Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.1K subscribers
803 photos
372 videos
26 files
948 links
Download Telegram
Yosh soliqchilar uchun davra suhbati tashkil etildi.

‼️Toshkent soliq texnikumida Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi mutasaddilari tomonidan “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili amalda mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🔰Tadbirda soliq texnikumi o‘quvchilari ishtirok etib, ularga so‘ngi yillarda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

✳️Davra suhbatida so‘z olganlar “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdilar.

✔️Muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda yosh soliqchilar turli sohalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

📌Bahs-munozalarga boy bo‘lgan tadbir o‘quvchilarga katta taаsurot qoldirdi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 23-iyun

iyun oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd so‘mdan oshadigan foyda solig‘i to‘lovchilari har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️23 июня 2022 года крайний срок

за июнь:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

Mahsulot kreditga sotilganda onlayn-NKM cheklarida qanday aks ettirilishi bo‘yicha videoqo‘llanma

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tekshiruvdan_oldingi_tahlillar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda aniqlanayotgan xatoliklar

Davlat soliq organlari tomonidan o‘tkazilayotgan tekshiruvdan oldingi tahlillar davomida aniqlanayotgan xatoliklardan biri
foydali qazilmalar qazib oluvchi soliq to‘lovchilar tomonidan QQS hisobotini taqdim etish jarayonida realizatsiya qilingan foydali qazilmalar qiymatini soliq hisobotlarda to‘liq aks ettirmaslik holatidir.

Kamchilikni bartaraf etish uchun – soliq to‘lovchilar Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisobotining “pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmi” ustunida (70-ustun) realizatsiya qilgan foydali qazilmalarning qiymatini QQS hisobotida aks ettirish lozim.

Ma’lumot uchun: yuqoridagi holatlar bo‘yicha 2021-yilda 139 ta tashkilot soliq hisobotlarida jami 9 405,9 mln so‘mlik tafovut aniqlangan.

👉Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p uchrayotgan boshqa xatoliklar qanday bartaraf etiladi?

👉Tahlillar – o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan tekshiruvlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#keshbek

To‘langan keshbeklar 180 milliard soʻmdan oshdi

May oyi
uchun 509 781 nafar isteʼmolchiga 53,8 mlrd soʻm keshbek toʻlandi.

Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-aprel oylari uchun yana 1,8 mlrd so'm keshbek tasdiqlandi.

💰Yil boshidan buyon 673 597 nafar fuqaroga 180,5 mlrd soʻm keshbek toʻlab berildi.

*tasdiqlangan keshbek summasini bugundan boshlab bank plastik kartalariga o‘tkazib olish mumkin.
____________
#кешбэк

Выплаченные суммы кешбэка превысили 180 миллиардов сумов

За май
месяц 509 781 потребителю выплачено 53,8 млрд сумов.

Также после устранения недостатков в налоговой отчетности и уменьшения налоговой задолженности за январь-апрель – выплачено 1,8 млрд сумов кешбэка .

💰Итого с начала года общая сумма кешбэка, выплаченного 673 597 потребителям, достигла 180,5 млрд сумов.

* подтвержденные суммы кешбэка можно перевести на прикрепленную банковскую карту начиная с сегодняшнего дня.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Shuningdek, mamlakatimiz Rahbari tomonidan, “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror ham imzolandi.

Qarorga muvofiq, 01.07.2022-yildan 01.07.2025-yilga qadar ommaviy axborot vositalari foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50% kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
❗️Reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari bundan mustasno.
_____________
#новое_в_законодательстве

Сегодня Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев издал Указ "О награждении в связи с Днем работников печати и средств массовой информации группы работников сферы".

Также руководителем страны подписано Постановление "О мерах по поддержке средств массовой информации и развитию сферы журналистики".

Согласно постановлению в период с 1.07.2022 по 1.07.2025 года СМИ уплачивают налог на прибыль по налоговой ставке, сниженной на 50% по отношению к установленной налоговой ставке.
❗️Исключение составляют СМИ рекламного характера.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Пахта ҳосилдорлигини ошириш ва тўқимачилик маҳсулотлари экспортини кўпайтириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Давлатимиз раҳбари тўқимачилик корхоналари молиявий ҳисобот бўйича халқаро стандартларга ўтиши зарурлигини таъкидлади.

– Бу дунё бозорига чиқиш, хорижий брендлар билан ишлаш ва тўғридан-тўғри кредитлар жалб қилишга замин яратади, – деди Президент.

Тўқимачилик корхоналарини хомашё билан узлуксиз таъминлаш чоралари ҳам кўрсатиб ўтилди. Пахта толаси ва ип-калавани биржага мунтазам чиқариш, улар учун тўлов тизимини такомиллаштириш бўйича тавсиялар берилди.

Соҳа учун солиқ ва божхона маъмурчилиги ҳам енгиллаштирилиши, хусусан, хомашёни божхона ҳудудида қайта ишлаш тартиби соддалаштирилиши қайд этилди.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#keshbek

Chek uchun keshbek: joriy yilning 1-yanvaridan 27-iyunigacha cheklari eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari – TOP-10

1.
Anglesey food 4,9 mln ta
2.
Havas food 2,5 mln ta
3.
Darvoza savdo 1,5 mln ta
4.
Inspired 1,2 mln ta
5.
UNG Petro 968 ming ta
6.
Namangan istiqlol bog‘i 495,7 ming ta
7.
International foodchain 456,2 ming ta
8.
Sharqona yagona savdo 446,7 ming ta
9.
Best quality products 324,9 ming ta
10.
Osiyo trade biznes 258,7 ming ta

Iste'molchilarga to‘langan keshbek
180 milliard soʻmdan oshdi.
__________
#кешбэк

Кешбэк за чек: ТОП-10 субъектов предпринимательства по количеству чеков, зарегистрированных с 1 января по 27 июня этого года

1.
Anglesey food 4,9 млн
2.
Havas food 2,5 млн
3.
Darvoza savdo 1,5 млн
4.
Inspired 1,2 млн
5.
UNG Petro 968 тыс.
6.
Namangan istiqlol bog‘i 495,7 тыс.
7.
International foodchain 456,2 тыс.
8.
Sharqona yagona savdo 446,7 тыс.
9.
Best quality products 324,9 тыс.
10.
Osiyo trade biznes 258,7 тыс.

Сумма выплаченного потребителям кешбэка
превысила 180 млрд сумов.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_brifing

📹 AOKAda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dildora Xashimova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi

Unda foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk obyektlariga taʼsirchan soliq mexanizmini qo‘llash bekor qilingani, QQS maʼmuriyatchiligi soddalashtirilishi va soliq qonunchiligidagi boshqa yangiliklar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#yoshlar_kuni

Yoshlik — umrning bahori, g‘ayrat-shijoat fasli

Yoshlik — inson umrining bahori, betakror, azmu shijoatga to‘la faslidir. Yoshlik kelgusi umrning qay manzil tomon yo‘nalishini hal etadigan muhim palladir. Yurakda muhabbat, tafakkurda bitmas-tuganmas g‘oyalar jo‘sh urgan bu davrda inson o‘zini dunyoni o‘zgartirishga qodir his qiladi. Ana shu jurʼat insoniyatni buyuk ixtirolar, ilm-fanda ulkan muvaffaqiyatlar qilishga undaydi. Bir so‘z bilan aytganda, yoshlik — dunyoni yangilashga, odamzodning hayot tarzini yana-da yaxshilashga hissa qo‘shishdek ulug‘ ishda qatnashish uchun har birimizga berilgan takrorlanmas imkoniyatdir.

Bugun yurtimiz yoshlari ana shu imkoniyatlardan samarali foydalanib, Yangi O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga doston qilayotir.

Shu o‘rinda taʼkidlash joiz, Prezidentimiz boshchiligida bugun yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, mamlakat ertasi bo‘lmish yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini erkin namoyon qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish borasida qator amaliy ishlar qilinmoqda. O‘z navbatida, yoshlar ham bu imkoniyatlarga ilm-fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport va boshqa ko‘plab sohalarda erishayotgan yutuqlari, olamshumul g‘alabalari bilan munosib javob qaytarishga harakat qilayotir.

Davlat soliq xizmati organlarida ham asosiy kuch bu — yosh kadrlar hisoblanadi. Ularning ishchanligi, izlanishga, o‘rganishga bo‘lgan baland ishtiyoqi boshqa xodimlarni ham g‘ayrat bilan mehnat qilishga, yoshlardan ortda qolmay samarali faoliyat olib borishga undaydi. Hozirda davlat soliq xizmati organlarida 2 ming nafardan ziyod 30 yoshgacha bo‘lgan xodim xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yurtimizning barcha mahallalarida istiqomat qilayotgan yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, sport va boshqa sohalar bo‘yicha turli tanlovlar o‘tkazish orqali qo‘llab-quvvatlash ishlariga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Bugungi kunda Respublikamiz miqyosida 753 ming nafardan ziyod yosh tadbirkorlar faoliyat yuritmoqda. Shundan 90 mingga yaqini korxona rahbari, 52 mingdan ziyodi yakka tartibdagi tadbirkor, 611 mingdan ortig‘i o‘zini o‘zi band qilgan yoshlardir.

30-iyun — Yoshlar kuni bilan Yangi O‘zbekistonning ertasi bo‘lgan uka-singillarimni samimiy muborakbod etaman!

Shu muqaddas zaminni asrab-avaylash, mehnatkash xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, yurtimizni dunyoning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqishdek nihoyatda sharafli ishda yoshlarga ishonishimizni, ularga suyanishimizni taʼkidlab, mana shu masʼuliyatli vazifani vijdonan, sidqidildan ado etishda barcha yoshlarga kuch-quvvat, ulkan zafarlar tilayman.

Aziz yoshlar, umrning bahorini, g‘ayrat-shijoat faslini munosib yashang! Bayram muborak bo‘lsin!

Sherzod KUDBIYEV,
Davlat soliq qo‘mitasi raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram