Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
13.5K photos
1.89K videos
120 files
4.6K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#27_iyun #tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, Sizlarni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan o‘zim va jamoamiz nomidan tabriklayman.

Soliq xizmati organlari bilan samarali hamkorlik va soha yangiliklarini keng jamoatchilikka yetkazishdagi munosib hissangiz uchun minnatdorlik bildiraman.

Sizlarga ijodiy parvozlar tilayman, doimo qalamingiz o‘tkir, so‘zingiz keskir bo‘lsin. Sihat-salomatlik, baxt-saodat doimo yor bo‘lsin.

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Bayramingiz muborak boʻlsin, sharafli kasbiga sodiq – qadrli soliqchilar!!!

Davlat soliq xizmati organlari tashkil etilganiga 33 yil toʻldi. 12-avgust – milliy soliq siyosatimizga tamal toshi qo‘yilgan kun hisoblanadi. 1991-yil aynan shu kuni Bosh soliq boshqarmasi tashkil etilgan.

Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev mazkur sana munosabati bilan soliq organlarida xizmat qilayotgan barcha xodimlarni va soha faxriylarini tabrikladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

Har bir kasbning zahmati bor, sharafi bor...

Har bir kasbning zahmati bor, sharafi bor,
Mehnat qilgan har insonga zafarlar yor,
Bugun dilga quvonch solar, shodlik solar!
Bayramingiz qutlugʻ boʻlsin soliqchilar!


Soliq qo‘mitasi mehnat faxriysi, "Sodiq xizmatlari uchun" medali sohibi G‘ulomjon Musayev soliq xizmati organlari xodimlariga dil izhorlarini mana shunday go‘zal satrlar orqali yo‘lladi.

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik #20avgust

Soliq qoʻmitasi Raisi
Sherzod Kudbiyev, 20-avgust – Tadbirkorlar kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

Har qanday jamiyat rivojida tadbirkorlar ulkan kuch-qudrat bo‘lib kelgan. Jonajon Vatanimiz – O‘zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarni obod etish yo‘lidagi islohotlarga eng katta hissa qo‘shayotganlar ham tadbirkorlardir!

Yangi va istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yurtimizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini yuksaltirishdagi mehnatlaringiz tahsinga sazovor...

__________
#қутлықлаӯ #20август

Салық комитети Баслығы Шерзод Кудбиев, 20-август – Исбилерменлер күни мүнәсибети менен қутлықлаў жоллады

Ҳәр қандай жәмийет раўажланыўында исбилерменлер үлкен күш-қүдирет болып келген. Әзийз Ўатанымыз – Өзбекстанда экономиканы раўажландырыў, жумыс орынларын жаратыў, кәмбағаллықты қысқартыў, мәҳәллелерди абат етиў жолындағы реформаларға ең көп үлесин қосып атырғанлар да исбилерменлер болып есапланады!

Жаңа ҳәм перспективалы жойбарларды әмелге асырыў, елимиздиң экономикалық қүдирети хәм экспорт потенциалын жетилистириўдеги мийнетлериңиз мактаўға ылайық...


Шерзод Кудбиев,
Салық комитети Баслығы

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Ҳәр қандай жáмийет раӯажланыwында исбилерменлер ушын үлкен күш-қүдирет болып келген. Азиз Ӯатанымыз – Өзбекстанда экономиканы раӯажландырыӯ жумыс орынларын жаратыӯ, кәмбғаллықты қысқартыӯ, мәҳәллелерди абат етиӯ жолындағы реформаларға ең көп үлесин қосып атырғанларда исбилерменлер болады.

Жаңа ҳәм перспективалы жойбарларды әмелге асырыӯ, елимиздиң экономикалық қүдирети хәм экспорт потенциялын жетилистириӯдеги мийнетлериңиз мактаӯға ылайық.

_________
#поздравление #20августа

Председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев
направил поздравление в связи с 20 августа – Днем предпринимателей

Предприниматели всегда были движущей силой в развитии любого общества. Предприниматели – это те, кто вносит самый большой вклад в реформы, направленные на экономическое развитие, создание рабочих мест, сокращение бедности, облагораживание махаллей в Узбекистане - нашей дорогой Родине!

Ваши усилия по успешной реализации новых и перспективных проектов, повышению экономической мощи и экспортного потенциала нашей страны заслуживают похвалы...


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #1oktabr

Aziz ustoz va murabbiylar,
Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga qodir yangi avlodni tarbiyalashdagi sharafli va oliyjanob mehnatlaringiz bebahodir.

Milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga sarflangan moddiy va ma’naviy boyliklar ming chandon ortig‘i bilan qaytishi isbot talab qilmas haqiqat ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz.

Muhtaram ustozlar, fursatdan foydalanib Sizlarni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Soliq qo‘mitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Muhtaram ustoz va murabbiylar, qadrli faxriylar!

Avvalo, taʼlim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar insonlarini, boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan ustozlarni, faxriy soliqchilarni bugungi bayram — “Ustoz va murabbiylar kuni” bilan samimiy tabriklayman.

Ushbu qutlug‘ ayyomda Siz, zahmatkash ustozlarga ko‘nglimdagi yuksak hurmat-ehtiromimni izhor etib, eng ezgu tilaklarimni tilayman.

Sizlar dunyodagi eng bebaho boylik va boqiy merosni yosh avlodga bezavol yetkazish yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan ulug‘ insonlarsiz.

Hurmatli ustoz va murabbiylar, barchangizni bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman. Sharafli kasbingiz tufayli hamisha xalqimiz va shogirdlaringiz ardogʻida yuring.

Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Hurmat bilan
Alovitdin Inagamov
Toshkent viloyati soliq bosharmasi boshlig'i
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin, xalq posbonlari!


Burchiga, Vatanimizga sadoqatli, jasur va fidoyi kasb egalarini 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Soliq tizimi xodimlari nomidan samimiy tabriklaymiz!

Hurmat bilan,
Sherzod Kudbiyev va soliq tizimi jamoasi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

Bayramingiz muborak boʻlsin!


Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari,
Sizlarni 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Soʻnggi yillarda kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va taʻsiri tobora ortib bormoqda.

Bugungi kunda kasaba uyushmalari turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, mehnat huquqlarini himoya qilish, emin-erkin ishlashlari, sogʻligʻini tiklashlari uchun ham moddiy ham maʻnaviy koʻmak berishga qodir muhim institut sifatida jamiyatning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.

Fursatdan foydalanib, Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbdan muborakbod etaman!

Xonadoningizga tinchlik, fayz-u baraka, o‘zingiz va yaqinlaringizga sihat-salomatlik tilayman. Masʻuliyatli va sharafli ishlaringizda yangi yutuqlar doim yor boʻlsin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

🎆Qadrli yurtdoshlar!

🎄Kirib kelayotgan yangi 2025 -yil muborak bo'lsin.

Ushbu yil Sizga ko'pdan-ko'p omadli
lahzalarni va baxtli onlarni hadya etsin.

☄️Yangi 2025- yilda xalqimizning farovonligi,
vatanimiz taraqqiyoti, tinchlik hotirjamligi
yo'lidagi mehnatingizga ulkan zafarlar va omadlar tilayman.
Yangi yil siz azizlarga ulkan muvaffaqiyatlar,
baxtu-saodat, sihat-salomatlik va xonadonlaringizga fayzu-baraka olib kelsin!


🇺🇿Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin!

Hurmat bilan,
Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig'i
Alovitdin Inagamov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TABRIK

🇺🇿Hurmatli prokuratura organlari xodimlari


🇺🇿Sizlarni, kasb bayramingiz munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.

🇺🇿Qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdek sharafli vazifani ado etib kelayotgan prokuratura xodimlarining fidokorona mehnati jamiyatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.

✈️Ushbu qutlug‘ ayyomda barcha prokuratura xodimlariga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Hurmat bilan
Alovitdin Inagamov
Toshkent viloyati soliq bosharmasi boshlig'i
✍️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Aziz Vatan himoyachilari!

Hurmatli, Vatanimiz qalqonlari, mard va jasur o‘g‘lonlari!

Soliq xizmati organlari jamoasi nomidan, Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizlar kabi bahodir, qo‘rqmas va dovyurak insonlar ona Vatanimiz sarhadlarida turar ekan, yurtdoshlarimiz hech qachon hadik sezmaydi.

O‘zbekistonimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lidagi muqaddas burchini sharaf ila ado etayotgan Sizlar kabi qalqonlarimiz bor ekan Vatanimiz mustaqilligi abadiy, demokratik islohotlarimiz bardavom bo‘ladi.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Xalqimizning yuksak ishonchi va hurmat-ehtiromi sizlarga hamisha yor bo‘lsin!

Soliq qoʻmitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#TABRIK

🇺🇿Hurmatli Vatan himoyachilari!


🇺🇿Barchangizni, bugungi "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.

🛫«Sizlarning metin irodangiz, jangovar ruhingiz va shiddatingizga qarab, Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayoti, sarhadlarimiz daxlsizligi mustahkam ishonchli qo‘llarda ekanini yanada chuqur his etmoqdamiz.

🇺🇿Vatanimiz tinchligi, farovonligi yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli va sharafli xizmat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyat, mustahkam sog‘liq, oilangizga baxt va barqarorlik tilaymiz!

🇺🇿Yurtimiz tinch, oliyjanob xalqimiz omon bo‘lsin!

Hurmat bilan
Alovitdin Inagamov
Toshkent viloyati soliq bosharmasi boshlig'i
✍️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #14_yanvar

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent viloyati soliq boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari R.Tursunboyev ochib berib, Milliy Armiya saflarida xizmat qilib kelayotgan mard o‘g‘lonlarni hamda boshqarma jamoasining barcha yigitlarini bayram bilan samimiy qutladi.

Shundan so’ng, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan beqiyos mardlik va matonati, hayotning og‘ir va achchiq sinovlarini mardona yengib o‘tib, Vatanimizni har tomonlama rivojlantirish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, mustahkam irodali insonlar etib tarbiyalashga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda soliq tizimida samarali faoliyati olib borayotgan xodimlarga Toshkent viloyati soliq boshqarmasi minnatdorchiligi bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

🎉Tadbir davomida boshqarma yigitlariga yutuqli sovg‘alar berilib, bayram kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #14_yanvar

🇺🇿14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent viloyati soliq boshqarmasida mehnat qilib kelayotgan xodimlarning farzandlari e'tibori.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Hurmatli bojxona xizmati organlari xodimlari!


Sizlarni "26 yanvar — bojxona xizmati organlari xodimlari kuni" bilan samimiy qutlaymiz!

Bugungi kunda sizning fidoyi mehnatingiz mamlakat iqtisodiy xavfsizligi va manfaatlarini taʼminlashda asosiy tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda. Bizning jamoamiz doimo siz bilan hamkorlikda ishlashni davom ettiradi va umumiy maqsadlar yo‘lida birgalikda muvaffaqiyatlarga erishamiz.

Aziz bojxonachilar, Siz va oilangizga sog‘lik, baxt, tinchlik va yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Hurmat bilan,
Soliq tizimi jamoasi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#8mart #tabrik

Muhtarama onaxonlar, lobar opa-singillar va dilbar qizlar!

Sizlarni, sizlar orqali butun O‘zbekiston ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etaman.

Latofati va nafosati, vafo va sadoqati, qalb sahovati bilan hayotimiz gultojiga aylangan Siz azizlarni har qancha eʼzozlasak, ardoqlasak kam.
Qanday kasb va qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun Siz, mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz.

Yurtimizda hukm surayotgan o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va ahillikni yanada mustahkamlash, oilalarda, mahallalarda olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarni, islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishda sizlarning aql-zakovatingiz, olijanob fazilatlaringizga doim tayanamiz.

Bahor va nafosat bayrami yana bir bor muborak boʻlsin!


Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-omonlik, fayz-u baraka tilayman. Doimo oilangiz va farzandlaringiz, el-yurtimiz ardogʻida boʻling, aziz ayollar!


Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Raisi
#tabrik

Hurmatli yurtdoshlar!

Qalblarni nurga, xonadonlarni barakaga to‘ldiruvchi, mehr-oqibat va saxovat ayyomi – Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Bu kunlar nafaqat yuksak ruhiy poklanish, balki insoniy qadriyatlar mustahkamlanadigan, yaxshilik va ezgulik ustuvor bo‘ladigan muqaddas ayyomdir.

Fidokorlik va muruvvat, sabr va shukronalik bu kunlarning ajralmas timsolidir. Bir-birimizga mehr, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilsak, ko‘ngillar shodlanadi, yurtimiz yanada rivojlanadi.

Yurtimizda doimo tinchlik va farovonlik bo‘lsin!

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

Muhtaram yurtdoshlar!

Siz, azizlarni Islom dinining eng ulug‘ va qadrli bayramlaridan biri bo‘lgan Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklayman!

Bu muborak kun insonparvarlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va muruvvat kabi oliyjanob fazilatlarni ulug‘laydi.

Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, totuvlik va ahillik hukm surayotgan bir paytda, ana shunday fazilatli bayramlarni keng nishonlash, xalqimiz qalbida shukronalik tuyg‘usini yanada mustahkamlaydi.

Ushbu fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga farovonlik va baraka, yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ishlaringizda muvaffaqiyat tilayman.

Qurbon hayiti har bir oilaga xursandchilik va tinchlik olib kirsin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

Hurmatli Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy qutlab, eng yaxshi tilaklarimni bildiraman.

Matbuot va ommaviy axborot vositalari – jamiyatning koʻzgusi, davlatimizda ochiqlik, shaffoflik taʼminlash, xolis va ishonchli axborot tarqatishda alohida oʻringa ega.

Soliq xizmati organlari bilan faol hamkorlik hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishdagi munosib hissangiz uchun minnatdorchilik bildiraman.

Ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, sihat-salomatlik, tuganmas baxt tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads