Oqila qaynonalar” ko‘rik tanlovi tashkil etildi.
🔷Oila — jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini, go‘zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an’analarlarni o‘zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o‘ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan. Oila tinch bo‘lsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam bo‘ladi.
✔️Dunyo bo‘ylab 15 may — Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanadi. Mazkur sana munosabati bilan joylarda turli tadbirlar tashkil etildi.
‼️Xususan Parkent tumanining 4-sektor hududiga qarashli Metan mahalla fuqarolar yig‘inida “Oqila qaynonalar” ko‘rik tanlovi tashkil etildi. Mazkur bellashuvda 3 ta namunali qaynona ishtirok etib, turli yo‘nalishlarda o‘zaro kuch sinashdilar.
⚡Dastlabki vazifa “tanishtiruv” bo‘ldi. Unda qaynonalar oila a’zolarining sevimli mashg‘uloti, kasb-kori kabi qator umumiy ma’lumotlarni berishdi. Ikkinchi shart esa “Biz kitobxon oilamiz” deb nomlandi. Unda ishtirokchilar Oila kutubxonasi, kiyinish va muomala madaniyati kabi bir qator tezkor savollarga javob berishlari kerak bo‘ldi. 3-shart uchun esa “Aktyorlik mahorati rivojlangan qaynona” sharti bo‘lib unda ishtirokchilar turli xil sahna ko‘rinishlarini namoyon qildilar.
🖇Ta’kidlash kerakki, ko‘rik tanlovni asosiy maqsadi oilalardagi ma’naviy muhitning sog‘lomligini ta’minlash, oilada o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, insoniy munosabatlarni mustahkamlash, farzandlarni go‘zal ahloq, ilmu ma’rifat, jismoniy va ruhiy uyg‘unlikda kamolga yetkazish, qo‘ni-qo‘shnichilik, qarindoshlar o‘rtasidagi oqibat, mahalla qadriyatlarini e’zozlash hamda mamlakatimizda ahil, kuchli, ma’naviyatli oilalarni shakllantirish borasidagi islohotlarni targ‘ib etishdan iboratdir.
⚡Tanlov so‘ngida “Namunali oila”, “Ibratli oila” hamda “Saranjom oila” nominatsiyalarida g‘oliblar ayniqlandi.
📎Barcha ishtirokchilar diplom hamda sovg‘alar bilan taqdirlandi.
✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.

4-sektor hududiga qarashli maxallalarda aholi murojaatlari o‘rganilmoqda...
🇺🇿Bekobod shahar 4-sektor rahbari Sh.T.Nishanov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bekobod shahridagi Halq qabulxonasi mudiri G‘.Sattarov, “Sementchi” MFY N.Mamurov, Xokim yordamchilari ishtirokida xonadonbay yurib fuqarolarni murojaatlarini o‘rganmoqda.
✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
🇺🇿Bekobod shahar 4-sektor rahbari Sh.T.Nishanov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bekobod shahridagi Halq qabulxonasi mudiri G‘.Sattarov, “Sementchi” MFY N.Mamurov, Xokim yordamchilari ishtirokida xonadonbay yurib fuqarolarni murojaatlarini o‘rganmoqda.
✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
⚡️Yoshlar bandligi ta’minlanmoqda...
🇺🇿Bugun, Bekobod shahar DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari Sh.T.Nishanov tashabbusi bilan 4-sektor xodimlari xamda "Buloq-ariq" hokim yordamchisi M.G.Mirkamilov, yoshlar yetakchisi S.Djabborovlar bilan birgalikda sektor hududiga qarashli “Buloq-ariq” MFYda yashovchi fuqaro N.Abduqayumova, “Al-xorazmiy” MFYda yashovchi fuqaro Sh.Maxmudova, “Istiqlol” MFYda yashovchi fuqaro Z.Otamurodova, “Syementchi” MFYda yashovchi fuqaro A.Azamovalarga tikuv mashinasi, “Farxod” MFYda yashovchi fuqaro F.Aliyevga asbob-uskuna va mehnat qurollari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 250-sonli qaroriga asosan subsidiya asosida berilib ularning bandligi ta’minlandi.
🖊Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati