Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.3K photos
1.67K videos
111 files
3.78K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Maqsad qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtirish

Ayrim elektron nashrlarda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda tutilgan normalarga Savdo-sanoat palatasi o‘z pozitsiyasini bildirgani haqida maqola eʼlon qilindi.

Maqolada keltirilgan holatlar yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi o‘z munosabatini bildiradi.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ-599-son, 30.12.2019-y.) 1-moddasiga muvofiq Hukumat qarorlarini Soliq kodeksiga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilgan.

Mazkur qaror loyihasida yangi tahrirda qabul qilingan va 2020-yil 1-yanvardan kuchga kirgan Soliq kodeksi bilan rasman bekor bo‘lgan va foydalanilmayotgan, biroq qator Hukumat qarorlarida saqlanib qolgan soliq imtiyozlari bekor qilinishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, Soliq kodeksida kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditini tashkil etish va o‘tkazishning yangi normalari belgilanganligi bois, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-avgustdagi “Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 280-son qarori 2-bandini mazkur Soliq kodeksi normalari bilan muvofiqlashtirish taklif etilgan.

Taʼkidlash lozimki, qaror loyihasida hozirgi kunda amal qilib turgan soliq imtiyozlarini bekor qilish hamda yangi turdagi soliq tekshiruvlarini joriy etish nazarda tutilmagan.

Mazkur qaror loyihasi vazirlik va idoralar bilan kelishish jarayonida. Qaror loyiha hujjati ularning taklif va eʼtirozlari asosida qo‘shimcha ravishda ko‘rib chiqiladi hamda asoslangan takliflar bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

Maqsad – teng raqobat sharoitini yaratish va insofli soliq to‘lovchilarni himoyalash

Davlat soliq qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq organlari tomonidan davlat organlari maʼlumotlar bazasidan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlardagi Savdo - sanoat palatasining xulosasi bo‘yicha quyidagilarni maʼlum qiladi:

Soliq organlari soliq to‘lovchilar kontragentlarni tanlash chog‘ida ularning soliq organlarida soliq to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yilganligini, kontragentning ishbilarmonlik obro‘sini, ishlab chiqarish bazasi va xodimlari mavjudligini, moliyaviy holatini, bitim bo‘yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tekshirib, lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi uchun sharoit yaratishga eʼtibor qaratmoqda.

soliq.uz” saytida “shubhali” korxonalar ro‘yxati doimiy ravishda yangilanib borilmoqda, hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish elektron tizimida yetkazib beruvchi va xaridorlarning soliq uzilishlari koeffitsiyenti aks ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan birja savdolarida hamda davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkaziladigan elektron savdo va tenderlarda soliq xavfi darajasidan kelib chiqqan holda ishtirok etish huquqini belgilovchi tartib ishlab chiqishning nazarda tutilishi ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy zanjiri hisoblanadi.

Qayd etish lozimki, ushbu taklif aynan tadbirkorlik subyektlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ko‘tarilib, ular tomonidan birja g‘olibi bilan ishlashga majburligi, kontragentni tanlash va uni tekshirish imkoniyati yo‘qligi va bu o‘z navbatida ularning soliq uzilishi koeffitsiyenti hamda QQS bo‘yicha hisobga olinishi lozim summaga salbiy taʼsir ko‘rsatayotganligi bildirilgan edi.

Masalan, DSQning
rasmiy saytida eʼlon qilingan “shubhali” korxonalar ro‘yxatidagi subyektlardan 258 tasi 2021-yil tovar-xomashyo birjasidan jami 1,2 trln so‘mlik yuqori likvidli tovarlarni sotib olib, kontragent korxonalarga kirim qilinmagan boshqa turdagi tovarlarni realizatsiya qilganligi va ular bilan ishlagan 17,3 mingta kontragent korxona tomonidan 971,5 mlrd so‘mlik QQS asossiz hisobga olinganligi qayd etilgan.

👉
Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

Xarid cheklarini berish bilan bog‘liq tekshirishlar to‘g‘risida

Davlat soliq qo‘mitasi oxirgi vaqtlarda xarid cheklarini berish bilan bog‘liq o‘tkazilayotgan sayyor soliq tekshirishlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan ayrim postlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Soliq organlari maʼmurchilikni amalga oshirishda quyidagilarga tayanadi:
🔸tadbirkorlar uchun bir xil sharoitdagi muhitni yaratishga erishish;
🔸“yashirin” iqtisodiyotga barham berish.

Shuningdek, Xalqaro moliya institutlari va professional ekspertlarning tahlil va xulosalari respublikamizda yashirin iqtisodiyotning ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lib, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida bu ko‘rsatkich 70 foizgacha yetishi maʼlum qilingan.

Shu munosabat bilan xufiyona iqtisodiyotni jilovlashga qaratilgan soliq maʼmurchiligining zamonaviy instrumentlari qatorida, chek bermaslik, plastik kartalarga savdo qilishdan bosh tortish, plastik kartalarga tovarlarni narxini oshirib sotish va boshqa qonunbuzilishlari ustidan keng jamoatchilik nazorati instituti ishga tushirilib, fuqarolardan murojaatlarni qabul qilish uchun “Soliq” mobil ilovasi amaliyotga kiritildi.

Ushbu o‘zgarishlarga fuqarolarning faol ishtiroki kuzatilib, yil boshidan buyon 13 mingga yaqin fuqarodan 66 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaatlar asosida nazorat tadbirlarini o‘tkazishdan oldin, ijtimoiy tarmoqlarda keltirilganidek hech qanday tahlillarsiz emas, ularning har biri sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilmoqda:

Onlayn kassa mashinalari orqali urilgan har bir chek soliq organlari maʼlumotlar bazasida aks ettirilib, murojaatchining xabari asosliyligi bevosita ushbu subyektga o‘rnatilgan onlayn nazorat kassa mashinasi ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi.

Aynan shunday tahlillar natijasi bilan 30 mingga yaqin murojaat bo‘yicha tekshirish o‘tkazish rad etilgan.

Lekin, qolgan qismi tekshirilganda - afsuski 97 foizida haqiqatda chek urilmaganligi bo‘yicha murojaatchilarning xabari tasdig‘ini topdi.

Amalga oshirilayotgan tadbirlar soliq to‘lovchilarni jazolash emas, belgilangan soliq siyosati asosida budjetga to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan.

Soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro etishida yordam berish hamda “Soliqchi ko‘makchi” tamoyili asosida chora qo‘llashdan oldin bartaraf etishga imkoniyat yaratish talabidan kelib chiqib Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni eʼlon qiladi.

Joriy yil 1-iyundan boshlab:
Birinchidan,
“Soliq” mobil ilovasi orqali mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, birinchi marotaba kelib tushgan murojaat bo‘yicha soliq to‘lovchi huzuriga borgan holda, profilaktik suhbat o‘tkazilib, tadbirkorlik subyektining qonun talablarida ish yuritishi to‘g‘risida rasman ogohlantiriladi. Unga nisbatan taʼsirchan moliyaviy jazo choralari ko‘rilmaydi.

Mazkur ogohlantirishdan keyin ham xulosa qilinmasdan, qonun buzilishlari davom ettirilib, ushbu tadbirkorlik subyekti bo‘yicha ikkinchi marotaba murojaat kelib tushsa belgilangan tartibda o‘rganish o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha soliq tekshiruvi tashkil etiladi.

Ikkinchidan, murojaat bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilayotgan yoki o‘tkazilgan tekshiruv natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonida ushbu subyekt bo‘yicha takroriy tushgan murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.

Uchinchidan, jamoatchilik nazoratini kengaytirish maqsadida, bir fuqaro tomonidan 24 soat ichida 2 tadan ortiq hamda 30 kalendar kuni davomida 1 ta shoxobcha bo‘yicha 1 martadan ko‘p murojaat yuborilishiga cheklov o‘rnatiladi.

To‘rtinchidan, davlat soliq xizmati organlari xodimlarining huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlari, mukofot to‘lanmaydigan murojaatlar sifatida qayd qilinadi.

Davlat soliq qo‘mitasi ushbu o‘zgartirishlarni inobatga olgan holda, chek talab qilib, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda faol ishtirok etayotgan fuqarolarimizni rag‘batlantirishni va noqonuniy ishlash yo‘lini tanlagan ayrim subyektlarga nisbatan taʼsirchan nazorat tadbirlari izchil davom ettiradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda soliq nazorati tadbirlarida prosessual normalarga rioya qilinmaganlik holatlari haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy munosabati

Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarning huquq va manfaatlariga ziyon yetkazadigan soliq organlari mansabdor shaxslarining har bir g‘ayriqonuniy xatti-harakatlariga nisbatan murosasiz kurash olib bormoqda.

Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ichki nazorat tadbirlari natijasida, soliq to‘lovchilarning faoliyati ustidan soliq nazorati tadbirlarini olib borishda ayrim soliq organlarida prosessual qonun normalari buzilganligi aniqlangan.

Soliq organlari faoliyatidagi bunday kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida takrorlanishini oldini olish maqsadida, xizmat vazifalarini bajarishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarni egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha bo‘lgan qat’iy choralar ko‘rishni nazarda tutgan Davlat soliq qo‘mitasining maxsus topshirig‘i hududiy soliq organlariga yuborilgan.

❗️Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarning huquq va manfaatlarini poymol qiladigan har bir holatga nisbatan bundan buyon ham qat’iy choralar ko‘rib, insofli soliq to‘lovchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi ishlarni davom ettiradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat
#QQS

Ijtimoiy tarmoqlarda tashkilotlarning sotib olingan va keyinchalik sotilgan yengil avtomobil uchun takroran QQS to‘lashi haqidagi murojaatlari e’lon qilinganligi munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston bo‘lgan tovar(xizmat)larni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma QQS soliq solish obyekti hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 238-modda 1-qism 1-band

Tovarga bo‘lgan mulk huquqini pullik asosda o‘tkazish ushbu aylanmaga kiradi.
👉 Soliq kodeksi 239-modda 1-qism 1-band

Agar QQS to‘lovchisi bo‘lgan tashkilot avtosalondan 300 mln so‘mga yengil avtomobil sotib olsa (egalik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazsa), avtosalonga ushbu summadan 15% QQS – 45 mln so‘m (jami 345 mln so‘m) to‘laydi. Avtosalon ham o‘z navbatida QQS to‘lovchisi bo‘lgani uchun bu 45 mln so‘mni budjetga o‘tkazishi shart.

Yengil avtomobil sotib olgan tashkilot QQSni (45 mln so‘m) hisobga olish huquqiga ega, agar:
🔸 soliq to‘lovchining tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmat ko‘rsatish) bilan bog‘liq faoliyatini amalga oshirish chog‘ida ushbu avtomobildan foydalanilganda realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasiga soliq solinishi lozim bo‘lganda;

🔸 Ushbu avtomobil uchun avtosalondan QQS summasi alohida ajratilgan hisobvaraq-faktura olingan bo‘lsa.
👉 Soliq kodeksi 266-modda

Soliq to‘lovchida avtomobil uning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq qatnovlarni amalga oshirishda foydalanganligini tasdiqlovchi hujjatli dalillar bo‘lishi kerak.
Agar ushbu yengil avtomobil soliq to‘lovchining faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanilayotganligi soliq organi tomonidan dalilar bilan isbotlansa, avtomobilni sotib olish chog‘ida to‘langan QQS summalari hisobga olinmaydi.
👉Batafsil tushuntirish bu yerda

Agar tashkilot kelgusida yengil avtomobilni 200 mln so‘mga sotishga qaror qilsa, u holda avtomobilni sotib oluvchi ham unga ushbu summadan 15 % QQS – 30 mln so‘m (jami 230 mln so‘m) to‘laydi.

Agar tashkilot avval avtosalonga o‘tkazib bergan 45 mln so‘mni hisobga olgan bo‘lsa, ushbu summadan 30 mln so‘m QQS chegirib tashlanadi va natijada 15 mln so‘m hisobda qoladi.

Agar tashkilot avval QQSni hisobga olmagan bo'lsa yoki hisobga olish rad etilgan bo'lsa, u holda avtomobilni sotishda soliq to'lovchi sifatida yangi egasi tomonidan unga o'tkazilgan 30 mln so'm QQS summasi budjetga to'lanishi shart.

Demak, soliq to'lovchi tomonidan avtomobil sotib olingan va sotilganda, ushbu operatsiya bo'yicha bir marta QQS to'lanadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

Ижтимоий тармоқларда электрон тўлов ташкилотларининг Давлат солиқ қўмитаси билан интеграцияси туфайли уларнинг хизматларида узилишлар кузатилиши мумкинлиги ҳақида хабарлар тарқалди.

Давлат солиқ қўмитаси ушбу хабарларга аниқлик киритган ҳолда қўйидагиларни маълум қилади.

Тўлов тизимлари операторлари ўз тўлов тизимларини онлайн-НКМга мажбурий равишда улаш ва шу орқали солиқ органларининг ахборот тизимларига 2022 йил март ойидан интеграциялашни таъминлаш талаби ўрнатилган.

Ушбу мақсадда тўлов ташкилотлари билан тизимли ишлар амалга оширилиб, жорий йилнинг март ойидан шу кунга қадар 12 маротаба учрашув ташкиллаштирилган.

Аҳоли билан пулли ҳисоб-китобларни амалга оширишда электрон тўлов тизими орқали электрон фискал чек тақдим қилиш тартиби белгиланган.

Хусусан, мавжуд 48 та электрон тўлов ташкилотидан 25 таси фискал маълумотлар операторига интеграцияни тўлиқ якунлаган.

Айтиш жоизки, ҳозирги кунда харидлар учун тўловларни аксарият ҳолларда P2P (картадан картага ўтказиш) қилиш кузатилмоқда.

Мамлакат иқтисодиётини узоқ муддатли ривожлантириш борасида кенг кўламли ислоҳотлар амалга оширилаётган шароитда ахборот технологиялари воситасида истеъмолчилар, тадбиркорлик субъектлари ва давлат солиқ хизмати органларининг уйғунлашган фаолияти алоҳида аҳамият касб этади.

Рақамлаштириш билан боғлиқ амалий тажриба иқтисодий фаолликни ошириш ва қонуний фаолиятни амалга ошираётган тадбиркорларни ҳимоя қилиш таъминланганлигини кўрсатди.

Ўтган йилнинг мос даврига нисбатан харид чеклари сони 185%га харид суммаси эса 176% га ошди. Бу рақамларни яширин иқтисодиётни соядан чиқариш натижалари деб қайд этиш мумкин.

Шу ўринда 1,5 млн нафардан ошиқ фуқаролар ҳуқуқлари кафолатланиши таъминланди (ярим трлн сўм дан ортиқ кешбэк тўланди).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#rasmiy_munosabat

Ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan bank hisobvaraqlariga asossiz ravishda inkasso topshiriqnomasi qoʻyilganligi haqida murojaatlar kelib tushmoqda.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:

Soliq toʻlovchilar tomonidan soliqlarni toʻlash maqsadida joriy yilning 20-yanvar (juma) kuni bank ish kuni tugagandan (17:00dan) soʻng tijorat banklariga toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilgan (elektron yoki qogʻoz koʻrinishida).

Bank ish kuni tugaganligi sababli mijoz (soliq toʻlovchi)larning toʻlov hujjatlari banklar tomonidan ushbu sana bilan qabul qilinmagan.

Toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilgandan keyingi kunlar dam olish kuni (shanba, yakshanba) boʻlganligi uchun Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasiga tijorat banklarining toʻlov topshiriqnomalarni qabul qilganligi toʻgʻrisida elektron axboroti kelib tushmagan.

Natijada, joriy yil 23-yanvar (dushanba) kuni avtomatlashgan tizim orqali shakllangan inkasso topshiriqnomalari inson omili ishtirokisiz ushbu soliq toʻlovchilarning bank hisobvaragʻiga joʻnatilgan. Oʻz navbatida, tijorat banklari ish kuni boshlangan soʻng toʻlov topshiriqnomalarini ijroga qabul qilgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar tezkorlik bilan oʻrganilib, ortiqcha toʻlangan mablagʻlar belgilangan tartibda qaytarilmoqda.

👉To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
#официальная_информация

В социальных сетях распространяются сообщения о том, что налогоплательщиков принуждают к переходу на уплату налога с оборота в фиксированной сумме.

В связи с этим сообщаем следующее.

В соответствии с внесенными в законодательство изменениями с 1 января 2023 года налогоплательщикам предоставлено право уплаты налога с оборота в фиксированной сумме.

Налоговыми органами среди налогоплательщиков активно проводится разъяснительная работа о предоставленных возможностях: посредством семинаров, через персональные кабинеты, а также официальные аккаунты территориальных налоговых органов в социальных сетях.

Переход на уплату налога с оборота в фиксированной сумме не является обязательным, а осуществляется только на добровольной основе.

Если
Вы столкнулись с тем, что сотрудники налоговых органов принуждают к переходу на уплату налога с оборота в фиксированной сумме, сообщите об этом через специальный Telegram-бот @dsq_anticorrupciya_bot

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM