натижага эришишга ўргатмоқда.

Дунёдаги бугунги мураккаб вазиятда ҳам Ўзбекистон яшаш ва ишлаш учун тинч ва хавфсиз макон сифатида танилганини ҳеч ким инкор қила олмайди.

Биз инвесторлар учун энг қулай ва жозибадор шароитларни яратиш бўйича ҳаракатларимизни янада жадаллаштирамиз.

Ислоҳотларни амалга ошириш жараёнидаги энг мураккаб вазифа – бу фақат қонунчиликни ўзгартириш ёки турли стратегияларни ишлаб чиқишдан иборат эмас. Булар албатта муҳим, лекин энг асосийси – одамларнинг дунёқараши ва фикрлашини ўзгартириш эканлигини, ўйлайманки, дунёдаги барча ислоҳотчилар тан олса керак".
#keshbek

Isteʼmolchilar fevral oyida 30 mlrd so‘mga yaqin keshbek to‘pladi

Chek uchun keshbek. 2022-yil 1-yanvardan xarid cheklarini “Soliq” mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1% keshbekka ega bo‘lmoqda.

Fevral oyida isteʼmolchilar tomonidan 27,9 mlrd so‘m keshbek yig‘ildi va shundan 24-mart holatiga 12,1 mlrd so‘m to‘lab berildi.

❗️Sotuvchilar tomonidan 6826 ta xarid cheki bekor qilinganligi sababli 468,9 mln so‘mlik keshbek to‘lanmaydi.

Qolgan keshbek summalari qachon to‘lanadi?

🔹4,5 mlrd so‘mlik keshbek
15474 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan soliq hisobotlari topshirilganidan so‘ng;

🔹0,7 mlrd so‘mlik keshbek 3460 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan soliq qarzi to‘langanidan so‘ng;

🔹10 mlrd so‘mlik keshbek shubhali bo‘lgani sababli o‘rganish natijasidan kelib chiqqan holda to‘lab beriladi.

“Soliq” mobil ilovasidagi tasdiqlangan “keshbek” mablag‘lari bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

1% keshbek nega 20-sanadan keyin qaytariladi?

Qaysi cheklarga keshbek qaytarilmaydi?

15 900 ta xarid cheki uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilindi. Sabab...

Keshbek – savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati.

Onlayn-NKM foydalanuvchilariga qanday imtiyozlar taqdim etilgan?

Yana 15 mingdan ortiq isteʼmolchiga keshbek to‘lab berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tayinlov

Andijonda 5 ta davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi

🖊Davlat soliq qo‘mitasi Raisi buyrug‘i bilan:

🔹Qosimov Ibratjon
Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasi;

🔹Musayev Alisher Xo‘jaobod tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔹Muminov Elmurod Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔹Zulunov Baxtiyor Jalaquduq tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔹Kodirov Abduvoxid Ulug‘nor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv

Namangan, Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan uchrashuvlardan fotolavhalar
______________________________________
DSQ va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyatining tadbirkorlar bilan o‘tkazadigan navbatdagi uchrashuvlari

26-mart:

📍
Andijon viloyati
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutida (soat 10:00)
Shahrixon tumani madaniyat saroyida (soat 15:00)

📍Toshkent shahri
Shayxontohur tumani Milliy matbuot markazida (soat 11:00)
Olmazor tumani hokimiyatida (soat 15:00)
Yashnobod tumani davlat soliq inspeksiyasida (soat 17:00) ochiq muloqotlar o‘tkaziladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram