Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
110 files
3.71K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#raqamlashtirish #YaTT

O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 233 mingdan oshdi

2023-yil 1-fevral holatiga YaTTlar 233,2 mingta
ga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,9%ga (18,9 mingta) oshgan.

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hamkor

Xarid cheki berilmaganligi bo‘yicha 10 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan

2023-yil yanvar oyida “Soliq” mobil ilovaning “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 10 989 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹10 204 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹394 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹15 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹376 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#marketpleys #chek_tahrirlash

Komitent (merchant)larga elektron cheklarni tahrirlash imkoniyati berildi

Soliq toʻlovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, "Soliqchi-koʻmakchi" tamoyili asosida, komitentlarga 17-fevraldan boshlab 20 kun davomida 2022-yilda xato shakllantirilgan elektron cheklarni tahrirlash imkoniyati berildi.

☝️Bunda komitent shaxsiy kabineti orqali vositachi (komissioner)ni ro'yxatdan o'tkazgan bo'lishi lozim.

🖋Tahrirlash uchun my3.soliq.uz saytdagi shaxsiy kabinetdan quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:

👉
Yuridik shaxslarining onlayn nazorat-kassa texnikasi ma’lumotlari;
👉Komissioner cheklari;
👉Marketpleys cheklari
.

🧾Shundan so‘ng tahrirlanadigan chekning fiskal moduli hamda raqami kiritilib chek topiladi va tahrirlanadi.

✔️Chek maʼlumotlarini tahrirlashda quyidagilarni oʻzgartirish mumkin:

🔸
mahsulot (xizmat) summasi;
🔸miqdori;
🔸QQS summasi;
🔸MXIK;
🔸oʻlchov birligi;
🔸toʻlov shakli (naqd yoki terminal);
🔸chekning umumiy summasi.

📎 Barcha oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng, faqat bitta fayl — tadbirkorlik subyektining holat yuzasidan batafsil tushuntirishi bayon etilgan rasmiy xati (muhrlangan firma blankida) ilova qilinishi lozim.

❗️Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar hududiy soliq boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhi bilan kelishilgan holda tezkorlik bilan oʻrganiladi (MXIK, oʻlchov birligi avtomat tarzda qabul qilinadi).

Koʻrib chiqish natijasi "ijobiy" deb baholansa, chek holati "qabul qilingan"ga oʻzgaradi.
♻️ Rad etilgan taqdirda soliq organining izohiga koʻra, tuzatishlar kiritilib qayta yuborilishi lozim.

Yakunda "Joʻnatish" tugmasi bosiladi.

❗️Istisno: isteʼmolchilarga xarid summasidan 1 % qaytarilgan (keshbek) cheklar tahrirlanmaydi.

👉Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar.

👉
Vositachi (komissioner) tomonidan chop etilgan chek ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyati test rejimida ishga tushirildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha yangi videoqoʻllanma

💻Endilikda "kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish uchun soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

♻️Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

☝️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
♻️Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Sh.Imomov  tomonidan Yangiyul shahar Mevazor  MFY da sayyor qabuli o‘tkazildi.

🔺Qabul jarayonida 54 nafar fuqaro hamda tadbirkorlardan jami 16 ta masalalar bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

✔️Uchrashuvda Yangiyul shaxar hokim yordamchilari ham  ishtirok etdi.

📌Ochiq muloqot moddiy yordam olish, sog‘liqni saqlash, bandlik, kadastr masalalari bo‘yicha, gaz, elektr, suv, issiqlik ta’minoti va boshqa masalalarda o'nga yaqin masalalar muhokama qilindi.

❇️Murojaatlarning 12 tasi joyida hal etildi, 4 ta murojaatni qo‘shimcha o‘rganish uchun vaqt talab etilganligi sababli nazoratga olindi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#muqobil_energiya

Tadbirkorlarga quyosh panellaridan foydalanishda soliq va boshqa to'lovlar uchun berilayotgan imtiyozlar haqida ma'lumotlar berildi.


⚡️Qibray tumanidagi mavjud tadbirkorlik obe'ktlari, shuningdek, avtomobillarga tabiiy gaz va yoqilg'i quyish shaxobchalarini muqobil energiyaga o'tkazish yuzasidan targ'ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

🔰Qibray tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshligi Sh.Halmatov hamda prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish viloyat departamenti, Qibray tumani hokimligi mas'ullari bilan tumandagi mavjud tabiiy gaz va yoqilg'i quyish shaxobchalari rahbarlari bilan uchrashib,ularga elektr energiyani tejash va bu orqali uzulishlarni oldini olishda quyosh panellarining afzal jihatlari va qulayliklari to'g'risida tushunchalar berildi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#soliq_taqvimi

Eslatma❗️2023-yil 20-fevral

yanvar oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1-2 qismlar);

- dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq agenti tomonidan soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yuridik shaxslar tomonidan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar);

fevral oyi uchun:

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️20 февраля 2023 года последний день

за январь:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по начисленным суммам налога с дивидендов и процентов
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами юридическими лицами
(ч.3 и 4 ст.454 Налогового кодекса);

за февраль:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#QQS #soliq_hisobotlari

QQS hisoboti bo'yicha

2023-yil uchun QQS stavkasi 12 % etib belgilanganligi inobatga olinib, soliq hisobotida soliq stavkasi o'zgatirilgan.

Shuningdek, Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan QQS 15 % stavka bo'yicha taqdim etilgan EHFlar bo'yicha soliq solinadigan bazaga kiritilgan tuzatish summasi QQS hisobotining 1-ilova 0110-satrida aks ettiriladi.

Avval hisobotning 3-ilovasiga kiritilgan oʻzgartirishlar ma'lum qilingan edi.

Ilovada quyidagi maʼlumotlar aks ettirildi:

🔸01121-satrguvohnoma holati aktiv emas;
🔸01122-satr kontragent guvohnomasi holati aktiv emas;
🔸01123-satrhisobga olingan EHFlarga soliq organlari tomonidan tuzatish kiritilgan;
🔸01124-satrnotijorat va budjet tashkilotlari tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida.

Ilovaning 012-satrida endilikda Soliq kodeksining 269 - 270-moddalarida nazarda tutilgan hollarda QQSni hisobga olish holatlari aks ettiriladi (bunda mazkur satr maʼlumotlari hisobotning 5-ilovasi orqali shakllanadi).

✍️3-ilovaning 0121 hamda 0122-satri maʼlumot uchun soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil toʻldiriladi.

Shuningdek, 1100-satr (ilgari hisobga olingan soliq summalariga kiritiladigan tuzatish) SKning 266-267 hamda 269-moddalariga asosan, hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan quyidagi mezonlar bilan toʻldirildi:

🔸1109-satryetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qalbaki yoki koʻzboʻyamachilik bitimi natijasida tuzilgan deb eʼtirof etilganda;
🔸1110-satr tovarlar tekinga olinganda;
🔸1111-satrfaoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan tovarlar (xizmatlar) xarid qilib olinganda.

👉QQS hisobotining yangi paket kodi: 10006_36

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Forwarded from Fiskal tahlillar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish
#QQS

Soliq to‘lovchilarga 1 trln so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

2023-yilning
yanvar oyida jami 1 043 ta ariza bo‘yicha 975 ta tashkilotga 1 161,9 mlrd so‘m QQS qaytarilgan.

Eng ko'p qaytarilgan QQS hududlar kesimida:

📍Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha DSI - 571,4 mlrd so‘m (24 ta korxona);
📍Toshkent sh. - 222,5 mlrd so‘m (222 ta korxona);
📍Toshkent v. - 84,1 mlrd so‘m (82 ta korxona);
📍Andijon - 65,3 mlrd so‘m (108 ta korxona);
📍Namangan - 40,4 mlrd so‘m (95 ta korxona).

Eng ko'p qaytarilgan QQS sohalar kesimida:

🔸Ishlab chiqarish - 667,7 mlrd so‘m (292 ta korxona);
🔸Savdo – 160,2 mlrd so‘m (235 ta korxona);
🔸Qishloq xo‘jaligi - 141,5 mlrd so‘m (183 ta korxona);
🔸Qurilish - 76 mlrd so‘m (61 ta korxona);
🔸Xizmat ko‘rsatish - 68,2 mlrd so‘m (70 ta korxona).

📈Qoplab berilgan QQS summasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 147,3 mlrd so‘mga ko‘p.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧮Qo'shilgan qiymat solig'i yuzasidan savol-javoblar!!!

Savol:
Korxonaning balansida 2022-yil 31-dekabr holatiga QQS bo‘yicha soliq imtiyoziga ega bo‘lgan tovarlar mavjud bo‘lib, 2023-yil 1-yanvar holatida ushbu imtiyozga ega bo‘lgan tovarlarning qoldiq qiymati bo‘yicha hisobga olinmagan QQS summasini hisobga olsam bo‘ladimi?

‼️Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 269-moddasiga asosan - sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha ushbu Kodeksning 267-moddasi birinchi qismi 1-4-bandlariga muvofiq ilgari hisobga olinmagan soliq summasi kelgusida ular soliq solinadigan aylanma uchun foydalanilgan hollarda tuzatiladi (hisobga olinadi).
Tuzatish kiritilishi lozim bo‘lgan soliq summasi bunday tuzatishlarni amalga oshirishdan oldingi oxirgi o‘n ikki oy ichida olingan tovarlarning (xizmatlarning) soliq summasi qayta tiklanishi lozim bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlariga to‘g‘ri keladigan qiymati asosida aniqlanadi.

Savol:
Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan QQS bilan xarid qilingan yengil avtomobillar bo‘yicha QQS summasini hisobga olishi mumkinmi?

‼️Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 267-moddasi ikkinchi qismiga asosan soliq to‘lovchi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish chog‘ida to‘lagan soliq summalari yengil avtomobillarni sotib olish yoki olib kirish chog‘ida ham, agar bu tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish amalga oshirilayotgan faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmasa, hisobga olinmaydi.

Savol:
Qo‘shilgan qiymat solig‘i guvohnomasi vaqtinchalik to‘xtatilgan davrda QQS bilan xarid qilingan tovarlarning soliq summasi hisobga olinadimi?

‼️Javob:
2023-yil 1-yanvardan Soliq kodeksining 2661-moddasining ikkinchi qismiga asosan guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi munosabati bilan hisobga olish uchun qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasi guvohnomaning amal qilishi qayta tiklangan taqdirda, guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilgan sanadan e’tiboran soliq to‘lovchida va uning xaridorlarida hisobga olinadi (tuzatiladi).

Savol:
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan aylanmadan olinadigan soliq to‘lashga o‘tishda tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari, xarid qilingan (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summalari hisobiga hosil bo‘lgan ortiqcha to‘lov summasini boshqa soliqlardan hisoblangan summalarni qoplash mumkinmi?

‼️Javob:
Soliq kodeksining 269-moddasining moddasining birinchi qismi to‘rtinchi bandida ilgari tovarlarni (xizmatlarni) olish chog‘ida hisobga olish uchun qabul qilingan, olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha soliq summasiga soliq to‘lovchi maqomini yo‘qotganda tuzatish kiritilishi lozim. Tuzatish kiritilgandan keyin ushbu holat bo‘yicha ortiqcha to‘lov summasi mavjud bo‘lmaydi.

Savol:
Tadbirkorlik sub’ekti aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchisi bo‘lib, qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisi bo‘lgan vaqtida QQS bilan xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlarining QQS summasini, qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishda hisobga olsa bo‘ladimi?

Javob:
Soliq kodeksining 4701-moddasining to‘qqizinchi qismida qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisi qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishda tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari hamda uzoq muddatli aktivlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini hisobga olishni amalga oshirmaydi.

Savollarga javobni Toshkent viloyati soliq boshqarmasi bo'lim boshlig'i Azamat To'rayev berdi
.