Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.31K subscribers
834 photos
389 videos
28 files
981 links
Download Telegram
#keshbek
#soliq_hamkor

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan “Soliq-hamkor” va keshbek tizimi – samarali jamoatchilik nazorati olib borishda muhim omil” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#tayinlov

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

✍️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Adxamjon Tillavoldiyev Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

A.Tillavoldiyev 1965-yilda tug‘ilgan. 1986-yilda Marg‘ilon reja-iqtisod texnikumini, 1992-yilda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv institutini tamomlagan.

U 2018-yildan buyon Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adxamjon Tillavoldiyev Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shukurulloxon Nisbatxonov Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan edi.

Тelegram | Facebook |Youtube| Instagram
#savol_javob

– Sanatoriy Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida joylashgan. Soliq kodeksining 428-moddasiga binoan biz yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilganmiz. Biz ham yer solig'i uchun hisoblangan summaning 1%ini to'lashimiz kerakmi?

2022-yil 6-avgustdan
Soliq kodeksining 483-moddasi, shuningdek, Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq soliqni to‘lashdan to‘liq ozod etilgan tadbirkorlik subyektlari yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan summaning 1%ini to‘laydi.
👉Soliq kodeksining 75-moddasi 11-qismi

Soliq kodeksining 428-moddasiga asosan, sog‘liqni saqlash obyektlari egallagan yer uchastkalari yer solig‘iga tortilmaydi. Shu bois ushbu imtiyoz soliqning bir qismini to‘lash bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq emas. Demak bunday yer uchastkasi uchun hisoblangan soliq summasining 1 %ini to'lash talab etilmaydi.

Тelegram | Facebook |Youtube| Instagram
#tayinlov

Alisher Boyxanov Namangan viloyati DSB boshlig‘i etib tayinlandi

✍️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Alisher Nosirovich Boyxanov Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Namangan viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan tanishtiruv marosimida Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev hamda Namangan viloyati hokimi Sh.Abdurazzoqov ishtirok etdi.

A.Boyxanov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

A.Boyxanov 1972-yilda tug‘ilgan. 1994-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Adxamjon Tillavoldiyev o‘rnida ish boshladi.

Alisher Boyxanov Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi

Тelegram | Facebook |Youtube| Instagram
#25_may
#bitiruvchi_2022

Fidoyilik hamda halollik kabi xislatlarni namoyon qila oladigan Davlat xizmatchisi bo‘lishdek eng sharafli kasbni tanlashingiz tarafdoriman

Aziz bitiruvchilar, jonajon maktabingiz, qadrdon ustozlaringiz va bir partada yonma-yon o‘tirib, oila aʼzolaridek bo‘lib qolgan sinfdoshlaringiz bilan xayrlashib, hayotingizning yangi, yanada masʼuliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotganingiz bilan samimiy tabriklayman.

Bunyodkorlik, yaratuvchanlik, har doim o‘qish va izlanishda bo‘lib, yurtimiz taraqqiyoti, uning rivoji, ertangi kuni uchun kerakli insonlar bo‘lib yetishishingizda omadlar tilayman.

Albatta fikr erkinligi, xilma-xilligi ko‘p va ularni hurmat qilamiz.

Lekin, bugun sizning shaʼningizga bildirilayotgan ezgu tilaklar qatorida, kimlardir davlat xizmatchisi bo‘lishni tanlamang degan maslahatlarni ham berishdi.

Xalqimizning xizmat qilgan elda aziz, degan iborasi bejizga aytilmagan.

Davlat xizmatchisi – bu xalq xizmatkoridir!

Yangi O‘zbekiston meʼmori
va tashabbuskori hisoblanuvchi Prezidentimiz tomonlaridan belgilangan bugungi va ertangi avlodlarimizning “Uchinchi Renessans” poydevorini birgalikda qurishimiz uchun yuksak kasbiy mahorat, kuchli iroda sohibi, o‘rni kelganda mardlik va fidoyilik hamda halollik kabi xislatlarni namoyon qila oladigan Davlat xizmatchisi bo‘lishdek eng sharafli kasbni tanlashingiz tarafdoriman.

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#keshbek

Aprel oyi uchun iste‘molchilarga 40 mlrd so‘mga yaqin keshbek to‘lab berildi

🧾
Aprel oyida 427 ming nafar iste'molchi tomonidan 8 mlntaga yaqin chek "Soliq" mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 7,5 mlntaga yaqin cheklarga 61,4 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.

💰27-may holatiga 340 mingdan ortiq iste'molchilarga 38,6 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.

Qolgan keshbek summalari qachon to‘lanadi?

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:

soliq hisobotlari topshirilishi;
hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
soliq qarzdorligi kamaytirilishi
inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.

👉Keshbek olish uchun chek qanday ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

👉K
eshbek bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

👉Elektron xaridlar uchun ham keshbek to‘lanadi

👉Qanday cheklarga keshbek qaytarilmaydi?

👉Keshbek chek ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyingi oyning 25-sanasidan so‘ng tasdiqlanadi
______________________
#кешбэк

Потребителям за апрель уже выплатили почти 40 млрд сумов кешбэка

🧾
В апреле 427 тысяч потребителей зарегистрировали около 8 млн чеков в мобильном приложении "Soliq", почти за 7,5 млн из них начислен кешбэк в размере 61,4 млрд сумов.

💰По состоянию на 27 мая более 340 тысячам человек уже выплачено 38,6 млрд сумов кешбэка.

Когда будут выплачены оставшиеся суммы кешбэка?

Суммы кешбэка выплачиваются автоматически, по мере того как субъекты предпринимательства:
представляют налоговую отчетность;
исправляют недостатки в отчетности;
погашают
налоговую задолженность.

👉Как зарегистрировать чек, чтобы получить кешбэк?

👉
Как перевести кешбэк на банковскую карту?

👉Кешбэк за дистанционные электронные платежи

👉За какие чеки с QR-кодом не возвращается кешбэк?

👉Кешбэк подтверждается после 25-го числа следующего месяца

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram