Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.34K subscribers
838 photos
395 videos
28 files
990 links
Download Telegram
#keshbek

Qanday cheklarga keshbek qaytarilmaydi?

Keshbek hisoblanmaydi:

agar chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
agar sotib olingan tovar (xizmat)lar cheki uchun avval keshbek hisoblangan bo'lsa;
avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari uchun;
DSQ tomonidan yuritiladigan shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklari uchun.

Kimlar shubhali xaridorlar bo‘ladi?

Shubhali xaridorlar –
keshbekka ega bo‘lish uchun boshqa fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan xarid cheklarini egasining ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar.

Bunda, xaridni amalga oshirgan shaxs o‘z cheki boshqa foydalanuvchi tomonidan Soliq mobil ilovasida (Android/iOS) ro‘yxatdan o‘tkazilganligini aniqlasa:
▫️chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxs foydasiga keshbekdan voz kechishi mumkin;
▫️yoki ushbu shaxs ustidan shikoyat qilishi mumkin. Buning uchun Soliq ilovasida ochiladigan maxsus oynada shikoyat qilishni istaysizmi so‘roviga "ha" javobini tanlash kerak.

Mobil ilova orqali o‘zgalarga tegishli bo‘lgan 15 va undan ortiq QR-kodli chekni ro‘yxatdan o‘tkazganligi haqida shikoyat kelib tushgan foydalanuvchilar shubhali xaridorlar reestriga kiritiladi.

Bundan tashqari, cheki boshqa fuqarolar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan haqiqatda xaridni amalga oshirgan jismoniy shaxs belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Boshqalar ro‘yxatdan o‘tkazgan o‘z cheki uchun keshbek olsa bo‘ladimi?

Agar shikoyat qilish paytida keshbek to'lanmagan bo'lsa, chekning haqiqiy egasi soliq organlariga aynan o'sha xaridni amalga oshirganligi va QR-kodli chekni olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etsa unga tegishli keshbek hisoblanadi.

Agar ushbu faktlarni tasdiqlashning imkoni bo'lmasa, keshbek sud qarori asosida qaytariladi.

👉VM-255-son qarori 12.05.2022-yil
__________
#кешбэк

За какие чеки с QR-кодом не возвращается кешбэк?

Кешбэк не начисляется:

если чек выдан больше 10 календарных дней назад,
если за чек уже возвращен 1% от стоимости приобретенных товаров (услуг),
при покупке автомобилей, авиа- и железнодорожных билетов, оплате за коммунальные услуги и услуги связи,
за чеки физических лиц, внесенных в реестр сомнительных покупателей, учет которых ведется ГНК.

Кто становится сомнительным покупателем?

Сомнительными покупателями становятся те физические лица, которые регистрируют чужие чеки с целью получения кешбэка без разрешения их владельца.

При этом если подлинный обладатель обнаружил, что его чек уже зарегистрирован в мобильном приложении Soliq (Android/iOS) другим пользователем, он может:
▫️отказаться от кешбэка в пользу того, кто отсканировал чек,
▫️или же подать жалобу на это физлицо.
Для этих целей в приложении Soliq всплывает окошко, в котором необходимо указать, хотите вы пожаловаться или нет.

Сомнительных покупателей вносят в соответствующий реестр, если на них поступает жалоба о сканировании в мобильном приложении 15 и более чеков с QR-кодом.

Кроме того, тот, кто совершил реальную покупку, чек за которую отсканировал другой человек, также вправе обратиться в суд в установленном порядке.

Можно ли получить свой кешбэк, если кто-то другой отсканировал чек?

Если на момент подачи жалобы кешбэк еще не выплачен, то подлинный обладатель чека предоставляет в налоговые органы документы, подтверждающие, что именно он совершил покупку и получил за нее чек с QR-кодом, после чего ему возвращается положенный кешбэк.

Если подтвердить данные факты нет возможности, кешбэк возвращается на основании решения суда.

👉ПКМ от 12 мая 2022 года №255

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Маҳсулотларни биржа савдоларига чиқариш тартиби соддалаштирилади

Порядок размещения продукции на биржевые торги будет упрощен

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fiskal_institut

Fiskal institutda "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish sharoitida soliqqa tortish va buxgalteriya hisobining muammolari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#imtiyoz #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ipakchilik va qorako‘lchilik bo‘yicha ayrim soliq imtiyozlari muddati uzaytiriladi

Prezidentimizning 27.04.2022-yildagi PQ-224-son qarori bilan ipakchilik va qorako‘lchilik sohasiga taqdim etilgan ayrim soliq imtiyozlari muddatlarini uzaytirish belgilandi.
Xususan:

🐛🌴ipak qurti urug‘i, tut ko‘chatlari va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni mol-mulk va yer solig‘idan ozod etish imtiyozi 01.01.2023-yildan 01.01.2026-yilga qadar uzaytiriladi.
Mazkur imtiyoz 04.12.2018-yildagi PQ-4047-son Prezident qarori bilan 01.01.2023 yilgacha taqdim etilgan edi;

🐑qorako‘lchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun yer solig‘i stavkasini 2018-yilda belgilangan miqdorda saqlab qolish muddati 01.01.2026-yilgacha uzaytiriladi.
Ushbu preferensiya 14.03.2018-yildagi PQ-3603-son Prezident qarori bilan 01.01.02023-yilgacha belgilangan edi.

Qarorda mazkur o‘zgarishlardan kelib chiqib Soliq kodeksiga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha Qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish belgilangan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Shaffoflik va soliq maqsadlarida maʼlumot almashish bo‘yicha Global forumga aʼzo bo‘ldi

Avval xabar berilganidek, Davlat soliq qo‘mitasi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Shaffoflik va soliq maqsadlarida maʼlumot almashish bo‘yicha Global forumga aʼzo bo‘lish bo‘yicha arizasini tashkilotning Kotibiyatiga taqdim qilgan edi.

Arizani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, shuningdek, respublikamizda soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni inobatga olgan holda, joriy yilning 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Global forumda ishtirok etuvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritildi, deya xabar berdi tashkilotning rasmiy sayti Global forum raisi Mariya Xose Gardga tayanib.

Shaffoflik va soliq maqsadlarida maʼlumot almashish bo‘yicha Global forum o‘z faoliyatini Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti shafeligida olib boradi. Global forum aʼzo yurisdiksiyalar o‘rtasida soliq maqsadlarida maʼlumot almashish uchun platforma bo‘lib xizmat qilib, soliq maʼmuriyatchiligi shaffofligini taʼminlashda muhim samarali instrument hisoblanadi.

Global forumga aʼzolik O‘zbekistonga soliq maqsadlarida avtomatik tarzda maʼlumot almashishga imkon berib, noqonuniy moliyaviy oqimlarga qarshi kurashishda yangi bosqichga o‘tish uchun sharoit yaratadi. O‘z navbatida, chet el korxonalari tomonidan Global forumga qo‘shilish mahalliy va chet el korxonalari uchun teng biznes sharoitini yaratish uchun asos sifatida baholanadi.
____________
#сотрудничество

Республика Узбекистан присоединилась к Глобальному форуму по прозрачности и обмену информацией для целей налогообложения

Как сообщалось ранее, делегация Государственного налогового комитета передала заявку Республики Узбекистан по присоединению к Глобальному форуму по прозрачности и обмену информацией для целей налогообложения.

По итогам рассмотрения заявки, а также с учетом принимаемых мер в республике по совершенствованию системы налогового администрирования, 18 мая текущего года Республика Узбекистан включена в список стран-участников Глобального форума, о чем сообщено на официальной страничке организации со ссылкой на Председателя Глобального форума Мария-Хосе Гарде.

Глобальный форум по прозрачности и обмену информацией для целей налогообложения осуществляет свою деятельность под эгидой Организации экономического сотрудничества и развития. Глобальный форум служит платформой для обмена информацией в налоговых целях между юрисдикциями-членами и является эффективным инструментом в обеспечении прозрачности налогового администрирования.

Государственному налоговому комитету предстоит провести подготовительную работу к осуществлению обмена налоговой информации, в том числе гармонизацию законодательства в соответствии со стандартами ОЭСР.

Членство в Глобальном форуме позволит перейти на принципиально новый уровень в противодействии использования схем ухода от налогообложения. В свою очередь, присоединение страны к Глобальному форуму рассматривается как основа для создания равных условий для ведения бизнеса и способствует привлечению дополнительных инвестиций в экономику.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#gender_tenglik

Davlat soliq xizmati organlarining ustuvor vazifalaridan biri – Gender tenglikni ta'minlash

Yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ayollarga munosib sharoit yaratish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalasi eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.

Bu borada davlat soliq xizmati organlarida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning 16-20-may kunlari hududiy davlat soliq organlarida rahbarlik lavozimiga tayinlangan hamda tizimda ishlayotgan ayol xodimlarni rahbarlikka o‘qitish bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Fiskal institutda tashkil etilgan malaka oshirish kursi yakunida kursni muvafaqqiyatli tamomlagan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

Surxondaryo viloyati 4-sektor rahbari Sariosiyo va Uzun tumanlarida sayyor qabul o‘tkazdi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#bilasizmi #keshbek

Qanday cheklarga keshbek qaytarilmaydi?

❗️Keshbek hisoblanmaydi:

🔴 shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklari uchun;

🔴 avval ro‘yxatdan o’tkazilgan yoki sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismi qaytarilgan cheklar uchun;

🔴 chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;

🔴 sotib olingan tovar (xizmat)lar cheki uchun avval keshbek hisoblangan bo'lsa;

🔴 avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari uchun.

Telegram | Facebook | You tube |Web-site
#soliq_hamkor

👉Xaridor chekni olmasa, tadbirkor jarima to‘laydimi?

👉"Soliq hamkor" orqali yo‘llangan murojaatlar qanday o‘rganiladi?

👉Qaysi hollarda murojaat rad etiladi?

👉Tadbirkorlar nima uchun jarimaga tortiladi, xaridor chek olmagani uchunmi yoki sotuvchi onlayn-kassadan chek chiqarmagani uchunmi?

📺Shu va mavzuga oid boshqa savollarga javoblar "Sevimli" telekanalining "Oramizdagi odamlar" ko‘rsatuvida.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#keshbek
#soliq_hamkor

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan “Soliq-hamkor” va keshbek tizimi – samarali jamoatchilik nazorati olib borishda muhim omil” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram