Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.1K subscribers
803 photos
372 videos
26 files
948 links
Download Telegram
Qachondan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etiladi?
Anonymous Quiz
72%
1-apreldan
8%
1-maydan
8%
1-iyundan
12%
1-sentabrdan
Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlari teng yarmini qachongacha to‘lashi kerak?
Anonymous Quiz
17%
1-aprelgacha
76%
15-aprelgacha
4%
1-avgustgacha
3%
15-avgustgacha
Jismoniy shaxslar deklaratsiyaga asosan to‘lanishi lozim bo‘lgan daromad solig‘ini qachongacha to‘lashi kerak?
Anonymous Quiz
37%
1-may
22%
15-may
33%
1-iyun
9%
15-iyun
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2022-yil 1-apreldan soliq qonunchiligida qanday o'zgarishlar kuchga kiradi?
__________
#новое_в_законодательстве

Какие изменения в налоговом законодательстве вступят в силу с 1 апреля 2022 года?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

☝️Deklaratsiyani o‘z vaqtida topshirib konstitutsiyaviy burchingizni ado eting

📚Soliq kodeksining 393-moddasiga asosan 2021-yil davomida:

🔹foiz va dividend ko‘rinishida, mol-mulkini ijaraga berib (agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa);
🔹ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida;
🔹moddiy naf tarzida;
🔹O‘zbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan;
🔹soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan;
🔹soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa manbalardan daromad olgan O‘zbekiston rezidentlari 2022-yilning 1-apreliga qadar jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya topshirishlari lozim.

👉Deklaratsiya topshirish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p aniqlanayotgan xatoliklar

Soliq organlari kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilishi boshlanguniga qadar tekshiruvdan oldingi tahlilni o‘tkazishi mumkin.
Soliq kodeksi 138-modda

Bu soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan hisobotlardagi tafovutlarni kelib chiqish sabablarini ularga tushuntirgan holda, o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan tekshiruvlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda hisobot topshirishda eng ko‘p xatoga yo‘l qo‘yilayotgan yo‘nalishlardan biri taqdim etilgan daromad solig‘i hisobotida mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar ko‘rsatkichlarini ortib boruvchi yakun bilan taqdim etmaslik holatidir.

Soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilayotgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitoblari bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshiruvdan oldingi avtomatlashtirilgan tahlillarda tafovutlar aniqlanmoqda.

Bunga sabab – hisobot davrida hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar summasini hisobotning 011-satrida yil boshidan o‘zgartirmasdan taqdim etilishidir.

Xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun:
🔸soliq to‘lovchilar tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitobining 011-satrida mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar ortib boruvchi yakun bilan shakllantirilishi lozim.
🔸ushbu hisobotning 0110-satrida esa hisobot davrida hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar aks ettirilishi zarur.

Ma’lumot uchun: 2021-yilda mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar ko‘rsatkichlarini ortib boruvchi yakun bilan taqdim etmaslik holati bo‘yicha 63 500 ta tashkilot soliq hisobotlarida jami 258 240,9 mln so‘mlik tafovutlar aniqlangan.

👉Soliq organlari soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillarni o‘tkazishi mumkin

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 244-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida axborot xabari
_____________________

Информационное сообщение об изменениях, внесенных в статью 244 Налогового кодекса Республики Узбекистан

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#hayat

Hay’at majlisi: 13 ta DSI boshlig‘i lavozimidan olindi, 40 dan ziyod rahbar xodimga intizomiy choralar ko‘rildi...

Zamonaviy aloqa vositalari orqali tizimning barcha xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi Hay’at majlisi keskin tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi.

Unda joriy yilning I chorak yakunlari bo‘yicha soliq organlari faoliyat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi va mamlakatimiz Prezidentining 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida belgilab bergan vazifalarining so‘zsiz ijro etilishi masalalari muhokama qilindi. Jumladan:

Ayrim yirik soliq to‘lovchilari uchun joriy yilda soliq stavkalarining pasayishiga qaramasdan, budjet tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan umumbelgilangan iqtisodiy ko‘rsatkich (YaIM)ga nisbatan ham yuqori, ya’ni 17%ga o‘sganligi;

Yirik soliq to‘lovchilardan tashqari boshqa tadbirkorlik subyektlarining soliq ma’murchiligiga mas’ul hududlarda esa tushumlarning o‘rtacha o‘sishi 37%ni tashkil etganligi;

Bundan tashqari, soliq ma’murchiligining indikator soliqlaridan QQS 27%ga, hududlarda esa o‘rtacha 60%ga o‘sganligi;

Aylanmadan olinadigan soliq 1,3 baravarga o‘sib, ushbu soliq turidan eng yuqori o‘sish Farg‘onada 67% va Xorazmda 48%ni tashkil etganligi qayd etildi.

Bunday o‘sishga iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi qatorida soliq ma’murchiligini raqamlashtirishdagi dadil qadamlar ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Yig‘ilishda erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda mavjud muammolar ochiq va keskin ravishda tanqid qilindi.

Jumladan, soliq ma’murchiligini ta’minlash, soliq bazasini kengaytirish hisobiga qo‘shimcha daromadlarni jalb etish va yuklatilgan vazifalarni bajarishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun:

Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qashqadaryo va Toshkent viloyati DSB, Kogon hamda Andijon shahar DSI rahbarlariga nisbatan navbatdagi intizomiy jazo choralari belgilandi.

Andijon, Olot, Zomin, Paxtakor, Forish, Uchqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Urgut, Jarqo‘rg‘on, Termiz, Sirdaryo, Guliston tumanlari hamda Yangiyer shahar DSI boshliqlari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, soliq qarzini majburiy undirishga qaratishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun Asaka, Chiroqchi, Mingbuloq, Urgut, Mirzaobod, Sardoba, Bag‘dod, Qumqo‘rg‘on tumanlari hamda Quvasoy va Jizzax shahar DSI bo‘lim boshliqlari lavozimidan ozod etildi.

Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida “Soliq hamkor” tizimi orqali tushgan murojaatlar bilan ishlash hamda ushbu yo‘nalishda nazorat tadbirlarini amalga oshirishdagi jiddiy xato va kamchiliklari uchun Nukus, Jizzax va Andijon shaharlari, G‘ijduvon, Chiroqchi, Karmana, Pop, Urgut hamda Bekobod tumani DSI Sayyor soliq tekshiruvlari bo‘lim boshliqlari ham lavozimidan ozod etildi.

O‘z o‘rnida, yuqori natijalarga erishgan Davlat soliq boshqarmalari va 64 ta soliq inspeksiyalari jamoasini moddiy rag‘batlantirishga qaror qilindi.

Hay’at yig‘ilishida DSQ raisi o‘rinbosarlarining hisobotlari eshitilib, shaxsiy mas’uliyati belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qo‘yilgan har bir bo‘g‘inda temir intizomga rioya etgan holda, jahon bozoridagi keskin tebranishlarga qaramasdan yil boshida belgilangan ko‘rsatkichlarni so‘zsiz ta’minlash, tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Soliqchi – ko‘makchi” institutining istiqbolli ko‘rsatkichlari, kichik va o‘rta biznes subyektlarini transformatsiya qilish, soliq organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish kabi muhim yo‘nalishlarda aniq vazifalar belgilab berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram