Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.17K subscribers
825 photos
378 videos
26 files
956 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezident qarori bilan tadbirkorlarga soliq qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berildi, shuningdek ularning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha to‘xtatildi.

👆Batafsil mutaxassis sharhida.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yer_soligi

Yer solig‘i stavkalarini Soliq qo‘mitasining interaktiv xizmatidan bilib oling

🌐Soliq qoʻmitasining www.soliq.uz rasmiy veb-saytiga “qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha soliq stavkalari” joylashtirildi 👉 https://soliq.uz/regulations/land-property-tax

Ushbu havolada yuridik va jismoniy shaxslar uchun respublika miqyosida tuman (shahar)larning mahalla va koʻchalari kesimida qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkalari va koeffitsiyentlarini bilib olish mumkin.

👉Yuridik shaxslar yer solig‘i bazaviy stavkalari
👉Jismoniy shaxslar yer solig‘i bazaviy stavkalari

Oynada kerakli hudud tanlanganda tasdiqlangan soliq stavkalarining aniq miqdorlari haqida maʼlumot shakllanadi.

Misol:
Toshkent shahri Mirobod tumani “Bayot MFY”ning 4-zonasida joylashgan korxonaning umumiy yer maydoni 1 100 kv.m. qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha tasdiqlangan soliq stavkalariga koʻra, ushbu hududda
1 kv.m uchun yer soligʻi stavkasi 9 900 soʻm.
Shundan kelib chiqib, ushbu korxonaga 2023-yil uchun hisoblanadigan yer soligʻi summasi 1 100 x 9 900 = 10 890 000 soʻmni tashkil qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_NKM

my.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” boʻlimi tanlanadi.

Tahrirlashda tuzatilgan (yangilangan) ma'lumotlar kiritilishi kerak:
mahsulot miqdori;
– summasi;
– QQS;
– mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK);
– o‘lchov birligi;
– komitent STIRi;
– to'lov usuli (naqd pul yoki bank karta).

Shundan so‘ng tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

Yakuniy bosqich – “Yuborish” tugmasini bosish.

❗️Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki summasida tafovut aniqlanganda chek berilgan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay ushbu chek ma'lumotlari tahrirlanishi mumkin.
VMQ-255-son 12.05.2022-yil

👉Mahsulot qaytarilganda onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari qanday rasmiylashtiriladi?

👉Qaytarish cheklarini hisobot davri uchun ro‘yxatdan o‘tkazish

👉Vositachi (komissioner) tomonidan chop etilgan chek ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyati test rejimida ishga tushirildi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Yer_qa'ridan_foydalanganlik_uchun_soliq_hisob_kitobini_to‘ldirish.pdf
655.7 KB
#soliq_hisoboti

Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

🔸Endilikda hisobotning 040-ustunida noruda qurilish materiallari boʻyicha hisoblangan soliq summasi alohida aks ettiriladi.

🔸Ushbu soliq summasi hisobotning 3-ilovasida hisoblab chiqariladi va soliq toʻlovchilarning shaxsiy kartochkasi (185-kod)da alohida shakllanadi.

📚Noruda qurilish materiallari boʻyicha soliq hisobotlari qazib olish amalga oshirilgan joydagi soliq organlariga har oyning 20-sanasidan kechiktirmay taqdim etilishi belgilangan. (Soliq kodeksi 454-modda)

👉Noruda qurilish materiallari roʻyxati

👉Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq hisobotining yangi paket kodi: 10701_26

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

Eslatma❗️2023-yil 10-fevral

yanvar oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);

fevral oyi uchun:

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan mol- mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Tadbirkorlik subyektlari quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratiladi

📌 kichik tadbirkorlik subyektlari:
🔹 yakka tartibdagi tadbirkorlar;
🔹 mikrofirmalar – taʼsischilari (ishtirokchilari) jismoniy shaxslar boʻlgan hamda jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;
🔹 kichik korxonalar – jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan hamda ushbu kichik bandning uchinchi xatboshisidagi taʼsischilari (ishtirokchilari) yuridik shaxslar boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;

📌oʻrta tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi kalendar yil davomida 10 mlrd soʻmdan 100 mlrd soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;

📌 yirik tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi kalendar yil davomida 100 mlrd soʻm va undan yuqori boʻlgan tadbirkorlik subyektlari.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Shuningdek, farmon bilan 2023-yil 1-apreldan boshlab:

🔸jami daromadi 10 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan tadbirkorlik subyektlari uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi va ushbu xaridlar doirasida budjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda 50 foiz miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Bunda, soliq organlari tomonidan jami daromadi 10 mlrd soʻmdan oshgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantiriladi va maxsus axborot portali bilan maʼlumot almashinuvi taʼminlanadi;

🔸davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda QQS summasi inobatga olinmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-maydan quyidagilar majburiy hisoblanadi:

🔸avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron oʻlchash uskunalari va onlayn video kameralarini oʻrnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;

🔸paxta, gʻalla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish boʻyicha axborot tizimlarining operatorlari oʻz tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilishi.

🔸shuningdek, toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar oʻrtasida pul oʻtkazmalari amalga oshirilganda, ularga koʻrsatilgan xizmatlar uchun (olingan haq, komissiya uchun “0” soʻm boʻlgan taqdirda ham) elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etadi va rasmiylashtiradi.

Shu bilan bir qatorda, ushbu EHFlarni qayta ishlash, uzatish va markazlashgan holda saqlash bo‘yicha olinadigan xizmat haqini kamaytirish (bekor qilish) bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi va bu bo‘yicha aniq yechimlar qabul qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan summada to‘lashni tanlaganalar AOS hisobotini taqdim etmaydi.

Qat'iy soliq summasi soliq to‘lovchi shaxsiy hisobvarag‘ining 100-kodida to‘lashga avtomatik hisoblanadi.
Eslatma❗️2023-yil 15-fevral

yanvar oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob- kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5 qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-qism);

2022-yil uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob- kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5 qismlar);

- Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan mol-mulk soligʻi toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-modda 10-qism);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-qism).
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mutaxassis_sharhi

Tadbirkorlarga soliq qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berildi, shuningdek ularning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha to‘xtatildi.

👆Batafsil mutaxassis sharhida.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_hamkor

Xarid cheki berilmaganligi bo‘yicha 10 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan

2023-yil yanvar oyida “Soliq” mobil ilovaning “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 10 989 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹10 204 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹394 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹15 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹376 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
2023-yil 1-apreldan boshlab umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘idan 3 yil muddatga ozod etiladi.
Jismoniy shaxslarga quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soati uchun Davlat budjetidan 1000 so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Subsidiya soliq organlari tomonidan har oyda “Soliq” mobil ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🎓Endi "kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish to‘liq masofadan

📚Ko‘p hujjatlar kerak emas, shartnoma va to‘lov kvitansiyalari bo‘lsa yetarli.

📽Videorolikda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun to‘langan mablag‘lardan daromad solig‘ini qaytarib olish ham ko‘rsatib o‘tilgan.

👉Youtubeda ko‘rish

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

Mahsulot kreditga sotilganda onlayn-NKM cheklarida qanday aks ettirilishi bo‘yicha videoqo‘llanma

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter